Ta`limiy maqsad
Download 30 Kb.
|
6-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Dars turi
- Tashkiliy qism
- Mustahkamlash 6
- III. YANGI MAVZU BAYONI.
- MUSTAHKAMLASH
SANA: ONA TILI FANI SINF: 6 Mavzu: TUBVA YASAMA SO'ZLAR Ta`limiy maqsad: o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarini o`stirish. Mustqil fikrlashga o`rgatish. Tez va ravon yozishga o`rgatish Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni mehnatsevarluikka, insoniylikka o`rgatish. Ularni vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash. Ularga odob axloq tushunchalarini singdirish Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning bilim samaradorligini oshirish. Har bir fanga alohida qiziqish uyg`otish, bilim qobilyatini rivojlantirish Kompitensiya: Tushuna oladi, matnni orfoepiya qoidalariga amal qilib o`qiydi, imlo qoidalariga amal qila oladi, tanish va notanish vazaiyatlarda qo`llay oladi va farqini ajrata oladi. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Darsda foydalanilaniladigan metod: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash Darsda foydalaniladigan jihoz: Darslik, testlar, jadvallar, didaktik tarqatma materiallar Baholash: 5 balli tizimda DARSNING BOSQICHLARI Tashkiliy qism: 2 daqiqa Salomlashish. Davomatni aniqlash C) o`quvchilarni darsga tayyorlash Uyga vazifa nazorati 2 daqiqa O`tilgan mavzuni takrorkash 4 daqiqa Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa Mustahkamlash 6 daqiqa Darslik bilan ishlash 12 daqiqa O`quvchilar bilimini baholash 2daqiqa Uyga vazifa 2daqiqa O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH O`qituchi: biz o`tgan darsda qanday mavzuni o`tgan edik? O`quvchi: biz o`tgan darsda So`z yasovchi qo`shimchalar mavzusini o`tgan edik. Uyga vazifa 64-mashq edi. O`qituvchi: hamma bajardimi, daftarlarni almashtiramiz Qanday qo`shimchalar so`z yasovchi qo`shimchalar deyiladi? So`z yasovchi qo`shimchalar yordamida yangi so`zlar hosil qiling? III. YANGI MAVZU BAYONI. TUBVA YASAMA SO'ZLAR Masalan: toshloq, temirchi, temirchilik, serquyosh. Bir umumiy asosga ega bo'lgan so'zlar asosdosh so'zlar sanaladi: tashvishli, sertashvish, tashvishlanmoq kabi. ESDA TUTING. So'zning shakl yasovchi qo'shim- chalarsiz qismi asos sanaladi. 1-topshiriq. Boshliq, boshla, bebosh, boshsiz so'zlarini bir-biriga taqqoslang. Ularning bosh so'zidan farqini ayting. 2-topshiriq. -boz, -chart, -la qo'shimchalari yordamida yangi so'zlar yasang. BILIB OLING. Tarkibi asos va yasovchi qo'shim- chalarga bo'linmaydigan so'zlarga tub so'zlar deyiladi. Masalan: tosh, temir, quyosh. Asosga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shilishi orqali hosil qilingan yangi asos sodda yasama so'zlar deyiladi. 1. Ha, bu yerlar chiroy..., hamma yoq daraxt, buta... bo'lgani bilan sovuq. (A. Yunusov) 2. Mehmon jiddiy...di, nimanidir is- bot...moqchiday bir kes... gap...di. (M. Tursunov) 3. Semiz...ni qo'y ko'tarar deganlaridek, Omonga ...davlatlik yoqmas edi. (G'afur G'ulom) 3-topshiriq. So'zlarni ma'noli qismlarga ajrating. Qo'shimchalarninj asos ma'nosiga ta'sir qilayotgani yoki qilmayotganini ayting. Tohiijon, Halimjon, qalamim, daftarlar, rasmga, kitobcha 4-topshiriq. Suvchi va suvga so'zlaridagi qo'shimchalarning vazifala ridagi farqni izohlang. BILIB OLING. Asosga qo'shilib, uning ma'nosiga qo'shimcha ma'no yuklash yoki o'zi qo'shilayotgan so'zni boshqa so'zga bog'lash vazifasini bajaruvchi qo'shimchalarga shakl yasovchi qo'shimchalar deyiladi. 58-mashq. Matnni o'qing. Tub va yasama so'zlarga izoh bering. Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o'ynamoqda. O'ktam ham yo'g'on arqonni siltab-siltab ko'rdi, dor atrofida aylanib, uning uskunasini qiziqib ko'zdan kechirdi. U bolalikdan bu o'yinni sevar edi. Bir necha yildan buyon ko'rmagani uchun tomosha etgisi keldi. Qani. dorboz qo'liga langarni olib «baka-baka- bang» maqomi ostida ohangdor, yengil odimlar bilan arqondan yura qolsa hozir. (Oybek) 59-mashq. Gaplarni ko'chiring, ajratib ko'rsatilgan so'zlarga izoh bering. Bozorchilar qatorida xaltani ochib, mayizimni maqtab-maqtab o'tirdim. Bozor oralab bozorlik qildim. Ko'chaning narigi yuzidagi baliqxonaga o'tdik. Navbatga turib, bir kilo baliq olib keldim. Os- tonada choyxonachi bilan baliqpaz ko'rindi. Choyxonaga bordim. Choy, kulcha olib keldim. (Tog'ay Murod) 60-mashq. So'zlarni tub va yasama so'zlarga ajratib, jadvalga joylashti- ring.
Ixtirochi, guidon, suhbatlashmoq, ixtiro, tinim, qisqich, to'g'ri, gul, ixtirochilik, tinmoq, qisilmoq, tindirmoq, noto'g'ri, to'g'rilanmoq, tinimsiz, guldor, gulchilik.
61-mashq. Gaplarni o'qing. Tushirib qoldirilgan qo'shimchalarni o'rniga qo'yib, izohlang. Tub so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi? Yasama so'zlar qanday hosil qilinadi?
1.-chilik, -lik qo'shimchalari yordamida yasama so'zk hosil qiling. 2.Asos so'zlar deb nimaga aytiladi? Uyga vazifa: 62-mashq ’’O`qituvchilar va murabbiylar kuni” mavzusida matn tuzing. Unda tub va yasama so`zlardan foydalaning Download 30 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling