Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi


Download 1.8 Mb.
bet1/106
Sana20.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1628206
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT
UNIVERSITETI





HISOBLASH USULLARI KAFEDRASI
« MATEMATIKA VA INFORMATIKA
O’QITISH METODIKASI » fanidan

o’quv-uslubiy
M A J M U A
«5480100 - Amaliy matematika va informatika»
ta’lim yo’nalishi bakalavr talabalari uchun

SAMARQAND-2010
Mmatov Sh «Matematika va informatika o’qitish metodikasi» fanidan o’quv - uslubiy majmua («5480100 - Amaliy matematika va informatika» ta’lim yo’nalishi bakalavr talabalari uchun). O’quv-uslubiy majmua. - Samarqand: SamDU nashri, 2010. - 120 bet.
«Matematika va informatika o’qitish metodikasi» fanidan ushbu o’quv - uslubiy majmuasi Samarqand davlat universitetining «Hisoblash usullari» kafedrasida tayyorlangan. Majmua «Matematika va informatika o’qitish metodikasi» fanini o’rganish jarayonida talabaning mustaqil ishlashini ta’minlovchi o’quv-uslubiy materiallarni o’z ichiga oladi hamda talaba olgan bilimining sifatini doimo nazorat qilishni ta’minlaydi.
Ushbu o’quv - uslubiy majmua «Matematika va informatika o’qitish metodikasi» fani o’quv rejaga kiritilgan barcha ta’lim yo’nalishlari bakalavr talabalari uchun mo’ljallangan.
Taqrizchilar:
texnika fanlari doktori, prof. B.Xujayorov fizika-matematika fanlari nomzodi, dots. S.Amridinov
MUALLIFDAN
Hurmatli talaba!
Qo’lingizdagi ushbu o’quv-uslubiy majmua «Matematika va informatika o’qitish metodikasi» fanini o’rganish jarayonida sizning mustaqil ishlashingizni tashkil etishga mo’ljallangan.
Majmua ikki bo’limdan iborat: «Fanning o’quv predmetiga kirish» va «Fanning reja- topshiriqlari va o’quv - uslubiy materiallari»
Birinchi bo’lim o’quv kursi bo’yicha dastlabki tushuncha beruvchi materiallar: o’quv kursining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, fan bo’yicha zarur bo’lgan bilim darajasining Davlat ta’lim standartlari talablari, mavzu va mashg’ulot turlari bo’yicha o’quv soatlarining taqsimlanishi hamda ularning mazmuni, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati, mustaqil ishlar mavzulari, hamda bilimni nazorat qilish savolaridan iborat.
Ikkinchi bo’limda har bir mashg’ulot uchun reja-topshiriq va o’quv-uslubiy materiallari berilgan. Topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish o’quv predmeti bo’yicha yuqori darajada bilimga ega bo’lishni va doimo o’z-o’zini nazorat qilib borishni ta’minlaydi.
Har bir fan kabi «Matematika va informatika o’qitish metodikasi» fanini o’rganishda mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlash talab etiladi. Shuning uchun mavzuni chuqur o’rgangandan so’ng yangi mavzuga o’tish mumkin bo’ladi.
SamDU «Hisoblash usullari» kafedrasi dotsenti Sh.Mamatov
© A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2011.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling