Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti


  Korxonalarni moderzatsiyalashtrish sharoitida yangi korxonalarni


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/59
Sana02.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#200936
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonida yangi korxonalarni tashkil etish

1.2.  Korxonalarni moderzatsiyalashtrish sharoitida yangi korxonalarni 

tashkil etish tamoyillari 

 

Bugungi kunda yangi korxonalarni tashkil etishga alohida e’tibor berilmoqda. 



Iqtisodiyotning  jadal  rivojlanishi  va  ishlab  chiqarish  kuchlarining  o’sishi  faoliyat 

yuritayotgan  korxonalardan  tashqari,  yangi  korxonalarni  tashkil  qilish  va  ishga 

tushirishga  tayanadi.  Bunday  qadam  iqtisodiy  jihatdan  maqbullikka,  resurslar 

imkoniyati  va  korxona  mahsulotlariga  bo’lgan  talabga  asoslanadi.  Biron-bir 

mahsulotning  taqchilligi  yoki  umuman  yo’q  bo’lishi  ham,  yangi  korxona  yoki 

ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin. 

  Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga 

oshiriladi: 

 

korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi; 



  korxona muassislarini tanlash; 

 

taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish; 




21 

 



 

korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash

 

korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash



 

davlat ro’yxatidan o’tish; 



  muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash

 

soliq idoralarida ro’yxatdan o’tish. 



 O’zbekiston  Respublikasining  qonunchiliga  asosan,  korxonalar  mulk  egasi 

(egalari)  yoki  u  (ular)  tayinlagan  vakillik  organi,  mehnat  jamoai  yoki  muassislar 

guruhining  qarori  bo’yicha  belgilangan  qonun-qoidalarga  asosan  tashkil  qilinishi 

mumkin. 


Shuningdek, korxonalar agar  korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik 

organining  roziligi  bo’lsa,  faoliyat  yuritayotgan  korxona  tarkibidan  bir  yoki  bir 

nechta  tarkibiy  bo’linmalarni,  ushbu  bo’linmalarning  mehnat  jamoalari 

tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. 

Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni 

tasdiqlash  huquqiga  ega  bo’lgan,  mustaqil  huquqiy  shaxs  maqomidagi  sho’’ba 

korxonalari,  filiallar,  vakolatxonalar,  bo’lim  va  boshqa  tashkiliy  bo’linmalarni 

tashkil qilishi mumkin. 

Korxona  qonun  hujjatlarida  belgilab  qo’yilgan  tartibda  maxsus  davlat 

organlarida  ro’yxatga  olingan  kundan  boshlab  tashkil  qilingan  hisoblanadi  va 

huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi. 

  Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: 

 

iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni  ko’paytirish va 



uni sotishdan foyda (daromad) olish; 

 



ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali 

ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish

  ishlab chiqarishga mavjud qushimcha resurslarni jalb qilish



  fan-texnika  yutuqlaridan  foydalangan  holda  yangi  sanoat  mahsulotlarini 

ishlab chiqarish



22 

 



  yakka  tarzda  yoki  hamkorlikda  faoliyat  yuritish  uchun  kichik  korxona 

(o’rtoqchilik  kabi)  tashkil  qiluvchi  alohida  fuqarolar  yoki  shaxslar  guruhi 

a’zolarining shahsiy ehtiyojlarini qondirish

  ishlab  chiqarishni  mustahkamlash  va  rivojlantirish  hamda  bozor  muhitini 



kengaytirish. 

Koroxonalar  faoliyatini  tartibga  soluvchi  qonun  hujjatlarida  ikki  xil  ta’sis 

hujjatlari  belgilab  berilgan,  ya’ni  koroxona  nizomi  va  tasis  shartnomasi  muhim 

ahamiyatga egadir.  

Amaliyotda  korxona  faqat  Nizom  yoki  faqat  ta’sis  shartnomasi  asosida, 

shuningdek,  bir  vaqtning  o’zida  Nizom  va  ta’sis  shartnomasiga  asosan  faoliyat 

yuritish hollari mavjud. 

Shuni  qayd  qilib  o’tish  kerakki,  korxonaning  (huquqiy  shaxsning)  ta’sis 

shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan 

tasdiqlanadi.  Bitta  ta’sischi  tomonidan  tuzilgan  huquqiy  shaxs  shu  ta’sischi 

tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi. 


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling