3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari


Avtomobilning tormozlanish xususiyati


Download 0.81 Mb.
bet6/10
Sana03.11.2020
Hajmi0.81 Mb.
#140083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-МАВЗУ (КИСМ)


Avtomobilning tormozlanish xususiyati

Tormozlash bu shunday jarayonni yaratishni, harakat paytidagi qarshilikni sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida, avtomobilning tezligini kamaytirish yoki yo‘lga nisbatan qo‘zg‘altiriladigan ushlab turishdir.

Uni baxolovchi parametrlar:

a) barqarorlashgan sekinlashish (o‘zgarmas kuch ta’sirida)

b) tormoz yo‘li

Effektiv tormozlanish sharti

Tormozlanish davrida avtomobilning oldingi va ketingi g‘ildiraklariga ta’sir qiluvchi urinma reaksiyalarni aniqlash uchun unga ta’sir etuvchi kuchlarni ko‘rib chiqamiz. Avtomobilni tormozlash uni dvigateldan ajratgan holda, ya’ni faqat tormoz sistemasi yordamida amalga oshirilsa, bo‘ladi.

Tormozlanish davrida avtomobilning tezligi va burchagi uncha katta bo‘lmaganligi uchun hamda deb qabul qilamiz. Avtomobil tormozlanayotgan vaqtda harakat tenglamasining umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

Tormozlovchi kuchning tormozlanish jarayonida ortishi natijasida urinma reaksiyaning qiymati ham oshadi va uning maksimal qiymatga erishishi tishlashish kuchi ga tenglashguncha davom etadi, ya’ni



Urinma reaksiyaning asosiy qiymati tormozlovchi kuch dan iboratliga va bo‘lganligi uchun tengsizlikni quyidagicha yozish mumkin:



Bu tengsizlik avtomobilning effektiv tormozlanish shartidir. Agar bo‘lsa, shina bilan yo‘l o‘rtasida tishlashish bo‘yicha zapas bo‘ladi, bunda avtomobilning tormozlanishi jarayonidagi harakati turg‘un; g‘ildiraklar blokirovka* qilinmagan; bo‘lsa, shina bilan yo‘l o‘rtasidagi tishlashish bo‘yicha zapasdan to‘la foydalanilgan bo‘ladi, bunda g‘ildiraklar blokirovka qilinish chegarasida, avtomobilning harakati esa noto‘g‘ri; bo‘lsa, g‘ildiraklar blokirovka qilingan va faqat sirpanib harakat qiladi, avtomobilning harakati noto‘g‘ri bo‘ladi.



Tormozlovchi kuchning o‘qlar o‘rtasida taqsimlanishi

Dvigatel tranmissiyasidan ajratilgan holda harakatlanayotgan avtomobilga ta’sir qiluvchi kuchlar sxemasidan foydalanib, tormozlovchi kuchning o‘qlar o‘rtasida taqsimlanishini ko‘rib chiqamiz. Yo‘l gorizontal, qarshilik kuchlari P P P hisobga olmaslik darajada kichik, g‘ildiraklarning inersiya momentlari nolga teng deb faraz qilamiz. Tormozlanish davrida tishlashish koeffitsienti to‘la ishlatiladi.



SHartli ravishda P=P deb qabul qilamiz, chunki tishlashish koeffitsienti to‘la ishlatilganda X X=P yoki P+P=P deyish mumkin. Ta’sir etuvchi kuch va reaksiyalarning B nuqtaga nisbatan muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi.







Bunda va

Ko‘rinib turibdiki, toriozlanish vaqtida yo‘lning vertikal reaksiyalari qayta taqsimlanib oldingi o‘qdagi reksiya ortadi, ketingisida esa kamayadi. Harakatsiz turgan avtomobil uchun o‘qlardagi tormozlanish kuchlari bo‘ladi:

Harakatdagi avtomobil uchun:

Avtomobil tormozlanayotganida reaksiyalar qayta taqsimlanganligi sababli tormozlovchi kuchlar o‘z qiymatinin o‘zgartiradi, ya’ni qayta taqsimlanadi va tormozlash kuchining qayta taqsimlanish koeffitsientlari bilan aniqlanadi.

Ketingi o‘q uchun

Oldingi o‘q uchun Z



Tormozlash kuchining qayta taqsimlanish koeffitsienti qiymatlari avtomobilning konstruktiv parametrlariga bog‘liq:





Tormozlanish jarayonini tadqiq etish

Tormozlanish jarayonini tadqiq etish uchun “yo‘l-vaqt-tezlik”ni ko‘rsatuvchi asbobdan foydalanib, tormozlanish vaqtidagi tezlikning (1 egri chiziq) va sekinlanishning (2 egri chiziq) ossillogrammalarini (1-rasm) ko‘rib chiqamiz. Avtomobilning qarshisida to‘siq paydo bo‘lish paydi SS chizig‘i bilan belgilanadi.

Ossillogrammani tadqiq oson bo‘lishi uchun tezlik va sekinlanishning o‘zgarishini grafik shaklda tasvirlaymiz. Bu grafikda:

haydovchi to‘siqni ko‘rib, tormozlash zarurligi haqida qaror qabul qilguncha ketgan vaqt, ya’ni haydovchining reaksiyasi uchun zarur bo‘lgan vaqt;



tormoz yuritmasidagi ish suyuqligi (yoki havo) inersiyasini hamda lyuftlarni yo‘qotish uchun ketgan vaqt, gidravlik yuritma uchun pnevmatik yuritma uchun avtopoezd tormozining yuritmasi uchun s;

tormozlovchi kuchning (nuqta) gacha o‘sishi uchun zarur bo‘lgan vaqt,

tormozlanish uchun ketgan vaqt;



avtomobil to‘xtagandan so‘ng, sistemada bosim nolgacha kamayishi uchun ketgan vaqt;

Xaydovchining reaksiyasi uning sog‘ligiga, asabiga va boshqalarga bog‘liq. Ayniqsa, spirtli ichimlik iste’mol qilgan haydovchining reaksiya vaqti katta qiymatga ega bo‘ladi, natijada harakat xavfsizligi ta’minlanmaydi. Vaqt xam xaydovchining reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum intervalda o‘zgaradi. Tormoz yuritmasidagi lyuftlarni yo‘qotish uchun ketgan vaqt suyuqlik siqilmaganligi va havoning siqilishi mumkinligi sababli gidravlik yuritma uchun kam, pnevmatik yuritma uchun esa, katta qiymatga ega. Avtopoezdning umumiy uzunligi katta bo‘lganligidan pnevmatik yuritmaning ishlashi uchun ko‘p vaqt ketadi. Vaqt haydovchi avtomobilni boshqarishining individual uslubi va tormozlash vaqtidagi sharoitiga bog‘liq. Avtomobilni tormozlashga ketgan vaqt g‘ildiraklar blokirovka qilingan daqiqadan avtomobil to‘xtaguncha o‘tgan vaqt bilan o‘lchanadi. Blokirovka qilingan g‘ildirak yo‘lda faqat sirpanib harakatlanadi va shuning uchun ham qora iz qoldiradi. Vaqtning yo‘lning umumiy qarshilik koeffitsienti bilan bog‘liq faktorlar (yo‘lning tipi, ob-havo sharoiti va x.k.)ga, avtomobil massasiga va boshqalarga bog‘liq. Bundan tashqari harakat xavfsizligi va effektiv tormozlanish masalalarini xal etishda avtomobil butunlay to‘xtashi uchun ketgan vaqt va kabi parametlar ishlatiladi. Bunda - xaydovchi to‘siqni ko‘rgandan avtomobilni to‘xtaguncha ketgan vaqt, s; - xaydovchi to‘siqni ko‘rgandan avtomobilni to‘xtaguncha o‘tilgan masofa, m.

Bu qiymatlar quyidagicha ifodalanadi:



Bu erda vaqtlarda o‘tilgan masofalar. Parametrlarni aniqlash qiyin bo‘lgani uchun quyidagi empirik formuladan foydalanish tavsiya etiladi:



Bu erda tormozlanish boshlanishidagi avtomobilning tezligi, km/soat. DANning texnikaviy xujjatlarida va larning qiymatlari qayd qilingan va ular avtomobilning effektiv tormozlanishini ko‘rsatuvchi faktor hisoblanadi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling