5 Tajriba ishi. Aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok matorining mexanik va tezlik xarakteristikasi
Download 151.49 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Tajriba ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
5 - Tajriba ishi. Aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok matorining mexanik va tezlik xarakteristikasi Aralash qo'zg'atishli motor xarakteristikalarini tajriba usulida olish sxemasi 5 - rasmda ko'rsatilgan. Tuzilgan sxemaning to'g'riligini o'qituvchi tekshirib ko'rgandan so'ng uni manbaga ulanadi. Aralash qo'zg'atishli motor uchun ham parallel qo'zg'atishli motorning ish planida ko'rsatilgan hamma tajribalar o'tkaziladi. 5 - rasm. Bu tajribalarni o'tkazishda parallel va ketma- ket qo'zg'atish chulg'amlari mos ulanadi. Aralash qo'zg'atishli motor qutblaridagi asosiy magnit oqimining katta qismi parallel, kichik qismi esa ketma-ket chulg'am tokidan hosil bo'ladi. Shu sababli +1 motor ish ko'rsatkichlarining o'zgarish qonuni parallel qo'zg'atishli motornikiga yaqin bo'ladi. Aralash qo'zg'atishli motorning tezlik xarakteristikasi uning faqat parallel chulg'ami ishtirokida olingan xarakteristikasidan yuqoriroqda o'tsa, u holda aralash qo'zg'atishli motorning qo'zg'atish chulg'amlari teskari ulangan bo'ladi. Bunda ketma-ket chulg'amdagi tok yo'nalishini o'zgartirib, chulg'amlarning mos ulanishi olinadi. Qo'zg'atish chulg'amlari teskari ulangan aralash qo'zg'atishli motorlar ham uchraydi. Bunday motorlarning ketma-ket chulg'ami amper o'ramlari yuklanishni nominalgacha ko'payishida tezlikni o'zgartirmay saqlashga hisoblanadi. Aralash qo'zg'atishli motorning aylanish yo'nalishini o'zgartirish maqsadida yakor yoki ikkala qo'zg'atish chulg'amlaridagi tok yo'nalishi o'zgartiriladi. Nazorat savollari 1. Aralash qo'zg'atishli va parallel qo'zg'atishli motorlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 2. Qo'zg'atish chulg'amlarining mos va teskari ulanishlari qanday aniqlanadi? 3. Qo'zg'atish chulg'amlari teskari ulangan motor qanday rejimda ishlaydi? 4. Aralash qo'zg'atishli motorning aylanish yo'nalishi qanday o'zgartiriladi? Download 151.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling