TO’LA ICHKI QAYTISH-ikki shaffof muhitning bo’linish chegarasidan
to’lqinlar qaytganda singan to’lqinning to’liq mavjud bo’lmasligi.
TO’LQIN-fizik maydon xossasiga ega bo’lgan biror fizik kattalik
o’zgarishlarining fazoda tarqalishi.
TO’LQIN DAVRI-to’lqin tarzida tarqalayotgan fizik kattalikning shu to’lqin
o’tayotgan fazoning biror nuqtasida sodir bo’layotgan tebranishlar davri.
TO’LQIN OPTIKA-yorug’likning to’lqin tabiati namoyon bo’ladigan hodisalarni
o’rganuvchi optika bo’limi.
TO’LQIN PAKET-takroriyliklari va to’lqin vektorlari qiymatlari bir-biriga yaqin
bo’lgan yassi monoxromatik to’lqinlarning qo’shilishidan iborat bo’lgan, ixtiyoiy
tabiatli tebranishlar to’lqin uyushmasi.
TO’LQIN SON-to’lqin vektor moduli; to’lqin tarqalish yo’nalishidagi fazoviy
to’lqin davri (λ) ni belgilaydi: k=2π/λ=w/v
f
, bunda w-aylanma takroriylik, v
f
-
to’lqinning fazoviy tezligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |