Alisher navoiy lirikasi test


Download 19.33 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi19.33 Kb.
#1505657
Bog'liq
ALISHER NAVOIY LIRIKASI TEST


ALISHER NAVOIY LIRIKASI TEST
Navoiyning “Xazoyin ul- maoniy” devonida qancha qit’a jamlangan?
a) 133 ta
b) 210 ta
c) 503 ta
d) 180 ta
2. Alisher Navoiy “Yordin ayru ko‘ngil mulkedurur, sultoni yo‘q” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalida yoridan ayrilgan ko‘ngilni birinchi baytda hokimi yo‘q mamlakatga, ikkinchi baytda jonsiz jismni gulu rayhoni yo‘q- qaro tuproqqa o‘xshatadi. Uchinchi baytda yorsiz ko‘ngil nimaga o‘xshatiladi?
a) xumori yo‘q mastga
b) oysiz qorong‘u kechaga
c) yonida jannati yo‘q do‘zaxga
d) quyoshi yo‘q kunduzga
3. Navoiyning “Kelmadi” radifli g‘azalining har bir baytida bittadan bo‘lsa ham qaysi badiiy san’at qo‘llangan va bu badiiy san’at g‘azalida asosiy ifoda va tasvir vositasiga aylangan?
a) tajnis
b) talmeh
c) tarse’
d) tazod
4. Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,
Har taraf ko‘nglumda qonlig‘ dog‘i pinhonimdin el.
Baytdagi tumori junun so‘zining ma’nosini belgilang.
a) jinnilikka qarshi tumor
b) junundek taxlangan
c) tumor kabi o‘ralgan
d) buralgan, o‘ralgan
5. Qaysi Ozarbayjon shoiri Navoiyning badiiy mahorati xususida go‘zal ta’rif keltirgan?
a) Shavqiy
b) Ogahiy
c) Fuzuliy
d) Marsiy
6. “Muqarrabi shohiy” unvoniga sazovor bo‘lgan adibni aniqlang.
a) Muhammad Solih
b) Navoiy
c) Firdavsiy
d) Bobur
7. Taronai ruboiyning qofiyalanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
a) a- a- a- b
b) a- a- b- a
c) a- a- a- a
d) b- a- b- a
8. Navoiy kimlarning muhabbati tufayli o‘z muhabbatini ham hikoya qilib, doston bitajagini yozgan edi?
a) Shayx San’on va tarso qiz
b) Bahrom va Dilorom
c) Layli va Majnun
d) Farhod va Shirin
9. Qofiyasidagi sakkizta so‘zdan 6 tasi o‘zbekcha, 2 tasi tojikcha bo‘lgan Navoiyning g‘azalini belgilang.
a) “Deyin”
b) “Orazin yopqach ko‘zimdin”
c) “Qaro ko‘zim …”
d) “Kelmadi”
10. She’riy janrdagi misralarning miqdoriy tartibini bildiruvchi lirik janr nima deb ataladi?
a) tablig‘
b) tashxis
c) takrir
d) tarjiband
11. G‘ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir- u benavo bo‘ldim sango.
Ushbu baytning radifini aniqlang.
a) topmadim
b) sango
c) bo‘ldim sango
d) benavo
12. Navoiyning har bir baytida kamida bir tazod (zidlanish) san’ati qo‘llangan g‘azalni toping.
a) “Bo‘ldum sanga”
b) “Deyin…”
c) “Qilg‘il”
d) “Kelmadi”
13. Navoiy qaysi asarida ishqni guruhlarga ajratadi?
a) “Lison ut- tayr”
b) “Nasoyim ul- muhabbat”
c) “Xamsa”
d) “Mahbub ul- qulub”
14. “Lison ut- tayr” dostonida aytilishicha, bu dunyo…
a) insoniyat manfaatiga xizmat qiluvchi makon
b) bevafo makon
c) kulfatlar makoni
d) haqning tajallisi
15. “Hayrat ul- abror” dostonning XIV- XV boblari nima haqida?
a) Qanoat haqida
b) Muruvvat va ehson to‘g‘risida
c) Husayn Boyqaro va shohlar
d) So‘z ta’rifi
16. “Zulm o‘zunga fisqdur, ey hushyor, Gum qil ani, bo‘lsa sanga hush yor”
baytida qo‘llanilgan she’riy san’atni toping.
a) mubolag‘a
b) tashxis
c) tazod
d) tajnis
17. Tarjibandlar ko‘pincha qanday mavzuda yoziladi?
a) amaliy
b) falsafiy
c) ishqiy
d) sarguzasht
18. Alisher Navoiy “Mahbub ul- qulub” asarida “pok niyat, pok ko‘ngil, pok ko‘z” kimlarda bo‘ladi deb takidlaydi?
a) xos ishq kishilarida
b) valiylarda
c) siddiqlar ishqida
d) avom ishqida
19. Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki bir,
Hajridin dardi va lekin voshdin darmoni yo‘q.
Baytda qo‘llanilgan badiiy san’atni aniqlang.
a) tashbeh
b) ta’kid
c) talmeh
d) tazod
20. Navoiy g‘azaliyotining asosiy mazmun- mohiyatini tashkil etuvchi tushunchani aniqlang.
a) komillik
b) ishq
c) dunyo
d) shoirlik
Download 19.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling