Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.93 Mb.
bet70/130
Sana05.01.2022
Hajmi0.93 Mb.
#213777
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots

RITM (grekcha teng o’lchovlilik) borliqdagi barcha hodisa va holatlar tovlanishlarini ro’yobga chiqaruvchi, ularni izchillik bilan bir me’yorda takrorlanishini ta’minlovchi asosdir. Shuning uchun ham insonning yurak urishida ham, qorning yog’ishida ham, fasllar almashinuvida ham, raqqosaning o’yinida ham, taralayotgan kuyda ham ritm (zarb) bor. Bu – dunyoning yaratilish qonuniyati. U adabiyotga ham daxldordir, faqat she’riyatda ayricha xususiyat kasb etadi: musiqiylikni yaratuvchi asosiy elementlardan biriga aylanadi va “she’riy nutqning bosh alomati” (I. Sultonov), uning maftunkorligini ta’minlovchi vosita, nutqni “ziynatli nutq”qa (Aristotel) aylantiruvchi sanaladi.

“She’riy nutq ritmga, ritm she’riy nutqqa muayyan shakl, yaxlitlilik hadya qiladi. Ritm she’riy nutqni, har qanday oddiy fikrni ham bir daraja yuqori ko’taradi. Ritmdan so’zga sehr, ta’kid, ko’tarinkilik nasib bo’ladi; ritmlilik fikr-ishonch, muhimlik ato etganday bo’ladi; she’riy ritmli so’z obro’li so’zdir, ritmli fikrni yodlash oson va esdan uzoq vaqtgacha chiqmaydi... Qolaversa, ritmdorlik kishiga zavq-shavq bag’ishlaydi, nutqdagi hissiyot, emosionallikni orttiradi; ruhiy ehtiyojni qondiradi. Aristotel aytganidek, nutqqa zebu-ziynat taqdim qiladi, g’oyaning kishiga singishiga ko’maklashadi.” 1

She’riyatimizda ritmni yaratuvchi doimiy elementlar – bo’g’in, turoq, ritmik pauza, turkum va vazn sanaladi. Albatta, ritmni yaratishda qofiya ham, band ham ishtirok etadi, lekin ular faqat o’lchov, metrikaga aloqador (jumladan, qofiya misralar oxirini eslatadi; erkin vaznda qat’iy tartibli band yo’q) bo’lmagani uchun ularni alohida o’rganish va aytilgan ushbu mulohazani doimo esda tutish ma’quldir.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling