Vafoga, sadoqatga, hurmat va e’zozga, nazokat va latofatga, or-nomus va insoniylikka chaqirayotibdi. Shu bilan odamdek yashashimizga, komil inson va sog’lom avlod uchun kurashishimizga faol yordam berayapti. Bu Zulfiya ijodining umumbashariyligidan, umrboqiyligidan, chuqur zamonaviyligidan, butun insoniyat uchun zarurat ekanligidan dalolat beradi.
Demak, san’atkor ijodida, uning chinakam asarida milliylik va umuminsoniylik bir vujuddan oziqlanadi. Milliylik qanchalik chuqur va yorqin ifodalansa, unda umuminsoniy xislatlar shunchalik ulug’ va ta’sirchan qudrat kasb etadi; million-millionlarni insoniylik yo’lida hamkorlikka chorlaydi, qalblar va onglarni birlashtirib ezgulikka, komillika yetaklaydi.
Buning uchun umuminsoniy qadriyatlar har bir millatning ma’naviy mulkiga aylanishi zarur. XXI asrda xalqlar o’rtasidagi nizo va zidlashuvlar bo’lmasligi uchun xalqlar o’rtasida ularni birlashtiruvchi ahillik va murosani yuzaga keltirish, “Ulug’ maqsadlar yo’lida yo’ldoshlik qilishga ko’ndirish” (I.Karimov)- adabiyotning umuminsoniy vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |