Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.93 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots
Monolog (gr.monos-bir va logos-so’z, nutq) badiiy asardagi qahramonning o’z-o’ziga yoki o’zgalarga qaratilgan nutqidir. Bu nutq, odatda, qahramonlarning ichki iztirob va dardlarining “po’rtanalari”, “to’lqinlari”ni ifoda qiladi. Lirik asarda monologning tashqi ko’rinishi (bunda lirik qahramon o’z nutqini ovoz chiqarib ifoda qiladi) yaqqol ko’zga tashlanadi, lirik qahramonning ichki tug’yonlarini ochish orqali uning xarakterini namoyon etadilar:
Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar, Bu ishq sirrin bayon qilsam, taqi ul xonumon o’rtar. Kishig’a ishq o’tidin zarraye yetsa bo’lur giryon, Bo’lur besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar. Meni bexonumon tinmay kuyub yondim firoqingda, Oting tutsam, nigoro debki, zavqidin zavon o’rtar. Qayu til birla, ey jono, seni vasfing bayon aylay, Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarim nihon o’rtar. Na qattig’ kun ekan, jono visolingdin judo bo’lmoq, Meni ohim tutunig’a zaminu osmon o’rtar. Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan, G’aming boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar. Bu Mashrab dardiki, jonoki, hyech kim boshig’a solma, Agar mahsharda oh ursam, behishti jovidon o’rtar.1 (Boborahim Mashrab) Ushbu g’azalni o’qir va (Murodjon Ahmedov ijrosidagi) ashulasini tinglar ekansan, beixtiyor Eduard Mejelaytisning “Tungi kapalaklar”idagi ushbu mulohazaga kelasan: “Faqat yurakdan sizib chiqqan, ustidan ruhning betakror jilolari qandaydir ilohiy yog’dudek miltillab turgan so’zlargina fusunkor, hayajonli bo’ladi, titrab turadi. So’zning poetik qudrati, so’zning mavjudligi uning musiqiyligidadir”. Mashrabdek katta Shaxsga xos katta Darddadir. Monologning ichki ko’rinishi(bunda personajlar o’z-o’zlari bilan ichdan gaplashadilar) epos va dramada ko’plab uchraydi. Ichki monologda qahramon qalbidagi yashirin o’ylarini, fikr-mulohazalarini kitobxon bilan baham ko’radi. Eposda bu kengroq, batafsilroq ifodalansa, dramada judayam keskin va dramatizmga boy shaklda voqye bo’ladi. Jumladan, Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanida Ali Qushchi Abdulatif oldidan boqqa chiqqanida uning qalbidan quyidagi o’y-saboqlar kechadi: “hayhoth Kim aytmish, bu noraso dunyoda haq va adolat yo’q debh Borh Kimki, bu dunyoda yomonlik qilsa – xoh shoh bo’sin, xoh gado jazosiz qilmaydih Insonga aql va shuur shu maqsadda berilgankim, bu teran haqiqatni tushunsinh Kimki bu haqiqaqga tushunmay, adolatsizlik yo’lini tutar ekan, oxiri voy bo’lishi muqarrarh.. Mana, shahzodah Toju taxt va shon-shavkat ishqida o’z padarini qatl qilishdan ham toymagan edi, allomalar sarvari yoqqan ilm mash’alini so’ndirib, Movarounnahrni zulmat qo’yniga tashlagan edi, oqibati ne bo’ldi? hah Bu foniy dunyoda ham haq va adolat bordur. Bundan mo’minlarga qatlu qirg’in keltirgan, mehr-shafqat o’rniga jabru jafo, ilmi ma’rifat o’rniga zulmat urug’ini sochgan hyech bir kimsa intiqomsiz qolmaydurh..” (“Ulug’bek xazinasi”, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994, 309-bet). Ko’rinadiki, monolog ham qahramon ruhiy dunyosini ochadi va o’z kashfi bilan asar mohiyatini chuqurlashtiradi, bosh maqsadni yoritishga, tirikligini ta’minlashga hissasini qo’shadi.
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling