Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi
Download 1.8 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash
Umumta’lim vazifalari- o’quv dasturida ko’rsatilgan matematik ko’nikma va malakalarni shakllantirish vazifalari kiradi. Bundan tashqari, yangi bilimlarni o’zlashtirish bilan birga o’zining matematik ma’lumotini oshirish, matematik masalalar yechish ko’nikmasi shakllana boradi.
Amaliy vazifalari- o’quvchilar masalalar yechish orqali amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollanib, matematikani tadbiq etish va hayotda qo’llashga doir zaruriy bilimlarni egallaydilar. Rivojlantiruvchi vazifalari- o’quvchilarda masalalar yechish asosida ularning matematik tafakkuri va qobiliyatlarini rivojlantirish kiradi. Shuning uchun o’qituvchi har bir masaladan bunday maqsadlarda foydalanilishiga e’tiborni qaratish talab etiladi. Tarbiyaviy maqsadlari - matematik masalalarning o’quvchilarda yaxshi insoniy fazilatlarni tarkib toptirish uchun qo’llanilishidan iborat. Nazorat etish vazifalari- masala va mashqlardan o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini egallash saviyasini tekshirish vazifasida ishlatilishi kiradi. masalani matematik usul bilan yechish uch bosqichdan iborat: 1) matematik model tuzish; 2) matematik model ichida yechish; 3) yechimning masala shartlariga mos kelishini tekshirish. Matematik masalalar matematika o’qitishda va matematik tushunchalarni shakllantirishda qo’llash uchun quyidagi masalalar turlari qo’l keladi: matematik tushunchalarni o’zlashtirishga doir; matematik belgilarni qo’llashga doir; isbotlashga doir; matematik ko’nikma va malakalarni shakllantirishga doir; yangi matematik ma’lumotlarni o’rganishga doir; muammoli vaziyatlarni yaratishga doir masalalar shular jumlasiga kiradi. Matematik tafakkurni rivojlantirishda quyidagi masalalar muhim ahamiyatga ega: umumiy fikrlash ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga doir; tafakkur usullariga o’rgatishga doir; o’quvchilar faoliyatlarini faollashtirishga doir; tadqiqotga doir; isbotlashga doir; xatolarni topishga doir; sofizmlarni tahlil etishga doir; qiziqarli masalalar; turli xil yechish usullarini qo’llashga doir; o’quvchilar tomonidan masalalar tuzishga doir va h.k. Teorema va uni isbotlashga doir masalalar xususiyatlari teoremada bayon qilishga zarur matematik ma’lumotlar va bilimlarni ochib beruvchi; isbotda foydalaniladigan matematik ma’lumotlarni takrorlash; teoremada bayon etilgan natijaga olib keluvchi isbotlashga va hisoblashga doir masalalar yechilishi; teorema bayonini o’zlashtirishga doir, teorema isboti ayrim bosqichlarini o’zlashtirishga doir va isbotning boshqa usullarini izlashga doir va teoremada bayon qilingan ma’lumotlarni, yangi matematik bilimlarni qo’llay olishga doir mashq va masalalardan foydalanish. Qoida, algoritmni o’zlashtirishga doir masalalar: qoidani qarash zarurligi asoslanishiga doir; qoidani asoslash uchun zarur bilimlarni va uni bajarish uchun ko’nikmalarni bajarish; algoritmga kiruvchi ayrim amallarni bajarish; qoidani turli vaziyatlarda qo’llash. Matematika bo’yicha sinfdan tashqari ishlar - darsdan tashqari vaqtda o’quvchilar bilan olib boriladigan majburiy bo’lmagan mashg’ulotlarga tushuniladi. Ikkita yo’nalish mavjul: boshqalardan dastur materialini o’zlashtirishda orqada qolayotgan o’quvchilar bilan ishlash(qo’shimcha sinfdan tashqari mashg’ulotlar); matematikani o’rganishga boshqalarga qaraganda qiziqish va qobiliyat ko’rsatayotgan o’quvchilar bilan ishlash. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling