3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari
Download 0.81 Mb.
|
3-МАВЗУ (КИСМ)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 2.1. Avtomobilning tortish-tezlik xususiyatlari
- Avtomobilga ta’sir qiluvchi kuch va momentlar.
- Tortish kuchi
3- BO’LIM . Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari Avtomobini loyixalash davrida uning konstruksiyasiga ma’lum xususiyat beriladi. Avtomobil o‘z xususiyatini to‘liq ishlata olish uchun uning sifati, konstruktor avtomobilni qanday loyihalagan, tanlangan texnologiya va detallarning materiallariga bog‘lik. Avtomobil konstruksiyasining murakkabliga va unga bo‘lgan talablarning ko‘pligi tufayli uning xususiyatlarini biror universal o‘lcham bilan baholash qiyin. SHuning uchun avtomobilning xususiyatiga baho berish uchun o‘lchagich va ko‘rsatgich kiritamiz. O‘lchagich – avtomobil xususiyatining sifatini aniqlaydi. Ko‘rsatgich – o‘lchagichning raqamli qiymatini aniqlaydi. Ko‘rsatkich bir ma’noli bo‘lgani uchun avtomobilning konkret sharoitdagi va ekspluatatsion xususiyati uchun oxirgi imkoniyatini aniqlaydi (masalan: Avtomobilning maksimal tezligi). Ekspluatatsion xususiyat ko‘rsatgichi tajribada va hisoblab aniqlandi. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari quyidagilardan iborat: Avtomobilning dinamik xususiyati Avtomobilning yonilg‘i tejamkorlik xususiyati Avtomobilning turg‘unlik xususiyati Avtomobilning boshqaruvchanlik xususiyati Avtomobilning o‘tag‘onlik (o‘tuvchanlik) xususiyati Avtomobilning yurish ravonligi xususiyati 1. Avtomobilning dinamik xususiyati deb, yuk va passajirlani berilgan yo‘l sharoitida xarakat xavfsizliginining saqlagan holda maksimal o‘rtacha tezlik bilan yura olish qobiliyatiga aytiladi. Avtomobilning dinamik xususiyati tortish va tormozlash xususiyatlariga bog‘liq Avtomobilning tortish xususiyati, ma’lum ekspluatatsion sharoitda maksimal o‘rtacha tezlik bilan baholanadi. Avtomobilning tortish xususiyati sekinlashish va tormozlanishni samaradorligini ko‘rsatadi. 2. Avtomobilning yonilg‘i tejamkorlik xususiyati deb xarakat davomida minimal yonilg‘i sarflab transport ishini bajara olish qobiliyatiga aytiladi. 3. Avtomobilning turg‘unlik xususiyati deb, tashqi kuch ta’siri ostida avtomobil o‘z xarakat yo‘nalishini (xaydovchi ishtirokisiz) saqlay olish qobiliyatiga aytiladi. 4. Avtomobilning boshqariluvchanlik xususiyati deb xaydovchi boshqarayotgan avtomobilning berilgan xarakat yo‘nalishini eng kam o‘zgartirib yurishi va xaydovchi xoxishi bilan boshqaruvchi organlar o‘z vaziyatini o‘zgartirganda avtomobil xarakat proektoriyasining o‘zgarishiga aytiladi. 5. Avtomobilning o‘tag‘onlik xususiyati deb og‘ir yo‘l sharoitlarida va yo‘lsiz joylarda etakchi g‘ildiraklarning shatak siramasdan o‘ta olish qobiliyatiga aytiladi. 6. YUrish ravonligi xususiyati deb notekis yo‘lda kuzovning ortiqcha tebrantirmasdan xarakatlana olishiga aytiladi. Ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi quyidagi asosiy misollarni o‘rganadi. Avtomobilning konstruksiyasini mukammallashtirish yo‘llarini; Turli ish sharoitlari uchun zarur transportni tanlash usullarini; Har-xil sharoit uchun xarakat usullarini tanlash masalalarini; Avtomobilni loyihalash davrida, uning ma’lum sharoitdagi ekspluatatsion xususiyatlarini oldindan aniqlash; Ekspluatatsion xususiyatlarni tahlil qilishdan maqsad: uning ish unumdorligini oshirish va yuk tashish tannarxini kamaytirishdir bundan tashqari avtomobil agregatlarining ish jarayonini o‘rganish va uni hisoblashga imkon yaratish. Bunga erishish uchun: Avtomobil o‘rta tezligi oshirish YOnilg‘i tejamkorligini yaxshilash Transportning xarakat xavfsizligini ta’minlash Haydovchi va passajirga xarakat davrida qulaylik yaratish. Mavzu 2.1. Avtomobilning tortish-tezlik xususiyatlari Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar: O‘lchagich Ko‘rsatkich Funksional xususiyat Ekspluatatsion xususiyat Dinamik xususiyat YOnilg‘i tejamkorlik Tortish xususiyatning ko‘rsatkichlari Avtomobilga ta’sir qiluvchi kuchlar sxemasi Tashqi tezlik xarakteristikasi G‘ildirak moment G‘ildirakdagi quvvat Transmissiyaning F.I.K G‘ildirak radiuslari Tortish kuchi Tortish xarakteristikasi Balandlikka chiqishga qarshilik kuchi G‘ildirashga qarshilik kuchi G‘ildirashga qarshilik koeffitsienti Yo‘lning umumiy qarshilik kuchi Yo‘lning umumiy qarshilik koeffitsienti Havo qarshilik kuchi Havo qarshilik koeffitsienti Old yuzi G‘ildirak tartibi Qarshiliklarni engish uchun quvvat Ilashish kuchi Ilashish koeffitsienti Ilashish koeffitsientiga ta’sir qiluvchi omillar Avtomobilning xarakatlanish sharti O‘qlardagi normal reaksiya kuchlari Solishtirma tortish kuchi Qayta taqsimlash koeffitsienti Tortish balansi Tortish balansi koeffitsienti Quvvat balansi Quvvat balansi grafigi Dvigatel quvvatidan foydalanish darajasi Dinamik faktor Dinamik xarakteristika Dinamik pasport Avtomobilning tezlanish Tezlanish grafigi Tezlikni oshirishga ketgan vaqt Bosib o‘tilgan yo‘l. Avtomobilga ta’sir qiluvchi kuch va momentlar. Avtomobilning xarakat qonunini ifodalash uchun, harakat vaqtida ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash uchun zarur. Ta’sir etuvchi asosan uch gruppaga bo‘lish mumkin: Avtomobil harakatiga qarshilik kuchlari Reaktiv kuchlar Avtomobilni harakatlantiruvchi kuchlar Rasmda avtomobilga umumiy holatda ta’sir qilayotgan kuch va momentlar sxemasi ko‘rsatilgan: Bu erda: - avtomobilning umumiy og‘irligi, H - tashkil etuvchi kuch ,-oldingi va orqa o‘qlardagi normal reaksiya kuchlari a, v – og‘irlik markazining koordinatlari -avtombilning bazasi. Avtomobilning harakatiga qarshilik kuchlariga quyidagilar kiradi: - balandlikka ko‘tarilishidagi qarshilik kuchi (shaklda) - havoning qarshilik kuchi - tezlanishga qarshilik kuchi (inersiya kuchi) , - oldingi va ketingi g‘ishldiraklarning inersiya momentlari 1-расм. Автомобилга таъсир қилувчи куч ва моментлар схемаси. - oldingi va orqa g‘ildiraklardagi o‘rinli kuch. Avtomobil harakatlanishi uchun, unga ta’sir qilayotgan kuchlarni enga olishi kerak. Buning uchun etaklovchi g‘ildiraklarda tortish kuchi bo‘lishi lozim, bu kuch esa quyidagicha hosil bo‘ladi: Dvigateldan uzatilgan burovchi moment ilashish muftasi orqali uzatmalar qutisiga etkazib beriladi va burovchi moment kuchaytirilgan holda kardan uzatma orqali asosiy uzatmaga uzatiladi. Asosiy uzatmada burovchi moment yana oshirilib differensial korpusiga etkaziladi va yarim o‘qlar orqali etaklovchi g‘ildirakka burovchi moment etkazib beriladi. Etaklovchi g‘ildirak burovchi ta’sirida majburan aylana boshlaydi, lekin ilgarilama harakat sodir bo‘lishi uchun, avtomobilga nisbatan qo‘zg‘almas tayanch yuza kerak, bu esa erdir. SHuning uchun g‘ildirak bilan er orasida urinma kuch hosil bo‘ladi. YA’ni avtomobil erni orqaga itaradi. Nьyutonning uchinchi qonuniga muvofiq er ham hosil bo‘lgan urinma kuchga teng, faqat qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan aks ta’sir kuchi paydo bo‘ladi.
bu erda: - etaklovchi g‘ildirakdagi urinma kuch - reaktiv kuch
Tortish kuchi deb – etaklovchi g‘ildirakka olib kelingan burovchi momentni , shu g‘ildirakning g‘ildirash radiusiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. (1) (1) formula, tekis o‘zgarmas tezlikda etaklovchi g‘ildiraklarga olib kelingan tortish kuchidir. Ma’lumki avtomobil doim bir xil tezlikda harakatlanmaydi. Ular telanish yoki sekinlanish bilan harakat qiladi. Bu xol esa inersion momentlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Inersion momentlar dvigatel burovchi momenti va g‘ildirak etakchi momentlarining miqdoriga ta’sir etadi. Inersion moment dvigatel tirsakli valining burchak tezligini vaqt birligi ichida o‘zgartirishga , aloxida olingan transmissiya detallarining burchak tezliklarini vaqt birligi ichida o‘zgarishiga olib keladi. U holda tortish kuchi quyidagicha aniqlanadi:
bu erda: -maxovikning inersiya momenti -g‘ildirakning inersiya momenti.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling