Syurrealizm (fr. Surrealisme-yuksak realizm yoki realizmdan ham yuksak) Fransiyada XX asr boshlarida dunyoga kelgan. Hayot voqea hodisalarining mohiyatini, ichki dunyoni murakkab ramz va shakllarda, kutilmagan obrazlarda tasvirlashgan. Syurrealizmni – sara realizm(Ozod Sharofiddinov) deb ham yuritadilar va unda simvolizm (ramziylik)ning asosiy yutuqlar, romantizmning kuchli bo’yoqlari jamg’arilganligi sabab, fikr va tuyg’ularning zanjirli, ramzli, tagdor va murakkab qirralari kashf etiladi. Bu oqim jahoniy hislat kasb etgani uchun uning vakillarini turli adabiyotlarda ko’plab uchratish mumkin. Pol Varlen, Pol Elyuar, Emil Verxare, Oskar Uayld, Anna Ahmatova, Marina Svetayeva, Aleksandr Blok, Garsiya Lorka, Pablo Neruda, Nozim Hikmat, Rauf Parfi kabi san’atkorlarning ijodlarida ularning dilbar namunalarini ko’rsa bo’ladi.
Jumladan, Anna Ahmatovaning “Na sirlar va na g’amlar” she’riy to’plamidagi asarlarning biriga – asliga diqqat qiling va undagi tagdor mazmunni ilg’ashga intiling:
Ya jivu, kak kukushka v chasax,
Ne zaviduyu ptisam v lesax.
Zavedut-i kukuyu.
Znayesh, dolyu takuyu
Lish vragu
Pojelat ya mogu.1
Do'stlaringiz bilan baham: |