3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari


Avtomobilning tortish xarakteristikasi


Download 0.81 Mb.
bet2/10
Sana03.11.2020
Hajmi0.81 Mb.
#140083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-МАВЗУ (КИСМ)


Avtomobilning tortish xarakteristikasi

Tortish kuchini tezlikka bog‘lab, har bir uzatma uchun qurilgan grafik avtomobilning tortish xarakteristikasi deyiladi, ya’ni



Bu grafikni qurish uchun tezlik formulasidan



va dvigatelning xarakteristika grafigidan foydalaniladi.

Bu grafik orqali, tortish kuchining maksimal qiymatini tezlik oshib borishi bilan, tortish kuchining kamayib borishi va avtomobil maksimal tezlikni erishgan paytda minimal qiymatga ega bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.

Bu grafikda tortish kuchi xali hech qanday qarshiliklarga sarf bo‘lmagan. Drosselь kopqog‘i to‘liq ochilgan.



Qarshilik kuchlari

1. Balandlikka chiqishga qarshilik kuchi -



Balandlikka chiquvchi avtomobilning og‘irligi ikki tashkil etuvchiga ajraladi, ya’ni yo‘lga parallel va perpendikulyar

Avtomobil balandlikka chiqayotgan kuch avtomobil harakatiga qarshilik ko‘rsatuvchi, pastga tushayotganda esa uni ilgariga itaruvchi kuch bo‘ladi.

Demak, burchak avtomobil balandlikka harakatlanganda musbat, pastlikka harakatlanganda esa manfiy deb qabul qilinadi. Avtomobilning balandlikka chiqishga qarshilik kuchini engishga sarflangan quvvatini bilan belgilaymiz:

[kVt]

G‘ildirashga qarshilik kuchi

G‘ildirak bu dvijatel bo‘lib avtomobilni tashqi muhit bilan bog‘laydi. G‘ildirak orqali kuch uzatilib avtomobilni erda ushlab turadi va harakatlantiradi. SHu bilan birga harakat yuklanishini o‘zgartiradi.

G‘ildirakning 3-xil g‘ildirash holatini ko‘rib chiqamiz:


  1. Elastik g‘ildirak, deformatsiyalanmaydigan yo‘lda g‘ildiraydi.

  2. Elastik g‘ildirak deformatsiyalanadigan yo‘lda g‘ildiraydi.

  3. Qattiq g‘ildirak deformatsiyalanadigan yo‘lda g‘ildiraydi.

Ko‘rilayotgan masalani soddalashtirish uchun elastik g‘ildirak, defformatsiyalanmaydigan yo‘lda harakat qiladi deb hisoblaymiz.

G‘ildirak aylanib harakat qilganda, uning elastik shinasi deformatsiyalanib, yo‘lning ma’lum yuzasiga ta’sir qiladi. Yo‘l esa aks ta’sir ko‘rsatib, elementar kuchlar bilan qarshilik ko‘rsatadi. Kontakt yuzasidagi elementar kuchlarning teng ta’sir etuvchisi, yo‘lning g‘ildirakka reaksiyasi bilan belgilanadi. SHunday qilib, yo‘l g‘ildirakning harakatiga qarshilik ko‘rsatadi.



Bu qarshilik shinaning yo‘lda g‘ildirash chisterezisiga, g‘ildirak izini hosil qilishga, shinaning yo‘lga ishqalanishiga, g‘ildirak gupchagidagi podshipniklar qarshiligi va g‘ildirakning aylanishiga, havoning qarshiligini engishga sarflangan energiyadir.

a) SHinaning deformatsiyalanishi natijasida hosil bo‘lgan reaksiya g‘ildirak simmetriya o‘qi bo‘ylab

ga qarama qarshi yo‘naladi.

b) Agar g‘ildirak og‘irlik kuchi va itaruvchi kuch P ta’sirida harakat qilsa, elementar reaksiyalarning teng ta’sir etuvchisi , simmetriya o‘qidan “a” masofaga harakat yo‘nalishi bo‘ylab siljiydi.



G‘ildirakka ta’sir qiluvchi kuchlarning 0 nuqtaga nisbatan muvozanatlik sharti bo‘yicha:

bundan

Bunda aylanma ilgarilama harakatga qarshilik koeffitsienti deyiladi.

G‘ildirashga qarshilik kuchi hamma g‘ildiraklarda teng desak, u holda:



Yo‘lning umumiy qarshilik kuchi

G‘ildirakning gorizontal yo‘lda va balandlikka chiqishdagi g‘ildirashga qarshiligi birgalikda yo‘lning holati, turi va qiyaligini ifodalaydi. Bu qarshilik kuchlari yig‘indisi yo‘lning umumiy qarshilik kuchi tashkil etadi.



Bu erda: bo‘lib, yo‘lning umumiy qarshilik koeffitsienti deb ataladi.



[N]

Yo‘lning umumiy qarshiligini engish uchun sarf bo‘ladigan quvvat



[kVt]

Havoning qarshilik kuchi avtomobilning har xil nuqtalariga tushganligi sababli uni aniq hisoblash qiyin. Ta’sir etuvchi elementar havo qarshilik kuchlarining teng ta’sir etuvchisi – avtomobilga havoning qarshilik kuchi - deb aytiladi. - kuch qo‘yilgan nuqtani elkanlik markazi deyiladi.



- havo qarshiligini engish koeffitsienti

- avtomobilning oldindan qaralgandagi yuzasi,

-avtomobilning tezligi,

Havo qarshiligini engish koeffitsienti K-1 tezlik bilan harakatlanuvchi avtomobilning yuzasiga ta’sir qilayotgan havoning qarshilik kuchi bilan aniqlanadi.

Engil avtomobil uchun:

YUk avtomobillar

Avtomobilning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar tekislikka tushirilgan proeksiyasining yuzasiga avtomobilning oldidan qaralganda yuzasi - deb ataladi.

YUk avtomobillar uchun:

[]

Engil avtomobillar uchun:



[]

havo qarshiligini engish omili deyiladi,

Havo qarshiligini engish uchun sarf bo‘ladigan quvvat:

Avtomobilning tezlanishga qarshilik kuchi (inersiya kuchi)

Avtomobil faqat ilgarilama harakat qiluvchi (kuzov, kabina, yuk) va aylanma harakatlanuvchi (g‘ildirak, maxovik, tirsakli val, shesternya va vallar) massalardan iborat bo‘lgani uchun uning o‘zgaruvchan harakatida hosil bo‘lgan inersiya kuchi

ilgarilama harakatlanuvchi massalarning inersiya kuchi.

aylanma harakatlanuvchi massalarning inersiya kuchi.

Ilgarilama harakatlanuvchi massaning inersiya kuchi:



Aylanib harakatlanuvchi massalar inersiya kuchini hisobga oluvchi koeffitsient kiritamiz. U holda inersiya kuchi:



- avtomobil tezlanish yoki sekinlanish bilan harakat qilayotganda sarflangan energiyani, uning hamma qismlari faqat ilgarilama harakat qiladi deb faraz qilingandagi energiyadan qancha katta (yoki kichik) ekanligini bildiradi.

Avtomobil tezlanish bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, uning etakchi g‘ildiragiga uzatilgan kuch, tekis harakat qilganda sarflangan kuchdan katta bo‘lishi kerak.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling