Mavzu: ixtirochilik, rasionalizatorlik, ilmiy texnik va patent axboroti rеjа


Download 28.97 Kb.
bet1/5
Sana18.11.2023
Hajmi28.97 Kb.
#1783794
  1   2   3   4   5
Bog'liq
IXTIROCHILIK




MAVZU:IXTIROCHILIK, RASIONALIZATORLIK, ILMIY 
TEXNIK VA PATENT AXBOROTI

RЕJА:

1. Ixtirochilik qobiliyati haqida tushuncha. 


2. Rasionalizatorlik takliflari.
3. Ilmiy texnik va patent axboroti mazmun- mohiyati.
Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi (TRIZ) to‘g‘risida. XX asrning 40-yillari oxirlarida rossiyalik olim Genrix Saulovich Altshuller o‘z olidiga texnikada yangi ixtirolarni qanday qilib maqsadli yaratish mumkin, degan muammoni qo‘ydi. Ta’kidlash kerakki, u paytgacha texnikadagi mutlaq hamma ixtirolar, shu bilan birga fan va san’atdagi kashfiyotlar amal va xatolar yo‘li bilan qilinar edi. Ijodkorlik faoliyatining ilmiy asoslangan texnologiyalari yo‘q edi. Bu muammoni yechish uchun Altshuller texnik ixtirolarning patent fondini tahlil qildi, bu jarayonda texnikaning rivojlanish qonuniyatlarini ochdi va 60-yillarning boshlarida u ixtirochilik masalalarini yechish algoritmining birinchi modifikatsiyasini yaratdi. Shu paytdan boshlab Genrix Saulovich injenerlar va hamma xohlovchilar uchun tinglovchilarni texnik masalalarni yechish uchun algoritmni qo‘llashga o‘rgatadigan o‘quv seminarlari o‘tkaza boshladi, parallel holda uni mukammallashtirish ishlarini davom ettirdi. Bu tadqiqotlar natijasida Altshuller texnikaning rivojlanish qonunlarini shakllantiradi. Shu tarzda ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi (TRIZ) tug‘iladi.
Seminarlarda tinglovchilarni o‘qitish Altshuller oldiga yangi muammoni qo‘ydi – nimaga tinglovchilarning katta qismi TRIZni o‘zlashtirgandan keyin ham yangi texnik ixtirolarini yaratmaydilar. Bu muammoni yechish uchun Altshuller ijodkorlik faoliyati umumiy qonuniyatlarini ochish maqsadida yetuk yaratuvchilarning biografiyalari (1000 dan ortiq biografiyalar) to‘g‘risida adabiyotlarni tahlil qildi, ularni bilish TRIZni o‘qitish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Uning omadi keladi va natijada ijodkor shaxs xislatlari va hayotiy strategiyalari to‘g‘risida ta’limot yaratadi. Qo‘yilgan muammo ilmiy asoslangan yechimni topadi – maqsadli yo‘naltirilgan ijodkorlik faoliyati uchun ijodkorlik metodlarini egallash yetarli emas, balki o‘zida ijodkor shaxs xislatlarini ham tarbiyalash va ijodkorlik faoliyati hayotiy strategiyasi qonuniyatlarini ham hisobga olish zarur. G.S.Altshuller qilgan xulosa o‘zining oddiyligi va shu bilan birga murakkabligi: huddi san’at, matematika va fizika qonunlari kabi ijodkorlik texnologiyalarini har kim egallashi mumkin, butun hayoti davomida ijodkor shaxs xislatlarini ozchilik o‘zida tarbiyalashi mumkin va faqat ayrimlarigina o‘z hayotini ijodkor shaxs hayotiy strategiyasi qonuniyatlariga muvofiq yashashlari mumkin.
80-yillar o‘rtalarida Altshullerning izdoshlari TRIZ elementlarini san’atda, fanda, pedagogikada, psixologiyada, meditsina va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llay boshladilar. Natijada kasbiy faoliyatning yangi yo‘nalishlari: TRIZ + PEDAGOGIKA, TRIZ + BIZNES, TRIZ + SAN’AT, TRIZ + TIBBIYOT yuzaga keldi. Bu yo‘nalishlardagi ishlar ko‘p sonli nashrlarda aks ettirilgan jiddiy ilmiy natijalar olib keldi.
Hozirgi vaqtda TRIZ muvaffaqiyatli rivojlanayapti, Xalqaro TRIZ assotsiatsiyasi yaratildi, G.S.Altshuller uning prezidenti hisoblanadi. MDHning ko‘pgina yirik shaharlarida va qator boshqa davlatlarda TRIZ markazlari va maktablari faoliyat olib bormoqda.
Ixtiro tan olinishi uchun taklifda biror texnik masalaning yechimi bo’lishi shart. Shu bilan birga u yangi va oldindan ma’lum bo’lgan texnik yechimdan fark qilib, ko’prok foyda keltirishi zarur. 
Ixtironing obektlari bo’lib yangi qurilma, yangi metod, yangi buyum yoki narsa, oldindan ma’lumbulmagan qurilma, metod va buyumlarni yangi maqsadlarda foydalanishi xizmat qiladi. 
Qurilmalarga: agregatlar, mashinalar, mexanizmlar, asboblar, priborlar va boshqalar kiradi. 
Metodlarga: texnik jarayonlar, zagotovka olish turlari, tekshiruv va sinov turlari, montaj hamda yiguv turlari va boshqalar kiradi. 
Narsa yoki buyum: kimyoviy to’zilmalar bo’lib, ixtironing obekti bo’lib hisoblanadi. 
Kishlok xo’jaligidagi yutuklar (masalan seleksiyada) ham ixtiro deb tan olinadi. Yangi navlarningyaratilishi, yangi zotlarning yaratilishi, kushlarning va xayvonlarning yangi turlarini paydo bo’lishi. Ixtiro ham kashfiyot singari dunyoviy yangiliklar bulmogi kerak, ya’ni ixtiro to’g’risidagi arizaberilgunga kadar u xakda xech kayerda ye’lon kilinmasligi kerak. Chunki ixtiroga bitta haqiqiy
guvoxnoma beriladi. Agar bitta ixtiro uchun bir nechta ariza berilgan bulsa, u holda ixtiro birinchibo’lib ariza bergan ixtirochiga tegishli buladi. 
Rasionalizatorlik takliflari zavodlarda, korxonalarda beriladi Agar takliflar korxonalar uchun
yangilik bo’lib, ko’prok foyda keltirsagina rasionalizatorlik taklifi deb tan olinadi. Rasionalizatorlik takliflari: buyumning konstruksiyasini, ishlab chiqarish texnologiyasini, materiallar tarkibini o’zgartiish haqida bo’lishi mumkin. Rasionalizatorlik ko’p qirrali muammodir va shu bilan birga iqtisodiydir. Rasionalizatorlik taklifi ham ixtiro singari aloxida belgilarga, talablarga javob berishishart. Birinchidan, taklifning texnik yechim bo’lishi shart. Ikkinchidan, yangilik belgisiga javob berishi kerak. Uchinchidan, taklif foydali bo’lishi kerak. 
Rasionalizatorlik taklifi maxsus bosma kogozda yozma ravishda beriladi. Arizada
taklifning nomi, avtorlari ko’rsatiladi. Arizani bulimlarida taklifning maqsadi va iqtisodi to’g’risida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari arizaga sxemalar, chizmalar, yeskizlar tirkab kuyiladi. Ariza korxona nomiga beriladi. Bordiyu taklif bir necha
korxona uchun ham foydali bulsa, u holda ariza ana shu korxonlar qaraydigan
vazirlikka beriladi. Muallif uchun (iltimosiga kura) ma’lumotnoma yoki guvoxnomaberiladi va maxsus jurnalda belgilab kuyiladi. 
Rasionalizatorlik takliflari – bu xalq xo’jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik vazifalarni echishga, ya’ni ma’sulotning loyixasini ishlab chiqarish texnologiyasinifoydalanilayotgan texnikaning yoki materiallarning xossasini o’zgartirishga qaratilganbo’ladi. rasionalizatorlik ko’p qirrali muammo bo’lib, ko’proq iqtisodiy masalalarni xaletishga qaratilgan. rasionalizatorlik fikrlar ma’lum talablarga javob berishi kerak: birinchidan, texnik yechimga ega bo’lishi, ikkinchidan, yangilik bo’lishi uchunchidanfoydali bo’lishi kerak. 
Rasionalizatorlik fikrlar maxsus blankada ariza sifatida beriladi. rasionalizatorlik fikrlarqaysi korxonaga tegishli bo’lsa shu korxonaning IRJ ga ariza beriladi. Agarla fikrlar boshqa korxonalarga tegishli bo’lsa vazirlikka beriladi va ro’yxatga olinadi. 
Patent hujjatlari. Patent axborot.
Ilmiy – texnik taraqqiyotning o’sishi ko’p va murakkab bilimlar va axborotlarga bog’liq. 
Xalq xo’jaligining barcha soxalari bo’yicha har yil yangiliklar soni birqancha ko’payadi. 

Download 28.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling