Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi
Download 1.8 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash
Bilimlarni baxolash tartibi kuyidagi darajalarga bo’linadi:
1-daraja- matematikadan davlat ta’lim standartida belgilab berilgan bilimlarni o’zlashtirishning minimal darajasini bajarganlar “past” daraja xisoblanadi. 2 -daraja - reproduktiv darajada bo’lib, DTS da belgilab berilgan bilimlarni o’zlashtirishning minimal darajasidan yukori bo’lganlari “o’rta” baxolanadi. daraja - rekonstruktiv darajada ko’llaniladigan DTS dagi bilimlarning imkoniyat darajasi talablariga javob beradiganlari “yukori” baxolanadi. daraja - DTSda belgilab berilgan bilimlarni o’zlashtirishning imkoniyat darajasiga muvofik keladigan va uni ijodiy ko’llay oladiganlar “o’ta yukori” baxolanadi. Reytingi 100-96% bo’lganlar - o’ta yukori, 86-95% bo’lganlar - yukori, 81-71% bo’lganlar-o’rta, 70-56% bo’lganlar - past baxo bilan baxolanadi, --0-55% bo’lganlar esa attestasiya kilinmaydi. O’kuv fani bo’lim va mavzularni maksimal ballarga taksimlashda kuyidagicha yo’l tutiladi: masalan, 6-sinfda xaftasiga 5 soatdan, jami 170 soat o’kitiladi, o’kuvchi to’playdigan maksimal ball-500. mavzu “O’nli kasrlar ustida dastlabki tushuncha, ko’shish va ayirish” mavzusiga 22 soat vakt ajratilgan, shuning uchun 22 soatga to’gri kelgan ball R = (500:170) 22 = 64,7 = 65 ga teng. mavzu “O’nli kasrlarni ko’paytirish va bo’lish” mavzusiga 40 soat ajratilgan, shuning uchun R = (500:170) 40 = 117,6 = 118 ball va x.k. . Mustakil o’rganish uchun savollar: Matematika darsi va unga ko’yiladigan talablar. Matematika o’kituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi. Matematika darsi taxlili, kuzatish va dars konspektlari. Kalendar ish reja kanday tuziladi? O’kuvchilar bilimini baxolash va reyting tizimi kanday xususiyatlarga ega? - MA’RUZA MAVZU: MATEMATIKA O’QITISHDA MASALALAR YECHISHNING AHAMIYATI VA O’RNI 1. Matematik masalalar yechishning matematika o’kitishdagi vazifalari. Masalalarning matematika o’kitish jarayonidagi axamiyati. Matematikani masalalar yechish orkali o’rgatish Matematika masalalarning turlari va ularni yechish boskichlari. Tayanch iboralar: matematik masala, vazifalari, o’kitishdagi axamiyati, yechish usullari, turlari. Maktabda matematikani o’rganish turli xil matematik masalalarni yechish orkali amalga oshiriladi. Shu sababdan uslubiyatchilar matematik masalalarning matematika o’kitishda kuyidagi vazifalari mavjudligini ta’kidlaydilar: 1) umumta’lim; 2) amaliy; 3) rivoj-lantiruvchi; 4) tarbiyaviy; 5) nazorat etish. Umumta’lim vazifalariga o’kuv dasturida ko’rsatilgan matematik ko’nikma va malakalarni shakllantirish vazifalari kiradi. Bundan tashkari, yangi bilimlarni o’zlashtirish bilan birga o’zining matematik ma’lumotini oshirish, matematik masalalar yechish ko’nikmasi shakllana boradi. Amaliy vazifalari yordamida o’kuvchilar masalalar yechish orkali amaliy ko’nikma va malakalar bilan kurollanib, matematikani tadbik etish va xayotda ko’llashga doir zaruriy bilimlarni egallaydilar. Rivojlantiruvchi vazifalariga o’kuvchilarda masalalar yechish asosida ularning matematik tafakkuri va kobiliyatlarini rivojlantirish kiradi. Shuning uchun o’kituvchi xar bir masaladan bunday maksadlarda foydalanilishiga e’tiborni karatish talab etiladi. Tarbiyaviy maksadlari - matematik masalalarning o’kuvchilarda yaxshi insoniy fazilatlarni tarkib toptirish uchun ko’llanilishidan iborat. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling