Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti


xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/59
Sana02.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#200936
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
Bog'liq
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonida yangi korxonalarni tashkil etish

xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi. 

1.3 . Korxonalarni sababsiz va qayta tashkil etish omillari 

Korxona  faoliyatini  to’xtatish  uni  tugatish  yoki  qayta  tashkil  qilish  shaklida 

amalga  oshirilishi  mumkin.  Ishlab  chiqarishning  barqaror  emasligi,  moliyaviy 

qiyinchiliklar,  surunkali  zarar  ko’rish  va  to’lov  qobiliyatining  yo’qolishini 

korxonalarni  tugatish  yoki  qayta  tashkil  qilishga  asosiy  sabab  qilib  ko’rsatish 

mumkin. 


Korxonani  qayta  tashkil  qilish  –  bu,  uning  birlashib  ketishi,  qo’shilishi, 

bo’linishi, ajralib chiqish va shaklini o’zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil 




29 

 

qilish  ta’sischi  (ta’sischilar)  yoki  korxona  boshqaruvi  qaroriga  muvofiq  amalga 



oshiriladi.  Qayta  tashkil  qilish  korxonaning  ishlab  chiqarish  ko’rsatkichlari, 

moliyaviy  va  iqtisodiy  ko’rsatkichlari  avvalgiga  nisbatan  yaxshilanishiga  xizmat 

qilishi lozim.  

Korxonani  tugatish huquqiy xatti-harakat bo’lib, ishlab chiqarish va xo’jalik 

yuritish  faoliyatining  to’xtatilishini  anglatadi.  Korxona  tugatilganda  u  davlat 

ro’yxatidan  chiqariladi,  uning  bankdagi  hisob  raqami  yopiladi  hamda  muhr, 

shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. 

Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: 

 

ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot(ish,  xizmat)ga  bo’lgan  talabning 



pasayib ketishi yoki umuman yo’qolishi; 

 



ishlab chiqarishning zarar keltirishi

 



ishlab  chiqarishninng  atrof-muhit  hamda  aholi  hayotiga  xavf 

tug’dirishi; 

 

korxonaning  bino  va  inshootlari,  asbob-uskunalari  va  boshqa 



vositalaridan  iqtisodiy  jihatdan  unumliroq,  yanada  sifatli  va  iste’molchilar 

talabiga  javob  beruvchi  mahsulotlar  ishlab  chiqarishda  foydalanish 

imkoniyatining yuzaga kelishi. 

  Korxonani  tugatishda  tugatish  komissiyasi  tuzilib,  unga  kreditorlarga 

korxona  tugatilganini  xabar  qilish,  kreditorlarni  aniqlash    va  debitorlik  qarzini 

undirish  choralarini  ko’rish,  shuningdek,  korxonaning  tugatilishi  sababli  ishsiz 

qolgan  xodimlar  ish  bilan  ta’minlanishiga  yordamlashish  vazifasi  yuklanadi. 

Korxonani tugatish jarayonida oraliq tugatish balansi tuzilib, unga  tugatilayotgan 

korxonaning  mulki,  kreditorlarning  talablari  va  ularni  ko’rib  chiqish  natijalari 

ro’yxati kiritilishi lozim. Ushbu balans korxonaning ta’sischisi (ta’sischilari) yoki 

korxonani  tugatish  to’g’risida  qaror  chiqargan  idora  tomonidan  tasdiqlanadi. 

Tugatish  komissiyasi  uning  aybi  bilan  keltirilgan  zarar  uchun  javobgar 

hisoblanadi.

8

 



                                                            

8

 O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi qonuni. // Xalq so’zi – 1998 yil, 29-sentabr.   




30 

 

Quydagi  1.3.1-  Jadvalda  Samarqand  viloyati  bo’yicha  o’z  faoliyatini  to’xtatgan 



korxonalar to’g’risida ma’lumot aks ettirilgan.  


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling