Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Mavzu: Oybekning “Navoiy” romani va Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”ida yaratish va ularning klassifikasiyasi
Download 0.93 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu adabiyotning ommaviylik xususiyatidir.
Mavzu: Oybekning “Navoiy” romani va Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”ida yaratish va ularning klassifikasiyasi
Reja: Oybekning “Navoiy” romanining yaratilish tarixi Abdulla Qodiriyning “o’tkan kunlar” romani va uning yaratilishi Asarlarning adiiy xususiyatlari tarixiy asarlar va ularning klassifikasiyasi Yuqoridagi adabiyotga berilgan ta’rif to’liq va mukammal bo’lishi uchun badiiy adabiyotning yana bir nechta umumiy xususiyatlarini o’rganish lozim bo’ladi. Bu xususiyatlarning uchtasini V.G.Belinskiy “Adabiyot so’zining umumiy ma’nosi” maqolasida ta’riflaydi; ularni nazariyotchi olim Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” darsligida asosli tahlil qiladi. Darhaqiqat, “adabiyot doimo ommaviylikka suyanadi, o’z tasdig’ini jamiyat fikridan oladi… butun xalqdan, eng kamida-xalqning ma’rifatli sinflarining e’tiboridan madad oladi. Adabiyot butun jamiyatning mulkidir” (V.G.Belinskiy). Chunki, “adabiyot jamiyatning hamma tabaqalariga mo’ljallangan bo’ladi va odamlarning yoshi, jinsi, kasbi, ijtimoiy pog’onada tutgan o’rniga qaramasdan, hamma tomondan o’qiladi, har bir kishida qiziqish tug’diradi. Bugina emas, bir xalqda yaratilgan adabiyot asarlari boshqa xalqlarning ham barcha vakillari tomonidan qiziqib o’qiladi, jahondagi odamlarning hammasida (ularning irqiy, milliy, diniy, iqlimiy farqlaridan qat’i nazar) qiziqish tug’dira oladi, hamma kishilarga foyda yetkazadi, butun insoniyatning mulki bo’lib qoladi”1 . Shunga ko’ra, hindlarning “Ramayana”si ham, o’zbeklarning “Alpomish”i ham, arablarning “Ming bir kecha”si ham, qirg’izlarning “Manas”i ham, ruslarning “Igor jangnomasi” ham – butun jahonning, barcha hazrati insonlarning mulki bo’lib, ularning kamoliga xizmat qilaveradi. Bu adabiyotning ommaviylik xususiyatidir. Adabiyotning ommaviyligi – uning xalqchilligi xislatini yuzaga chiqaradi. Chunki, “Xalqchillik adabiyotning fazilati emas, balki zarur shartidir” (V.G.Belinskiy), milliy va umuminsoniy shon-shuhratining, bashariyatga ta’sir qudratining o’lchovidir. Xalqchillik bor joyda badiiylik ham borligiga isbotdir, “agar xalqchillik deganda biror xalq, biror mamlakat odamlarining xulqi atvorini, urf-odatlarini va xarakterli xususiyatlarini haqqoniy tasvirlashni tushunadigan bo’lsak, xalqchillik chinakam badiiy asarlarning zarur shartidir. Har qanday xalqning hayoti faqat uning o’ziga xos shakllarda namoyon bo’lsa, u xalqchil hamdir,”1 – deb yozadi V.Belinskiy o’zining “Rus povesti va janob Gogol povestlari haqida” asarida. Bu asoslardan ko’rinadiki, haqiqiy badiiy asar doimo xalqchil bo’ladi. Chunki, unda birinchidan, xalqning ruhiyati, umid-armonlari, orzu-istaklari badiiy ifodasini topadi. Ikkinchidan, xalqning ruhiyati haqiqiyligi, tiniqligi asarlardagi har bir “qahramon” xarakterida aksini topadi. Uchinchidan, badiiy asar keng xalq ommasi uchun tushunarli til va uslubda, dono soddalik, nozik ta’blik bilan yoziladi va ayni paytda, xalqning tuyg’ularini ma’nan birlashtirishga, bashariy e’tiqodi (hammamiz bitta Yer kurrasida yashaymiz, hammamiz Allohning bandasimiz, insonligimiz-bir-birimizgagina bog’liqligi)ni mustahkamlashga xizmat qiladi. “Xalqchillik singari, originallik ham chinakam talantning zarur shartidir. Ikki odam buyurtma ishda bir-biriga o’xshatishi mumkin, lekin aslo ijodda emas; zero, modomiki bir odamga bir ilhom ikki marta kelmas ekan, demak, bir xil ilhomning ikki odamga kelishi bundan ham mushkuldir. Mana, shuning uchun ham ijod olami tuganmas va cheksizdir”. Chinakam iste’dodli shoirda har bir shaxs-tip, har bir tip esa o’quvchi uchun notanish tanishdir. Mana bu odam bag’ri daryo, qaynoq ehtiroslarga, teran aqlga boy, ammo mulohazasi cheklangan, xotinini shu qadar ashaddiy sevadiki, vafodorligiga zarracha shubhalansa, uni bo’g’ib o’ldirishga tayyor, demaysiz, balki lo’nda qilib, mana bu Otello, deysiz! Mana bu odam inson burchini va hayotning ma’nosini teran tushunadi, yaxshilikka intiladi, ammo ruhida kuch-g’ayrat yo’qligidan birorta xayrli ish qila olmaydi va o’zining ojizligini anglab, iztirob chekadi, demaysiz, lekin bu Hamlet deysiz! (Shu asar, 250-251-betlar). Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling