FOTOAKUSTIK HODISALAR-optik nurlarning ta’sirida muhitlarda tovush
(akustik) to’lqinlarning yuzaga kelishi.
FOTOGRAFIYA-fotosezgir materiallarda tasvir hosil qilish hamda fizik va
boshqa jarayonlarda nurlanishlarni qayd
qilish usullari.
FOTOLYUMINESSENSIYA-yorug’lik
ta’sirida yuzaga keluvchi lyuminessensiya.
FOTOMETR-yunoncha photos-yorug’lik
va
metreo-o’lchayman-yorug’lik
maydonini
tavsiflovchi
kattaliklarni
o’lchash asbobi.
FOTOMETRIYA-optik nurlanishning chiqishi, tarqalishi va modda bilan o’zaro
ta’sirlashishida uning energiya tavsiflari qaraladigan optika bo’limi.
FOTON-yunoncha phos-yorug’lik-elektromagnit maydon kvanti; tinchlik massasi
nolga va spini 1 ga teng neytral elementar zarra.
FOTOPLASTINKA-reaksiyasi plastinka yoki
parda sirtiga surtilgan kumush goloidi yoki
boshqa
sezgir
moddaning
fotokimyoviy
parchalanishida namoyon bo’ladigan nurlanish
qabul qilgichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |