Mavzu: Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni
Download 57,5 Kb.
|
2020 Fermer xo’jaliklarida tabiiy
Mavzu: « Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni boshqarish SAMARQAND - 2020 i
KIRISH 3
XULOSA VA TAKLIFLAR 32 2 KIRISH So’nggi yillarda qishloq xo’jaligi sohasiga oid 5 ta qonun, 20 dan ortiq farmon va qaror qabul qilindi, 2 ta yangi qo’mita va 3 ta uyushma tuzildi. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta’minlash maqsadida har yili davlat byudjetidan 2 trillion so’mdan ortiq, sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun 400 milliard so’mdan ziyod mablag’ ajratilmoqda1. Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta yetishtiradigan fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan mablag’ ajratish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Agar 2008 yilda ushbu maqsadlar uchun 80 milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan bo’lsa, joriy yilda bu ko’rsatkich 300 milliard so’mni tashkil etdi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yer-suv resurslarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki ular yordamida mamlakatimiz ichki yalpi mahsulotining to’rtdan uch qismi, xalqimiz iste’mol qilayotgan mahsulotlarning 95 foizi yetishtirilmoqda. Shunday ekan, ulardan kelajakda yanada to’liqroq, samaraliroq foydalanish dolzarb muammo hisoblanadi. Uni hal etish maqsadida respublika hukumati tomonidan siyosiy, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yer, suv, mulk to’g’risidagi qonunlar, kodekslar qabul qilindi. Ularda respublikamizda yerlarga, suvlarga egalik qilish, ulardan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish borasidagi munosabatlar tizimi va ularni amalga oshirish tartibi ko’rsatilgan. Yer resurslariga egalik qilishning huquqiy asosi O’zbekiston Konstitusiyasining 55-moddasida «Yer-suv umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» deb alohida ta’kidlangan. Respublikamiz jami yer maydoniga umummilliy boylik, davlat mulki sifatida egalik qilish huquqi O’zbekiston Oliy majlisi zimmasiga yuklatilgan. Oliy Majlis o’z vakolatidagi yer munosabatlarining ayrim masalalarini xalq deputatlari qishloq, shahar, tuman hamda viloyat kengashlari va ularning ijroiya qo’mitalari zimmasiga yuklagan. Ular yuqorida keltirilgan qonun talablaridan kelib chiqqan holda yerlarni ulardan oqilona, samarali foydalanish maqsadida foydalanuvchilarga ma’lum muddatga haq to’lash evaziga foydalanish uchun bermoqdalar. Demak, ular yer islohotini amalga oshirishga ma’suldirlar. Chunki ular yerlarni samarali foydalanish uchun haqiqiy egasiga berish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal etadilar. Tabiiy resurslar sirasiga fermer xo’jaliklari darajasida yer-suv resurslarini kiritish mumkin. Hozirgi vaqtda mintaqa suv xo’jaligi tizimlarida ko’pgina yechilmagan muammolar mavjud. Bu muammolar davlatlararo suv zahiralarini boshqarish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suv sifatini yaxshilash, xo’jaliklararo suv taqsimotini takomillashtirish kabilardir. Bu muammolarni yechish
Download 57,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling