TO’LQINLARNING SINISHI-to’lqin bir muhitdan boshqa muhitga o’tishida
uning tarqalish yo’nalishi o’zgarishi.
TO’LQINLARNING SOCHILISHI-tushuvchi to’lqinning tarqalish yo’nalishiga
mos tushmaydigan yo’nalishlarda ikkilamchi to’lqinlarning vujudga kelish
hodisasi; boshlang’ich to’lqin tarqalayotgan muhit xossalarining nomuntazam
mahalliy o’zgarishlari tufayli bu to’lqin boshlang’ich to’lqin bilan kogerent
bo’lmaydi.
TO’LQINLARNING QAYTISHI-ikki muhitning bo’linish sirtiga tushuvchi
to’lqin chegaradan boshda o’zi tarqalgan muhit tomonga tarqalish hodisasi.
-U-
ULTRABINAFSHA NURLANISH-to’lqin uzunliklari 400 dan 10 nm gacha
oraliqda joylashgan elektromagnit nurlanish.
ULTRABINAFSHA SPEKTROSKOPIYA-spektrning ultrabinafsha sohasida
chiqarish, yutish va qaytarish spekrtlarini olish, tadqiq qilish va qo’llashni o’z
ichiga oluvchi optik spektroskopiya bo’limi.
Do'stlaringiz bilan baham: |