KOGERENT SOCHILISH - tushuvchi to’lqinning fazasi sochilgan to’lqinning
fazasini bir qiymatli aniqlab beradigan yorug’lik sochilishi.
KOGERENTLIK - bir nechta tebranma yoki to’lqin jarayonlarning ularning
qo’shilishida namoyon bo’luvchi vaqt va fazoda uyg’un kechishi.
KOGERENTLIK UZUNLIGI – to’lqinning tarqalish yo’nalishida maydonning
vaqt bo’yicha fazalar farqi saqlanadigan eng katta uzunligi
KOLLIMATOR - lot. collineo – to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naltiraman - parallel
nurlar dastasi hosil qilish optik qurilmasi
KOMA - yunon. kome - soch. kometa dumi - optik tizimlarning qiya dasta hosil
qilgan
nuqta
tasviri
nosimmetrik
dog’
ko’rinishiga
ega
bo’ladigan
aberratsiyalaridan biri.
KONTAKT LINZA-ko’rinishni sozlashga mo’ljallangan, bevosita ko’z shox
pardasiga kiydirilib, unda tutinish kuchlari hisobiga ushlanib turiladigan ko’zoynak
linza.
KONTRAST-fransuzcha
contraste-qarama-qarshilik-obyekt
ravshanliklari
farqining fon ravshanligiga nisbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |