3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari


Avtomobilni dvigatel transmissiyadan ajratilmagan


Download 0.81 Mb.
bet8/10
Sana03.11.2020
Hajmi0.81 Mb.
#140083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-МАВЗУ (КИСМ)


Avtomobilni dvigatel transmissiyadan ajratilmagan

holda tormozlash

Avtomobilni tormozlash uchun ba’zan dvigatel tirsakli valining majburiy aylantirilishi natijasida hosil bo‘ladigan qarshilikdan ham foydalaniladi. Bunda avtomobil asosiy tormozlash mexanizmi yordamida va dvigatelda hosil bo‘lgan ishqalanish kuchi hisobiga to‘xtatiladi. Avtomobilni dvigatel transmissiyadan ajratilmagan holda tormozlansa, haydovchi drasselь pedalidan oyog‘ini olib, tormoz pedaliga bosadi. Agar avtomobil tormozlanmasdan oldin dvigatelning tirsakli vali etakchi g‘ildirakni aylantirsa, drosselь-zaslonka yopiqligi sababli tirsakli valning aylanish soni kamayib, katta tezlikda aylanayotgan etakchi g‘ildirak transmissiya orqali tirsakli valni aylantiradi. Dvigatelda vujudga kelgan ishqalanish hisobiga qo‘shimcha tormozlanish kuchi hosil bo‘ladi. Tormozlashning bu usulidan avtomobil qanday tezlik bilan harakatlanayotganda foydalanish qulay ekanligini ko‘rib chiqaylik. Buning uchun dvigatel transmissiyadan ajratilgan va ajratilmagan xollarda avtomobilni tormozlashning sekinlanish miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqish zarur.

Tormozlanish balansi tenglamasi va dvigatel transmissiyadan ajratilgan xol uchun deb, uni ga nisbatan echamiz:

(3)

dvigatel transmissiyadan ajratilgandaga aylanma harakatlanuvchi massalar ta’siri koeffitsienti.

Avtomobilni avtomobil transmissiyasidan ajratilmagan holda tormozlansa, tormozlanish balansi tenglamasidan sekinlanish miqdori quyidagicha aniqlanadi:

(4)

dvigatel transmissiyadan ajratilmaganda aylanma harakatlanuvchan massalar ta’siri koeffitsienti.

(3), (4) tenglamalarni bir avtomobil uchun ularga aniq qiymatlarini qo‘yib echsak, - rasmdagi grafik hosil bo‘ladi. Grafikdagi tutash chiziq dvigatel transmissiyadan ajratilgan, shtrix chiziq ajratilmagan xol uchun aniqlangan.



Ekspluatatsiya vaqtida uchraydigan faktorlarning

tormozlanish dinamikasiga ta’siri

Avtomobil tormozlanish sistemasining ishdan chiqishi yoki qoniqarsiz holatda bo‘lishi yo‘l transport hodisasiga olib kelishi mumkin. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inson faoliyatiga zarar etkazadigan va katta moddiy yo‘qotishlarga olib keladigan yo‘l transport hodisalarining 15% ga yaqini tormozlanish sistemasining qoniqarsiz ishlashidan kelib chiqadi.

Tormozlanish protsessi tormoz barabani bilan kolodka ustkuymasining bir-biriga ishqalanishi natijasida hosil bo‘ladigan tormozlash kuchi hisobiga sodir bo‘ladi. Ishqalanish natijasida kolodka ustkuymasi eyilib, tormoz barabani bilan ustkuyma o‘rtasidagi zazor kattalashadi va natijada tormozlash effekti kamayadi.

Adabiyotlar:



  1. Qodirov S.M. Qodirxonov M.O. Dvigatel va avtomobillar nazariyasi.

  2. Litvinov A.S. i dr. Avtomobilь Teoriya ekspluatatsionnыx svoystv avtomobilya. Moskva, Mashinostroenie, 1989 g.(str. 66-85)

  3. Ilarionov V.A. i dr. teoriya i konstruksiya avtomobilya. Moskva, Mashinostroenie, 1979 g. (80-89).

Mavzu 2.3. Transport vositalarining yonilg‘i tejamkorlik xususiyati

“Transport vositalarining yonilg‘i tejamkorlik xususiyati” mavzusi bo‘yicha tayanch so‘zlar:



  1. YOnilg‘il tejamkorligi

  2. Bir soatda sarflangan yonilg‘i

  3. 100 km yo‘lni o‘tishga sarflangan yonilg‘i

  4. Yo‘l birligiga sarflangan yonilg‘i

  5. Bajarilgan transport ishiga sarflangan yonig‘i

  6. 1 hajm birligi

  7. YOnilg‘i tejamkorlik xarakteristikasi

  8. Sinash usuli

  9. Solishtirish ko‘rsatkichlar

  10. Hisoblash usuli

  11. SHlippe usuli

  12. CHiziqli sarflash normasi

  13. Solishtirma sarflash normasi

  14. Dizel dvigatellarining yonilg‘i tejamkorligi

  15. Dvigatel quvvatining ishlatish darajasi

  16. Yo‘lning qarshiligi

  17. Avtomobil massasi

  18. Haydovchining mahorati

  19. Ta’minlash tizimi

  20. Sovitish tizimi

Transport vositalarining yonilg‘i tejamkorlik xususiyati

Avtomobilning yonilg‘i tejamkorligi ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari

YOnilg‘i tejamkorligi – avtomobilning har xil yo‘l sharoitida yonilg‘ini minimal sarflab transport ishini bajarishidir.

Avtomobilni harakatlantirish uchun zarur bo‘ladigan yonilg‘ining qiymati yuk tashishdagi barcha xarajatlarning 10 ... 15 % ini tashkil qiladi, shuning uchun yonilg‘idan unumli foydalanish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik zarur. YOnilg‘i sarfi avtomobilning konstruksiyasi va texnikaviy holatiga, yo‘l va iqlim sharoitiga, haydovchining mahoratiga, yuk tashishni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq.

YOnilg‘i tejamkorligi ko‘rsatkichlarining bir qismi avtomobilning texnikaviy holatiga, ikkinchi qismi esa, yuk tashish protsessini tashkil qilishga bog‘liq. YOnilg‘i tejamkorligi ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:



  1. Bir soatda sarflangan yonilg‘i:

Bu erda: soatiga sarflanadigan yonilg‘i, kg/soat



yonilg‘ining solishtirma sarfi,

  1. 100 km yo‘lni o‘tishga sarflangan yonilg‘i:

Bu erda harakat sharoitidagi o‘rtacha tezlik, km/soat.



  1. Yo‘l birligiga sarflangan yonilg‘i

  2. Bajarilgan transport ishiga sarflangan yonilg‘i

Bu erda: transport ishini bajarish uchun ketgan vaqt davomida sarflangan yonilg‘i, kg;

A – bajarilgan transport ishi.

YOnilg‘i tejamkorlik xarakteristikasi

Turli yo‘l sharoitlarida (ya’ni o‘zgarganda) soatiga sarflangan yonilg‘i miqdori bilan tezlik orasidagi bog‘lanish grafigi yonilg‘i tejamkorligi xarakteristikasi deyiladi. Bu grafikni akademik E.A.CHudakov tavsiya etgan. YOqilg‘i tejamkorligi grafigini qurish uchun avtomobil maxsus priborlar bilan jihozlanadi va yo‘l sharoitidagi sinovdan o‘tkaziladi.





Avtomobilda yonilg‘i sarflash normalari

YOnilg‘i sarflashning ikki xil normasi bor: chiziqli va solishtirma sarflash normasi .

YOnlg‘i sarflashning chiziqli normasi, asosan, yonilg‘i priborlarining, dvigatel va umuman, avtomobilning texnikaviy holatiga bog‘liq. Solishtirma norma esa transport ishini bajarishga sarflangan xaqiqiy yonlig‘i miqdorini aks ettiradi.

YOnilg‘i sarflashning chiziqli normasini aniqlash uchun A.M.SHeynin quyidagi formulani taklif etgan:



Bu erda: dvigatelda hosil qilingan energiyaning ichki qarshiliklarni engish uchun sarflangan yonilg‘i, l/100 km;

1 km yo‘lning umumiy qarshiligi P va havo qarshiligi yig‘indisini engish uchun sarflangan yonilg‘i, l/100

YOnilg‘i sarflashning solishtirma normasini bir necha yilgi statistik raqamlar asosida qabul qilish to‘g‘ri emas. Hozir sarflashning solishtirma normalari hisoblash usuli bilan aniqlanadi. Bu usul avtopark strukturasini, yuk tashish hajmini, avtomobilning umumiy yurgan yo‘lini, yonilg‘i sarflashning chiziqli normasi, yuk ko‘tarish qobiliyati koeffitsientini hisobga oladi. YOnilg‘i sarflashning solishtirma normasi qo‘shimcha sarflar hisobga olinmaganda quyidagicha aniqlanadi:



Bu erda: w – yuk tashish oboroti, mln.t.km, pass.Km;

o‘rtacha yuk ko‘tarish qobiliyati, t;

S – avtomobillar o‘tgan umumiy masofa, ;

yonilg‘ining zichligi;

barcha avtomobil va avtopoezdlar uchun (ularning foydali ish koeffitsienti 50% bo‘lganda) o‘tilgan masofaga mos keladigan o‘rtacha yonilg‘i sarflash normasi;

b – 100 t.km ish bajarish uchun yonilg‘i sarflash normasi, karbyuratorli dvigatellar uchun b=2 l, dizellar uchun b=1,3 l;

yoqilg‘ining haqiqiy sarflangan miqdori, t;

z – foydali ish koeffitsienti;

avtomobilning yo‘lga chiqish koeffitsienti;

avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti.

YOnilg‘ining umumiy qo‘shimcha sarfi D quyidagicha aniqlanadi:



YOnilg‘ining norma bo‘yicha sarflanadigan umumiy miqdori esa quyidagicha aniqlanadi:



Sarflanadigan moyning miqdori yonilg‘i miqdoridan protsent hisobida olinadi.



Konstruktiv va ekspluatatsion omillarning yonilg‘i tejamkorligiga ta’siri

YOnilg‘i tejamkorligiga ta’sir qiluvchi asosiy konstruktiv omillardan biri dvigatelning turi va konstruksiyasidir. YOnilg‘i tejamkorlikni kamaytirishning asosiy yo‘llaridan bir dizel dvigatellarini qo‘llash.

Dizelning yonilg‘i tejamkorligi bo‘yicha yaxshi tomoni shundan iboratki, uning solishtirma yonilg‘i sarfi kichik bo‘lib, dvigatel quvvatining ishlatish darajasiga etarli bog‘liq emas. Masalan: dvigatel quvvatining ishlatish darajasini 100% dan 10% ga kamaytirsak, karbyurator dvigatellarda solishtirma yonilg‘i sarfi 3 marta ko‘payadi, dezelda esa faqat 30% ga ko‘payadi. Agar karbyuratorli dvigatel o‘rniga dizel dvigatellari qo‘yilsa yonilg‘i tejamkorligi engil avtomobillarda 25-30%, yuk avtomobillarida esa 30-40 % ga kamaytirish mumkin.

YOnilg‘i tejamkorligi dvigatel quvvatining ishlatish darajasiga bog‘liq.







bundan ko‘rinib turibdiki,



Solishtirma yonilg‘i sarfi



Yo‘lning qarshiligi avtomobil massasiga proporsional. SHuning uchun avtomobil massasining ortib borishi, yonilg‘i tejamkorligini ko‘paytiradi.

Adabiyotlar:


  1. S.M.Qodirov, M.O.Qodirxonov. Dvigatel va avtomobillar nazariyasi. O‘qituvchi 1981 (248-253 betlar)

  2. A.S.Litvinov, YA.E. Farobin. Avtmobilь. Teoriya ekspluatatsionnыx svoystv. Moskva, Mashinostroeniya, 1989. (str. 87 …105)

  3. V.A.Ilarionov i dr. Teoriya avtomobilya Moskva, 1960 (str. 80 … 95)

Mavzu 2.4. Transport vositalarining boshqaruvchanlik xususiyati

“Transport vositalarining boshqaruvchanlik xususiyatlari”

mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar.


  1. Boshqaruvchanlik

  2. Boshqaruvchanlik sharti

  3. Boshqariluvchi g‘ildirakka ta’sir qiluvchi kuchlar

  4. Kritik tezlik

  5. Avtomobil yaxshi boshqaruvchanlikka ega bo‘lishi uchun ...

  6. SHinaning yonaki surilishi

  7. YOnaki surilish koeffitsienti

  8. Buriluvchanlik

  9. Neytral buriluvchanlik

  10. CHala buriluvchanlik

  11. Ortiqcha buriluvchanlik

  12. orasidagi bog‘lanish



Avtmobilning boshqaruvchanlik xususiyati

Avtomobilning boshqaruvchanlik o‘lchamlari

Haydovchi boshqarayotgan avtomobilning berilgan harakat yo‘nalishini eng kam o‘zgartirib yurishi va haydovchi hoxishi bilan boshqaruvchi organlar o‘z vaziyatini o‘zgartirganda, avtomobil troektoriyasining o‘zgarishi boshqaruvchanlik deb ataladi.

Avtomobil yaxshi boshqaruvchanlikka ega bo‘lishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi zarur.


  1. Avtomobil burilish davrida boshqariluvchi oldingi g‘ildiraklari yongm sirpanmasdan harakatlanishi kerak;

  2. Rulь yuritmasi boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilish burchaklari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanishni amalga oshirishi lozim;

  3. Osma yo‘naltiruvchi elementali o‘lchami va unga o‘rnatilgan shinaning elastiklik xarakteristikasi shunday bo‘lishi kerakki, o‘qlarning yonaki sirpanish burchagi ma’lum nisbatda bo‘lsin;

  4. Boshqariluvchi g‘ildiraklarning turg‘unligi yaxshi bo‘lishi va ularning ixtiyoriy tebranishi bo‘lmasligi kerak;

  5. Haydovchiga yo‘ldan g‘ildirakka ta’sir qiluvchi kuchning miqdori va yo‘nalishidan xabar beruvchi teskari bog‘lanish rul boshqarmasida mavjud bo‘lishi kerak.

Boshqariluvchanlikning asosiy sharti

Bu masalani xal etish uchun g‘ildiraklari qattiq deb faraz qilingan avtomobilning burilish sxemasini chizib, undan oldingi g‘ildiraklari burchakka burilganda ta’sir qiluvchi kuchlarni taxlil qilamiz. Ketingi etakchi o‘qning ta’sirida har bir boshqariluvchi g‘ildirakka itaruvchi kuch R ta’sir etadi. Bu kuchning o‘qning o‘rtasida (A nuqtada) qo‘yilgan deb faraz qilib, ikkita tashkil etuvchiga ajratamiz: g‘ildirak aylanish tekisligiga parallel va perpendikulyar . Agar avtombilni tekis harakatda deb faraz qilsak, g‘ildirak harakatiga qarshilik kuchi engishga sarflanadi, ya’ni

Ma’lumki,

bu erda oldingi o‘qning chap va o‘ng g‘ildiragi harakatiga qarshilik kuchlari



yonaki ta’sir etuvchi kuch (markazdan qochma kuchni hisobga olmaganda) oldingi o‘qni yon tomonga sirpanishga majbur etadi, unga qarama qarshi yo‘nalishda esa tishlashish kuchi ta’sir etadi.

Ma’lumki,



bu erda oldingi o‘qning chap va o‘ng g‘ildiragiga yonaki ta’sir etuvchi kuchlar.



Oldingi o‘qning boshqarilish shartini quyidagicha yozish mumkin:







Bu tengsizlik qiymatlarini o‘rniga qo‘yamiz:



bundan esa:



Hosil bo‘lgan tengsizlik avtomobilning boshqariluvchanligini aniqlovchi shart bo‘lib, uning yonaki sirpanmasdan harakatlanishini ifodalaydi.

Avtomobil qing‘ir troektoriya bo‘ylab harakatlanganda oldingi o‘qqa markazdan qochma kuchning bir qismi ta’sir etadi:

Ko‘rinib turibdiki kuch tezlikning kvadratiga bog‘liq, shuning uchun g‘ildiraklarning yonaki sirpanishi bilan bog‘ilq bo‘lgan boshqariluvchanlik bo‘yicha kritik tezlikni aniqlash zarur.

Avtomobil burilganda uning boshqariluvchi g‘ildiraklari yonaki sirpanmasidan harakatlanishi avtomobilning boshqariluvchanligi bo‘yicha kritik tezligi deb ataladi.

Oldingi o‘qqa ta’sir etuvchi jami kuch:



bo‘lsa,

G‘ildiraklar yonaki sirpanmasdan harakat qilishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak:



Bu tengsizlik qiymatlari o‘rniga qo‘yilib, ga nisbatan echilsa:



Kritik tezlik oldingi g‘ildirakning burilish burchagi ortishi bilan kamayadi. Avtmobil qancha katta burchak bilan burilsa, uning tezligi shunchalik kam bo‘lishi kerak. Avtmomobilning boshqaruvchanligi va koeffitsientlarning qiymatlari ham ta’sir etadi. Qattiq qoplamali yo‘llarda bo‘lgani uchun radiusda burilishda ham avtomobil boshqariluvchanlikka ega. Agar bo‘lsa, ildiz tagidagi son manfiy bo‘lib, avtomobil boshqariluvchanligini to‘la yo‘qotadi.



SHinaning yonaki surilishi va avtomobilning buriluvchanligi

SHinaning yonaki surilish effektini 1925 yilda birinchi bo‘lib, G.Brulьe aniqlagan. Elastik shinaga yonaki kuch ta’sir etganda yonaki surilish tufayli avtmobilning harakat yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin. Avtomobilning tezligi oshganda yonaki surilishning harakat troektoriyasiga ta’siri kuchayadi. SHinaning yonaki surilish qonunlarini o‘rganish avtomobil turg‘unligi va boshqriluvchanligi kabi ekspluatatsin xususiyatlarni yaxshilaydi. Elastik shinaga ega g‘ildirakning harakatini ko‘rib chiqaylik.

Birinchi holda g‘ildirakka faqat og‘irlik kuchi G ta’sir etsin. SHina aylanasi bo‘yicha A, V, S, D, E nuqtalarni belgilaymiz va g‘ildirakni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlantiramiz. SHina kontakt yuzasi ko‘rsatilgan. SHu g‘ildirakka qo‘shimcha yonaki R kuch ta’sir etganda harakatlansa, A, V, S, D, E nuqtalar A, V, S, D, E xolni egallaydi. SHina esa oldingi yo‘nalishga burchak ostida to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi, kontakt yuzasi ham burchakka burilib o‘z shaklini o‘zgartiradi. (rasm-5)

YUqoridagi harakat xolati yonaki ta’sir etuvchi kuchdan vujudga keladi. Hosil bo‘lgan burchak g‘ildirakning yonaki surilish burchagi deyiladi.

G‘ildirakning yonaki surilish bilan harakat qilishiga ta’sir etuvchi faktorni ko‘rib chiqaylik. YOnaki surilish burchagi va yonaki ta’sir etuvchi kuch R o‘rtasidagi bog‘lanish grafigi ko‘rsatilgan. OA uchastkada va o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bo‘lib to‘g‘ri chiziq koordinata boshi O dan o‘tadi. AV uchastkada shinaning qisman surilishi bilan ortadi va to‘g‘ri proporsional bog‘lanish buziladi. kuch shinaning yo‘l bilan tishlashish kuchi ga teng bo‘lganda, shina to‘la surilishga ega bo‘ladi va burchak cheksiz ortib boradi. (6-rasm)

OAVS chiziq tishlashish koeffitsienti uchun qurilgan bo‘lsin. Agar koeffitsientlar ga mos ravishda chiziqlar to‘g‘ri kelsa tishlashish koeffitsientining ortib borishi g‘ildirakning yonaki surilishiga bo‘lgan qarshilikni oshiradi. Grafikni to‘g‘ri chiziqli qismi uchun quyidagi tenglik o‘rinli:



yonaki surilishga qarshilik koeffitsienti bo‘lib, bir radian yonaki surilish burchagini olish uchun qancha yonaki kuch ta’sir etishi zarurligini bildiradi. Engil avtmobil shinalari uchun

YOnaki surilish burchaklari bir-biri bilan qanday bog‘lanishda va ular avtmobilning harakatiga qanday ta’sir etishi mumkin. YOnaki surilish burchaklari o‘rtasida munosabat 1 avtomobilning buriluvchanligi orqali aniqlanadi.

Avtomobilning yonaki surilish ta’sirida boshqariluvchi g‘ildiraklar o‘rni bilan belgilangan troektoriyadan chetga burilishi buriluvchanlik deb ataladi. Uning o‘lchamlari oldingi va ketingi yonaki surilish burchaklari o‘q o‘rtasidagi ayirmasiga teng:

Buriluvchanlik uch xil bo‘ladi: neytral, chala va ortiqcha.

Agar oldingi va ketingi o‘qlarning yonaki surilish burchagi teng, ya’ni bo‘lsa R=R va avtomobil neytral buriluvchanlikka ega. Lekin bu vaqtda shinasi elastik bo‘lmagan avtmobil bilan, neytral buriluvchanlikka ega avtomobil troektoriyasi bir xil emas, chunki ikkala holda aylanish markazi 0,01 turlicha.

To‘g‘ri chiziqli harakatda ham ikkala hol uchun troektoriya turlicha bo‘ladi. Agar elastik bo‘lmagan shinali avtomobil to‘g‘ri chiziqli harakatda bo‘lsa, u yonaki kuch ta’sirida surilish boshlanguncha to‘g‘ri chiziqli harakatni davom ettiradi. Agar avtomobil neytral buriluvchanlikka ega bo‘lsa, yonaki surilish ta’sirida oldingi troektoriyaga burchak ostida VV chiziq bo‘ylab to‘g‘ri chiziqli harakat qilaveradi. Harakat berilgan AA yo‘nalish bo‘yicha davom etishi uchun haydovchi avtomobilni teskar tomonga, bo‘ylama o‘q AA bilan burchak hosil qilguncha buradi.

Agar, ya’ni R>R bo‘lsa, avtomobil chala buriluvchanlikka ega buladi, ya’ni elastik bo‘lmagan shinali avtomobil troetoriyasi bo‘ylab yurishi uchun oldingi g‘ildiraklari kamroq burchakka burilishi kerak.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling