Alisher navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universuteti


“Boburnoma”da Xuroson tasviri


Download 133.5 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi133.5 Kb.
#1060854
1   2   3   4
Bog'liq
KURS ISHI Boburnoma

3.“Boburnoma”da Xuroson tasviri
Zahiriddin Muhammad Bobur Farg‘ona viloyatidan Xuroson azimati qilganda 23 yoshda bo‘lgan . “mahram oyi Farg‘ona viloyatidan Xuroson azimati bila elok yoylog‘ig‘a kim Hasor viloyatining yoylog‘laridin dur, kelib tushtum. Ushbu yo‘rtta yigirma uch yoshning ebtidosida yo‘zumgo astara qo‘ydim”. 23 yoshli bo‘lajak shoh va shoir Xurosonga qadam qo‘yganidan bu yo‘rtni tog‘u toshi, daryolari, obu havosi, mevalari, ekinchiligi, odamlari, hayvonoti, o‘simliklari, rasmu rivojlari, tillari, essig‘ va sovug‘i xulosa butun tabiati tug‘risida ko‘p sinchkovlik va diqqat bilan olimona, tasvirga chiqaradi. Bunday qimmatli va nodir ma’lumotlarni uning noyob va unutilmas asari “Boburnoma”da ko‘p uchratamiz va bizlar uchun ham nihoyat arzishlidir. Misol sifatida “Boburnoma”da Andarob daryosi va suvlari tug‘risida quyidagilarni o‘qemiz: “Ya’qubqa ejozat bergondin so‘ng qizil suvvu qo‘yyi kuchib Andarob suvvining qotilishig‘a tushuldi. Tonglosi rabe’ul- avval oyining avositida jarida Andarob suvvini utub Dushi navohisida bir uluq chinor tubido ulturdum”. yo‘qoridagi ma’lumotga qarasak Bobur Andarob yo‘li bilan Kobul borganda qizil suvdan o‘tib Andarob suvvining qotilishiga dam olish uchun karvonini tuxtatadi. Hozirga u yo‘l, katta yo‘l bo‘lmasaham kechik yo‘l sifatida borish-kelish bo‘ladi va shu ismlari saqlanib qolgandir.
Afg‘onistonning Nuriston viloyatidan ki “Boburnoma”da Kofariston kelgan, boshlanadegan daryoni Chag‘on saroy suvvi deb nom berib uni Kofaristondin utib Koma bulukida Boron suvviga qushilib sharqqa tomon oqqanini va Nurgul g‘arb tomoniga va Kunar sharq tomoniga joylashganidan xabar beradi: “chag‘on saroy suvvi sharq shimoli tarafidin Kofaristonning ichi bila kelib, bu viloyatning arosi bila utub Koma bulukida boron suvvig‘a qushulub sharqqa boqa oqar bu suvning g‘arb tarafi dur, Kunar sharq tarafi”.
Chag‘on saroy hozirgi Nuriston viloyatining bir tumani bo‘lib suvvi Nuriston daryosi deyiladi va Koma Nangarhor viloyati rayoni va Kunarham Afg‘onistonning bir viloyati dir.
Qishning oxirlari va bahorning avvallarida daryo atrofida turli xil qushlarning guzari bo‘ladi va u yerda maskan tudgan odamlar qushlar va suvdan boliqni ovlamoqqa boshlaydilar. “Boburnoma” asarida qushlarni ovlash va boliqlarni tutishini ko‘rsatishi bilan birga to‘rt daryoni keltiradi: “Boron yaqosida qishning oxirlarida urdak qolin kelur. Bisyor simiz bo‘lur, andin so‘ngra turna va qarqara uluq qushlor qolin va behad bo‘lur. Boron yaqosida turnag‘a tanob otib tanob bila qolin tutorlar. Uqor va qarqara va qutonni ham tanob bila qolin tutor. Bu nav’ qush tutmoq g‘ayri mukarrar dur”. Yana bolig‘ ovlashini ba tafsil bayon qiladi. “ushbu mavsimda Boron suvvida bolig‘ning guzari bo‘lur, tur bila yana chaj bog‘lab qalin balig‘lar tutarlar. Yana ko‘z mahallarida kim qulon qo‘yrug‘i degan ut chiqib, kamolg‘a yetib gul qilib dona bog‘lar, bu qulon qo‘yrug‘idin o‘n-o‘n ikki pushtvora, yana kuk shibog‘din egirma-o‘ttiz pushtvora su boshig‘a kelturub yanchib suvg‘a solurlar, solg‘on zamon o‘q suvga kirib mast bo‘lg‘an bolig‘ni tuta kirushurlar. Qo‘yyiroq bir munosib yerda chaj bog‘larlar, chaj bog‘lamoq andoqdurkim, tol g‘unchalaridin barmoqcha-barmoqchalarini chig‘dek tuqurlar, bu chig‘ni suvnining tukulur yerida kavok qo‘yib atrofida tosh qalarlar, andoqkim suv bu chig‘din sharrillab tushgay, tushgan bila qo‘yyi o‘q borg‘ay suv qo‘yyi borur, bolig‘ chig‘ni ustida qolur. Bu chajda qolin tutarlar. Gulbahor suvvida, Parvon suvvida va Istolif suvvida bu tariqa bila tutorlar”.
Yuqorida kelgan uch suvlar (Gulbahor suvvi, Istolif suvvi va Parvon suvvi) hozir Parvon daryosi deb ataladi va panjsher daryosiga qushilib Kobul daryosini shakillantiradi.
Zahiriddin Muhammad Boburshoh o‘zining “Boburnoma”asarida Kobul navohisida chashmalar tug‘risida ham bunday ma’lumot beradi:”Shohi Kobul tog‘idin Kobul sori boqa uch kichikrok chashma chiqor. Ikkisi Gulkena navohisida dur. Bir chashma boshida Xoja Shamu otliq mazor dur. Yana birida Xoja Xizirning qadamgohi dur. Bu ikki yer Kobul elining gashgohi dur. Yana biri Chashmayi Xoja Abdussamad tug‘risida dur, Xoja Rushnoiy derlar”.
Yo‘qorida aytib o‘tilga uch chashmadan ikkisi Gulkena navohisida bo‘lgani ko‘rsatiladi. Gulkena Kobul aholisining gashtgoi bo‘lgan. Gulkena vasfida Xoja Hofizning bu she’rini tag‘er bilan o‘qiganlar:
Ey xush on vaqtki be pou sar ayyomiy chand,
Sokini Gulkena bo‘dem ba badnomiy chand.
Bobur o‘zining “Boburnoma”sida yana Kobul rayyonlaridan bo‘lgan Istolifda Xoja Sayyoron otliq bir chashmani tonitib bu chashma atrofida havz tuzganlarini qayd qilib bunday yozadi:”... tog‘ning tubida chashma voqe’ bo‘lubtur. Xoja Sayyoron derlar. Bu chashmada va bu chashmaning atrofida uch nav daraxtlar dur. Chashmaning urtasida qalin chenor daraxtlari dur. ... bu chashmaning atrofini men sangkorliq qildurdim. Chashmani gach va soruja bila dahi dardah qildirdum. Bu chashmaning chor hadi siyoqliq, go‘niyoliq taxti bo‘ldi”.
Zahiriddin Muhammas Bobur Kobulni zabt etgandan so‘ng Kobul argida maskan tutdi va bu viloyatning obu havosini yoqtirib Samarqand va Tabrizdan ko‘ra ham yaxshi ekkanini “Boburnoma”da bunday qayd etadi. “bisyor latif havosi bor, Kobul havosidek havoliq yer olamda ma’lum emas kim bo‘lg‘ay. Yozlarda kechalar be pustin yotib bo‘lmas, qishlar agarchi qori aksar uluq tushar, vale mufrat sovug‘i yo‘qtur. Samarqand va Tabrez ham xush havoliqqa mashhur dur vale mufrat sovuqlari bor dur”.
Yana “Boburnoma”ning boshqa joyida Kobul argining xush havolig‘i tug‘risida bu matnni o‘qiymiz: “yozlar Kobulda Shamoli yeli kim esadur, Parvon yeli derlar. Argta shamoli sori darechaliq o‘ylar asruv xush havo dur”.
Parvon Kobulning shimol tomonida joylashgan va Hindukush tog‘iga muttassil dir. Hindukush tog‘ining qorlari yozlarda ham ketmaydi, shu bois Parvon yeli xush havoliqdir. Bu viloyat Boburshohning zamonida Kobulga tegishli bo‘lgan, hozir esa Parvon Afg‘onistonning ayri bir viloyat hisoblanadi.
Yana “Bburnoma”dan misol keltiramiz. “Garm seri va sard seri yovuqtur. Kobuldin bir kunda yeriga borsa bo‘lur kim, hargiz qor yog‘mas. Ikki soati nujumida andoq yerga borsa bo‘lurkim hargiz qori uksumas. Magar ahyonan andoq yoz kelgay kim qor qolmag‘ay”. Yana “Boburnoma”dan o‘qiymiz. “Garm ser bila sard ser arosida fosila “Bodom chashma” kutalidur. Bu kutalning Kobul tarafida qor yog‘or, Quruqsoy va Lamg‘onot tarafida qor yog‘mas. Bu kutaldin engach kishi o‘zga olamni mulohiza qilur. Yig‘ochlor o‘zgacha, utlor o‘zgacha, jonvarlar o‘zgacha, elining rohu rasmi o‘zgacha”.
Garm seri janub tomonda bo‘lib Lag‘mon va Nangarhor viloyatlridir va sard seri shimoli tomoni Parvon va panjsher viloyatlaridir ki Kobulga yovuqdir. Garm serida hech qor yog‘mas, ammo sard serida ko‘p qor yog‘ar, qorning balandligi odamning belicha va kuksicha bo‘lgan. Boburshoh Herot viloyatidan Bomyon yo‘li bilan qaytishga qish sovug‘ini tasvirga tortadi: “bir haftag‘a yovuq qor tepib kunda bir sharaiy, bir yarim sharaiydin ortuq kucholmas edi. Qor tepar kishi men edim”. Qor ko‘pligi uchun yo‘lni topib bo‘lmagan. Boburshoh va hamrohlari bir hafta echida qorni tepib undan so‘ng arig‘ va sabik otni damga solib kunda bir sharaiy yo‘l yo‘rganlaridan xabar beradi. “har qadam qo‘yg‘anda beligacha kuksigacha bota-bota qor tepar edi. Bir necha qadam qo‘yg‘ndin so‘ng elgariki kishining hamali kuyub turar edi, yana bir kishi ilgari utar edi. ... Chig‘charondin ikki-uch kun o‘tgach qor asru ulug‘ bo‘ldi. Uzangidin yuqoriroq edi. Balki aksar yerda otning ayog‘i yerga tegmas edi. Yana qor doyim yog‘ar edi. Charog‘dondin o‘tgach ham qor ko‘p ulug‘ bo‘ldi, yo‘l ham noma’lum bo‘ldi”.
O‘sha safarda yo‘lni mashaqqatlaridan azob chekkan Boburshoh bu matla’ni aytdi:
Charxning men ko‘rmagan javr-u jafosi qoldimu,
Xasta ko‘nglum chekmagan dard-u balosi qoldimu.
Zahiriddin Muhammad Bobur Xuroson tabiatining hech ber tomoniga be farq qolmay o’zi bir harbiy sarkarda bo‘lsa ham hatto kishtu-ziroat sohalariga o‘z fik va mulohazalarini bildirganlar. “Ekkini yaxshi bo‘lmas. Yaxshi bo‘lg‘on ziroati Chahor dehiy va Panj dehiy dur. Qovuni yaxshi ham bo‘lmas. Agar Xurosson tuxmi bo‘lsa filjumla yomon bo‘lmas”.
Boburning yuqoridagi ziroat uchun aytilgan fikri Kobul viloyati tug‘risida dir. Kobulning yeri toshliq bo‘lgani uchun ziroatga munosib emasligi aniq. Agarchan Chahor dehiy va Panj dehiy ham kobulga tigishlidir ammo Boburning nazariga ko‘ra bu ikki sohada nisbatan ziroat yaxshi bo‘lgan. Qadimgi Xuroson va hozirgi Afg‘onistonning kisht va ziroatga yaxshi va munosib bo‘lgan yerlari ko‘proq shimoli viloyatlar hisoblanadiki o‘ziga “kanduy Afg‘oninston” (Afg‘oninstonning boyligi) unvonini olgan. Ammo Bobur bu viloyatlarga safar qilmagani uchun o‘zining durdona asari bo‘lmish “Boburnoma”da tuliq ma’lumot bermay faqat otlarini aytib o‘tadilar. Afg‘oninstonning shimolida 9 ta viloyat (Badaxshon, Taxor, Qunduz, Bag‘lon, Samangon, Balx, Sariypul, javzijon, Foryob) bor ki “Boburnoma”da qayta-qayta zikr bo‘lgan.
Shudayki bilamiz Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining siyosi va nizomiy va ilmiy masrufiyatlariga qaramasdan Xuroson va Hindistonda sayr va sayyohatga chiqib tabiatning guzallaiklaridan foydalanib ularni tasvirga chiqarganlar ki ular jumlasida guzal bog‘lar va kurkamzorlarham kiradi. “Istolif cha kent ma’lum emas kim xeli yerlarda bo‘lg‘ay. Ulug‘ rud kentning echidin oqar. Rudning har ikki tarafi bog‘ot tushar. Sabzaliq, safoliqqina bog‘cha(kichik bog ‘)lari dur”.
“Boburnoma”da Istolifning obu havosini hech bir yer bilan tenglashtirmaydi, balki bunday obu havo ko‘p yerlarga topilmaydi deb takidlanilgan. Istolifdan utadegan rudning ikki tomoni hamma bog‘lar va sabzaliq yer ekkani tasvirga cheqariladi. “Boburnoma”da bu kentda bu bog‘lardan boshqa bir ulug‘ bog‘, Bog‘i kalon otlig‘ bog‘ bo‘lganidan va ushbu bog‘ni Ulug‘bek mirzo zabt qilganindan xabar beradi: “Bu kentta Bog‘i kalon otlig‘ Ulug‘bek mirzoning bir mag‘zub bog‘i bor edi. Men egalariga baho berib oldim. Bog‘din tashqari uluq chinorlar bor. Chinorlarning tubi sabzaliq, soyaliq, safoliq manzili dur. Bog‘ning o‘rtasida chinorlar va daraxtlar dur. Burun bu ariq egri bugri va be sayoq edi. Men buyurdum kim bu ariqni raja va sayoq bila qildilar, bisyor yaxshi yer bo‘ldi”.
Ulug‘bek mirzo binni Sulton Abu Sa’id mirzo Boburshohning amakisi bo‘lib Boburdan bir necha yil oldin Kobul hokimi edi. Hokimiyati davrida Istolifda bir katta maydon yerni zabt qilib bog‘ tuzatkan ekan, Boburshoh Kobulni zabt etkandan so‘ng bu bog‘ni egasini tilatib unga yerini bahosini berib rozi qilgan ekanlar. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zi ham Kobulada Urta bog‘, Bog‘i Bobur va Nangarhorda Bog‘i safo, Bog‘i vafa va shunga uxshagan o‘nlarcha bog‘larni tuzatgan ki Bog‘i Bobur hanuzgacha Kobulda saqlanib o‘zlarining muborak ziyoratgohi O‘sha bog‘ni echida joylashgandir.
Xuroson tog‘larida xilma-xil mevali va mevasiz daraxtlar ham ko‘p bo‘lgan. Bu daraxtlardan bir qancgasi “Boburnoma”da keltirilgandir. “Tog‘larida noju va jalg‘uza va balut va xunjak yig‘ochilari bisyor bo‘lur. Noju, jalg‘uza va balut daraxti mundin quyyi bo‘lur. Nijrovdin yuqori aslan bo‘lmas. Hindistoni daraxtlardin dur. Bu kuhiston elining charog‘lari tamom jalg‘uza yig‘ochidin dur. Sham’dek yonar. Xeli g‘aroyibi bor”.
Bu zikr etilgan daraxtlar tog‘larda xudsar shaklda chiqib tabiatni guzallashtirishida, havoni sof qilishada, selni damini olishda katta rol uynab aholining iqtisodini yuksaltirishida xizmat qiladi. Jalg‘uza yig‘ochi Afg‘oninstonning Nijrov tumanidan boshqa joyda bo‘lmaydi. Jalg‘uzani choqadegan quruq mevasi bo‘lib bu meva Xitoy ulkasiga eksport qilinadi ki bu yo‘ldan bir yilda millionlar dollar Afg‘oninstonga keladi.
Xurosonning mevalari ham xil-maxil bo‘lib sard ser va garmser mavalarga ajratiladi. “Kobulning rivochi xub bo‘ lur. Behi bila olusi ham yaxshi dur, bodringi dag‘i yaxshi bo‘lur. Bir nav’ uzum bo‘lur obi angur derlar, xili yaxshi uzum dur... garm seri mevalar misli, norinj va turunj va amluk va nayshakar Lamg‘onotdin keltururlar. Nayshakarni men kelturub ektur edim. Jalg‘uzani Nijrovdin kelturular”.
Yana boshqa joyda Kobulni mevasi bilan G‘azniyning mevasini muqoyisa qilib Gazniniki yaxshirog‘ ekkanini bayon qiladi. “Kobul uzumidin G‘azniy uzumi yaxshirog‘ bo‘lur. Qovuni ham Kobul qovunindin ortuqrog‘ dur. Olmasi ham yaxshi bo‘lur, Hindistong‘a eltorlar”.
“Boburnoma”da bahor mavsimida Kobul va uning atrofi tasviri ko‘p chiroyli va mohirona chizilgandir. “Bahorlar Boron yozisi va Choshtuba dashti va Gulbahor domanasi sayrig‘a borduk. Bahorlar Boron yozisi va Choshtuba dashti va Gulbahor domanasi bisyor xub bo‘lur. Sabzasi Kobul viloyatining o‘zga yerlarga boqa xili yaxshi bo‘lur. Turluk-turluk lolalar ochilur, bir qatla lola anvoyini buyurdumkim sanadilar, o‘tuz turt nav’ lola chiqdi, nechuk kim bu yerlarning ta’rifida bir bayti aytilib edi.
Sabza-u gullar bila jannat bo‘lur Kobul bahor
Xossa bu mavsumda Boron yozisi-yu Gulbahor.
Yana bir joyda bu domanada chiqqan lolalarni vasf etib boshqa hech bir yerda bunday lolani bo‘lmasligini aytadi. “Bu domanada ranga-ranga har nav’ lolalar bo‘lur. Bir qatla sanattim o‘ttuz ikki, o‘ttuz uch nav g‘ayri mukarrar lola cheqti. Bir nav’ lola dur andin andak qizil gul hidi kelur, lolay gulbuy der erdik. Dashti Shayxda bir parcha yerda bo‘lur, o‘zga yerda bo‘lmas. Yana ushbu domanada Parvondin quyyiroq Sadbarg lola bo‘lur, ulham bir parcha yerda G‘urband tangisining chiqishida bo‘lur”.
Bu qiziq ma’lumotlarni Boburshoh besh asr oldin aytib bergan bo‘lsa-da biz uchun hozirham qizig‘dir. Hanuzham O‘sha Bobur ko‘rsatgan joylarda bu lolalarni namunasini ko‘rish mumkin. Bobur ushbu sayr kelganda bu g‘azalni tugatganini aytadi. “Ushbu sayr kelganda bu g‘azalni tugatdim”.
Mening ko‘nglumki gulning g‘unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o‘lsa ochilmog‘i ne imkondur.
“Boburnoma”da Xuroson tog‘lari xususiyati tug‘risida qiziqarli ma’lumotlarni uchratamiz. Qizig‘i bundaki bizdan besh asr oldin Zahiriddin Muhammad Bobur bu tog‘larning tagidaga qanday o‘simliklarni chiqishi tug‘risida ma’lumotlr beradi. “Kobul viloyatining sharq tarafidagi tog‘lari ikki turluk dur. G‘arb tarafidagi tog‘lari ikki turluk dur. Andarob va Xust va Badaxshon tog‘lari tamom archaliq, qalin chashmaliq, yumshoq pushtaliq tog‘lar dur. Uti tog‘ining va pushtasining va jilgasining birdek bo‘lur va xub bo‘lur. Otg‘a bisyor sozvor ut dur. Andijon viloyatida bu utni bo‘taka uti derlar. Vajhiy tasmiyasi ma’lum emas edi. Bu viloyalarda ma’lum bo‘ldi bu ut bo‘ta-bo‘ta chiqar uchun bo‘taka derlar emish”.
Asarda o‘qiganimizdek, Andarob, Xust va Badaxshon tog‘lari sard ser viloyatlarga bo‘lgani uchun chashmalari ko‘p bo‘lib daraxt va utga sozvordir. Shu asosda bu tog‘larning manzarasi yozda yam-yashil bo‘lib xilma-xil utlar va o‘simliklar chiqadi. Jumladan bo‘taka utini yaxshi bo‘lishi va otga sozvor ekkani “Boburnoma”da qayd etilga.
Boshqa bir joyda Nijrov tog‘larida “rubaparon” degan jonvor tug‘risida bu ma’lumotlarni ko‘ramiz. “Nejrov tog‘larida rubaparon bo‘lur. Rubaparon bir jonvori dur, mushukdin uluqroq, ikki qo‘li bila ikki putining arosida parda dur. Shabparaning qanotidek. Doyim keltururlar edi, deyarlarkim yig‘ochdin yig‘ochqa nishibga boqa bir gaz otimi uchar. Men xud uchg‘anini ko‘rmadim. Yig‘ochga qo‘ydik jast yormashib chiqti. Andin quvladilar qanotini yoyib uchg‘andek etib be ozor tushdi”.
XULOSA
Insoniyat tarixida yuksak iz qoldirgan, kеyingi avlodlarga o`zining jamiyatdagi mavqеi, ilmiy, badiiy mеrosi bilan ibrat namunasi bo`la oladigan shaxslar dunyoga juda kam kеladi. XV- XVI asr uzbеk xalqi, adabiyoti, ma'naviyati tarixida Alishеr Navoiy va Zahiriddin Muhammad Mirzo Boburni bеmalol ana shunday shaxslar qatoriga kiritish mumkin.
Zahiriddin Muhammad Bobur umrining o`zi avlodlarga ibrat namunasidir. U 47 yoshli qisqa, ammo ijodiy barakali, barkamol hayotida yuz yil yashab ham uddalab bo`lmaydigan ishlarni ado etdi.
Bobur o`z davrining shoh va shoirligidan tashqari, ulkan tarixchisi, etnografi, o`lkashunosi, biolog, gеograf, dinshunos olimi sifatida ham dovruq topgan. Shariat ahkomlarini mukammal bilgan va bu borada ham risola yozgan. Arab alifbosining murakkab, o`rganish og’ir bo`lganligi bois, yangi «Xatti Boburiy» alifbosini yaratgan. Davlatchilikda vaqt mе'yorlarini qayta ishlab chiqqan, pochta tizimiga qulay tarzda tartib bеrgan va yana qanchadan-qancha islohotlarni amalga oshirgan. Borgan yеrida obodonchilik, bog’-rog’ barpo etgan, Movarounnahr siviliza- siyasini Sharqda tarqatgan buyuk shaxsdir.
Bobur buyuk podshoh, bobosi Amir Tеmurning munosib vorisi sifatida uning saltanatini barcha o`ziga tеgishli hududlarda qayta tiklash, yuksak saltanatni dovruqsiz, manmanlikka bеrilmay barpo etish va davlatchilik ishlarini amalga oshirishni umr maqsadi etdi. U mohir sarkarda sifatida eng og’ir bo`lgan davrlari: qarindosh-urug`lari, bеk va safdoshlari chap bеrib, bundan taxtni olishga intilib, nochor qolgan holida ham maqsad sari intildi. Boburning bu xislati, kеlajakka umid bilan qarashi bugun ham ibrat namunasi bo`lib xizmat qiladi.
Zahiriddin Muhammad Mirzo Boburning “Boburnoma” asarida Temuriylar sulolasi haqida Amir Temur va Mirzo Ulug`bek tomonidan barpo etilgan inshootlar, madrasalar, bog`u-rog`lar, masjid xonaqo, hammomlar shuningdek Samarqand iqlimi, aholisi haqida ma’lumotlar qoldirgan.
Bobur davlatchilik siyosatining bosh kaliti - tеmuriyzoda Sulton Husayn Boyqaro kabi faqat o`z hukmronligiga qarashli joylarda tinch-osoyishta hayotni saqlash, saltanatini mustahkam qo`rg`onlar, yеtuk askar, zobitlar bilan ta'minlash, ilm-fan, adabiyot va san'atga yuksak e'tibor bеrishdangina iborat dеb bilmadi. Uning buyuk niyati, bobosi Amir Tеmur saltanati tasarrufida bo`lgan yurt va yеrlarni qayta egallash, muhim, yagona davlatchilik siyosatini yuritish, parokanda tеmuriyzodalarni bu maqsad sari birlashtirishdan iborat edi. U shu yo`lda siyosiy tanglik, murosasizlik, ayniqsa buyuk Tеmurdan qolgan hudud, boylik va mansablar sari olib borilgan kurashlarga barham bеrib, barchasini bir bayroq ostida birlashtirish uchun intildi. Bunga ko`p jihatdan erishdi ham, lеkin armon bo`lib qolgan niyatlari ham kam emas.
Bobur tomonidan davlat boshqaruvida ko`pgina xalqparvar amru farmonlar e'lon qilindi. Ularning eng namunalisi «ikki azimush-sha'n» farmon­lar edi. Birinchi farmonda Boburning davlatchilik maromi, podshoq sifatida еtuklikka erishgani, eng muhimi qo`l ostidagi fuqarolarning kim, qaysi millat, dinga taalluqli bo`lishidan qat'iy nazar tamg`a soliqidan ozod etdi. Ikkinchi farmoni vafotidan ikki yil oldin butun saltanatida sharob ichishni qat'iyan man etilgani bo`ldi. Boburning bu ikki far­moni xalqparvarligi, inson manfaati, uning sog’liq va axloqiy barkamolligi kabi xususiyatlarini shaxs xaraktеrida mujassamlashishiga qaratilganligi bilan bugungi kunda qam qimmatini yo`qotgani yo`q.
Boburning davlatchilik va yuksak harbiy maqorati Sharq va g`arb olimlari, tarixchilari tomonidan tan olingan. Bu borada tarixchi Pavе dе Kurtеylning qarashlari fikrimizga dalildir: «har qanday sinovga bardosh bеra oluvchi, iroda va matonatni o`zida mujassamlashtirgan bu zot o`zida harbiy hiyla va jasoratni uyg`unlashtira olar, zarur bo`lganda jazolashga ham va afv etishga ham qodir edi: u istе'dodli harbiy arbob va ishning ko`zini biladigan, qo`shinlarni mahorat bilan boshqara oladigan, ular­ning ishonchini qozona olgan sarkarda edi».
«Boburnoma»da muallif eng avvalo shuni ko`rsatadiki, u hali yosh paytidan boshlab ushbu kasb sirlarini o`rganishga, yo`l qo`ygan xatolarini darrov tan olib, ochiq bayon etishga, tuzatishga harakat qilgan. Bobur barcha qo`l ostidagi shaxslar, raqib va dushmanlarining har bir harakatida diplomatik nazokatni kuzatdi, baholadi. O`zining jamiyat, saltanatdagi mavqеini aynan tеmuriylar diplomatik qoida-qonunlari zaminida, o`z saltanatidagi yangi tartib va qoidalar bilan to`ldirib bordi. Unga hamma bo`ysunishini talab qildi va o`zi ham bu tartibga rioya etdi.
Zahriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati haqida ko’plab izlanish va tadqiqotlar olib borilgan. Ammo B.Valixo’jayev haqli ta‘kidlaganidek: …bu qutlug’ ishni Boburning o’zi - Boburnoma‖da boshlab bergan edi. Shundan so’ng Movarounnahr, Afg’oniston va Hindistonda yozilgan tazkira va tarixiy asarlarda Bobur haqida ma‘lumot berish kuzatiladi. Darhaqiqat, Bobur hayoti va ijodi haqida ma‘lumot beruvchi eng noyob ishonchli manba uning - Boburnoma asaridir. Shuningdek, Gulbadanbegimning - Humoyunnoma‖, Muhammad Haydarning –“Tarixi Rashidiy” asarlari ham aytish mumkin. Rus sharqshunoslaridan N.I.Ilminskiy, N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, N.I.Veselovskiy, V.V.Vyatkin, A.Samoylovich, V.Bartold; afg’on olimlaridan Ahmad Ali Kohzod, Abdulhay Habibiy, Gulchin Maoniy; hind olimlaridan Zokir Husayn, Nurul Hasan, S.A.Sharmi, R.P.Tripatxi, P.Saron, Kanunga; turk olimlaridan Fuod Kupruluzoda, Rashid Rahmati Arad kabilar ham Bobur faoliyati va merosi bilan shug’ullandilar. Boburning hayoti, faoliyati, ilmiy, badiiy merosini o’rganish, asarlarini nashr etish borasida o’zbek olimlari ham muayyan ishlarni amalga oshirdilar. Umuman, boburshunoslik ravnaqida Yahyo G’ulomov, Vohid Zohidov, Homil Yoqubov, Porso Shamsiyev, Sabohat Azimjonova, Aziz Qayumov, Hamid Sulaymon, Said Aliyev, Botirxon Valixo’jayev, Hasan Qudratillayev kabilarning ilmiy tadqiqotlari muhim hissa bo’lib qo’shildi. Ammo shunga qaramasdan, metodika sohasida yetarli ishlar amalga oshirilmagan. Ushbu ishni bajarishda internet ma’lumotlari, o‘quv darsliklar, ilmiy-adabiy ma’lumotlardan foydalanildi.


Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling