3.3. Ishlab chiqarish korxonalarida investitsiylardan oqilona foydalanishni
takomillashtirish orqali yangi korxonalarni tashkil etish asoslari
Investitsiya-iqtisodiyot rivojlanishini harakatlantiruvchi kuch, u korxonalarni
texnika va texnologik tomondan qayta qurollantiradi, sifatli mahsulot ishlab
chiqarishni kengaytirishga ko’maklashadi. Shu bois ham Prezidentimiz o’tgan yil
yakunlari va 2012 yilda mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida O’zbekiston
iqtisodiyotini rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishida asosiy
e’tibor mamlakatimiz mintaqalariga chet el investitsiyalarni jalb etish deya
ta’kidladi.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni kirib kelishi uchun qulay muhit,
huquqiy asoslar, imtiyoz va qulayliklar yaratilganligi, salohiyatli kadrlar
mavjudligidir. Agar viloyatimizda 2005 yilda xorijiy sarmoya ishtirokida 150 ta
qo’shma korxona ro’yhatdan o’tgan bo’lsa, 2011yili ularning soni 190 tani tashkil
etdi, shulardan o’tgan yillarning o’zida 24 ta yangi qo’shma korxona faoliyatini
boshladi. O’tgan 2011-yili ro’yhatdan o’tgan qo’shma korxonalarning 168 tasi
faoliyat yuritib, ular tomonidan 240,6 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
O’sish sur’ati 2005 – yilga nisbatan 3,7 martaga ko’paydi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat sektori registry ma’lumotlariga
ko’ra, 2012 yil 1 yanvar holatiga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ro’yxatga
olingan yuridik shaxslar soni 46,1 mingtaga yetdi, shundan faoliyat
ko’rsatayotganlari 44,2 mingtani (jami ro’yhatga olingan yuridik shaxslarning 95,8
foizi) tashkil qildi.
Royhatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi qishloq xo’jaligi
(jami ro’yhatga olingna yuridik shaxslarning 61,9 foizi) savdo va umumiy
ovqatlanish (10,8 foizi), sanoat (60,0 foizi) va qurilish (3,5 foizi) sohalariga to’g’ri
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |