Mavzu: ixtirochilik, rasionalizatorlik, ilmiy texnik va patent axboroti rеjа
Download 28.97 Kb.
|
IXTIROCHILIK
Ijodkorlik faoliyati. Ma’lumki, faoliyat – natijasida inson aniq mahsulot yaratadigan jarayondir. Faoliyat reproduktiv va ijodiy bo‘lishi mumkin. Reproduktiv faoliyat – bu batafsil ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha bajariladigan jarayon va bu natijada faoliyat subyekti (subyektiv yangilik) uchun ham, boshqa kishilar uchun ham (obyektiv yangilik) yangilik bo‘lmagan mahsulot yaratiladi. Ijodkorlik faoliyati bu boshqa masala. Ijodkorlik faoliyatining hech bir turi uchun ularni bajarishning batafsil algoritmi yaratilishi mumkin emas, biroq ijodkorlik faoliyatining ko‘pgina turlari uchun umumiy algoritm allaqachon yaratilgan, masalan: insho yozish, kiyimlarni moslashtirish, texnika bo‘yicha ijodkorlik masalalarini yechish va boshqalar. Ijodkorlik faoliyati natijasida subyektiv yoki obyektiv yangilikka ega bo‘lgan mahsulot yaratiladi.
Siz nima deb o‘ylaysiz, hayotiy muvaffaqiyatga erishish borasida shaxs uchun nima aniqlovchi bo‘lib hisoblanadi: mablag‘, ota-onalar mavqei, aloqalar, ma’lumoti darajasi, tillarni bilishi yoki boshqa yana nimadir? Ana shu aynan nimadir shaxsning ijodkorlik faoliyati metodlari va texnologiyalarini egallash darajasini aniqlovchi bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagi shartlarning insonda mavjud bo‘lishi kasbiy martabada ma’lum darajani egallash imkonini beradigan ajoyib bajaruvchi bo‘lish imkonini beradi, biroq hayotiy muvaffaqiyat zinapoyasida ko‘tarilish ijodkorlik faoliyatisiz mumkin emas. Aniqrog‘i, inson hal qila olmaydigan birinchi muhim muammogacha mumkin. Bunga ishonch hosil qilish uchun odamlarni qat’iy retseptlar bilan davolagan vrach va bir bemorda nostandart holni, yoki standart gruntlar uchun mo‘ljallangan binoni loyihalagan injenerni, loyiha bo‘lsa, juda bo‘sh grunt uchun buyurtma qilinganligini tasavvur qiling. Va bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shuning uchun ijodkorlik faoliyati shaxsning asosiy intellektual kapitali bo‘lib hisoblanadi, aynan u har bir insonning kasbidan qat’iy nazar hayotda muvaffaqiyatini aniqlaydi. YA’ni ijodkorlik faoliyati – bu hech qanaqangi pulga sotib olib bo‘lmaydigan, faqat o‘rganish mumkin bo‘lgan faoliyat. Zarur bo’lgan axborotlarni yig’io’ juda murakkab ish. Shuning uchun xozirgi kunda tabiatnibilishga oid bilimlardan tashqari, bu bilimlardan insonning o’zi foydalanishi kattaahamiyatga ega. Xozirgi davrdakashf yetilgan yangiliklar bo’yicha axborotlar saqlash, ishlov berish va xodimlarga yetkazish yo’llari axtarilmoqda, har bir davlatda ilmiy xborotlar bo’yicha maxsus tashkilotlar to’zilgan, ularning vazifasi fan, texnika va ishlab chiqarishni rivojlantirishga omil bo’lib hisoblanadi. Patent hujjatlari – bu shunday hujjatlar yig’indisi bo’lib, unda: ilmiy – texnik tajribalar va loyixa konstruktorlikishlanmalarining maxmuni kashf qilinganligi, foydali modelihamda kashfiyotchining xuquqini ximoya qiluvchi ma’lumotlar bo’lishi kerak. Shu bilan birgalikda model, maket, korxona maxsulotini ro’yxatga olinganligi haqidaguvohnomalar va mualliflik diplomlari bo’lishi kerak. Patent axboroti deganda patent hujjatlaridan foydalanish va ishlov berish tushuniladi. Patent hujjatlari ilmiy – texnik yutuqlari oxirgi 100-200 yilligi petent fondlarida saqlanadi. Download 28.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling