QUTBLANGAN YORUG’LIK NURLARI INTERFERENSIYASI-kogerent
qutblangan yorug’lik nurlarining ikkilanma nur sindirish xossasiga ega bo’lgan
muhitdan o’tayotganda qo’shilishi natijasida interferensiya manzarasining vujudga
kelishi.
QUTBO’LCHAGICH- 1) optik faol moddalarda monoxromatik yorug’lik
qutblanish tekisligining burilish burchagini o’lchash asbobi; 2) qisman qutblangan
yorug’likning qutblanganlik darajasini o’lchash asbobi.
-R-
RAVSHANLIK-yorug’lik manbaining berilgan yo’nalish uchun tavsifi; kattaligi
yorug’lik kuchining yorug’lanayotgan sirtning tanlangan yo’nalishiga tik tekislikda
proyeksiyasi sirtiga nisbatiga teng.
RAVSHANLIK O’LCHAGICH-ravshanlikni o’lchashda ishlatiladigan optik
asbob.
RAD-(rad)-inglizcha radiation absorbed dose-yutilgan nurlanish dozasining
tizimdan tashqari birligi; u massasi 1 kg bo’lgan moddaning 100 erg nurlanish
energiyasini yutishiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |