Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi


Download 1.8 Mb.
bet6/106
Sana20.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1628206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash

Mashg’ulot turi

Ajratilgan soat rejada (2-semestr)

Ajratilgan soat amalda (2-semestr)

1.

Ma’ruza mashgulotlari

22

22

2.

Amaliy mashg’ulot

12

12

3.

Seminar mashg’uloti

26

26

4.

Kurs ishi

-

-

5.

Mustaqil ish

60

60




JAMI:

120

120






Samarqand - 2010











Fakultet dekan:

dots. H.Qurbonov

Ushbu fan dasturi fakultet o’quv-uslubiy kengashining 2010 yil 29 avgustdagi majlisida 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan.

Fakultet o’quv-uslubiy kengashi raisi:

dots. E.Sattorov

Ushbu fan dasturi kafedraning 2010 yil 27 avgustdagi №1 majlisida 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan.
Kafedra mudiri: dots. A.Abdirashidov

Tuzuvchi:

dots. Sh.S.Mamatov

©

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2010



  1. Ushbu fan dasturi fakultet Ilmiy Kengashining 2010 yil 29 avgustdagi majlisida 1- son bayonnoma bilan tasdiqlangan.FANGA KIRISh, UNING DOLZARBLIGI, MAKSAD VA VAZIFALARI, UNI UZLAShTIRIShGA KUYILADIGAN TALABLAR.

  1. Kirish (Fanning o'rni va axamiyati, rivojlanish taraqqiyoti, nazariy va metodologik asosi va o'rganiladigan muammolari bayon etiladi)

Ushbu dastur universitet mexanika-matematika fakulteti matematika ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’jallangan.
Matematika va informatika o’qitish uslubiyati keng tarmoqli fan bo’lib, u pedagogika, psixologiya va didaktika bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda muhim g’oyaviy qurol vazifasini bajaradi. Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika sohalarida mavjud bo’lgan va ta’lim jarayonida o’quvchtilarni intellektual qobiyalitlarini rivojlantirish uchun matematik bilim,ko’niukma va malakalarni shakllantirish usullari va matematik ta’limning umumiy qonkiyatlarini va o’qitishga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususiyatlarini o’rganishga xizmat qiluvchi qudratli qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» talablaridan kelib chiqib, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni har tomonlama takomillashtirishni talab etmoqda.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimini ikki bosqichli tizimga,ya’ni to’qqiz yillik umumta’lim, hunar-kollejlari va akademik liseylarida o’qish tizimiga o’tkazish amalga oshirilmoqda.
Hunar-kasb kollejlari yoshlarning ko’prok qismini kasb mehnatiga, ishlab chiqarish, ta’limdagi va madaniyatdagi faoliyatga tayyorlash vazifalarini amalga oshirishi zarur. akademik liseylar esa yoshlarldda nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda intellektual faoliyatga qiziqishga qobiliyatli, kelgusi hayotini oliy o’quv yurtlariga kirish va ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishni maqsad kilib qo’yganlarini tarbiyalab yetishtirishi lozim. Bunday sharoitlarda zamonaviy ilmiy-uslubiy saviya matematika bo’yicha o’quv-tarbiya jarayonini tashkil eta oladigan matematika o’qituvchilariga katta ehtiyoj tug’ilmoqda, ular turli o’quv yurtlarida ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qita oladigan o’qituvchilar ham bo’lishi zarur. Bunda asosiy o’ringa o’qitishning «Matematikani chuqurlashtirib o’qitish», «Matematik iqtidorlik» kabi dasturlari chiqmog’i lozim. Shuning uchun universitetlarning mexanika-matematik fakultetlarida yuqori malakali matematik o’qituvchilari tayyorlashga imkon beruvchi matematika o’qitish uslublari va nazariyasi fanini o’qitish sifatini oshirish zamon talabi va juda ham zarur hisoblanadi.
Fanni kiritishdan maqsad talabalarga umumta’lim maktablarida matematika o’qitish qonuniyatlari va ushbu qonuniyatlardan o’quv jarayonida qo’llanish usullarini o’rgatish, ularda kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy jihatdan pedagogik faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalarni shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Matematika va informatika o’qitish uslubiyatini o’rganish jarayonida pedagogika, psixologiya, didaktika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalar kabi matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va natijalaridan keng foydalaniladi.


  1. Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling