Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/59
Sana02.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#200936
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
Bog'liq
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonida yangi korxonalarni tashkil etish

Ta’sis  shartnomasi  korxonaning  tashkil  qilinishi  va  yakka  tarzda  yoki 

hamkorlikdagi  faoliyatning  boshlanishini  tavsiflovchi  hujjatdir.  U  shuningdek, 

tashkil  etilayotgan  korxonaning  Nizomini  to’ldiruvchi  hujjat  ham  hisoblanadi. 

Ta’sis  shartnomasida  korxonani  tashkil  qilish  tartibi,  daromad  va  xarajatlarni 

qatnashchilar  o’rtasida  taqsimlash  shartlari,  korxona  tashkilotchilari  (muassislar) 

tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo’yiladi. 

Ta’sis shartnomasi asosida ko’pincha kichik korxonalar, xo’jalik o’rtoqliklari 

va shu kabi sub’ektlar faoliyat yuritadi. Masalan, o’rtoqlik yoki korxonaning ta’sis 

shartnomasida  boshqaruv  faqat  barcha  ishtirokchilarning  roziligi  bilangina  emas, 

balki  qaror  ko’pchilik  ovoz  bilan  qabul  qilinishi  mumkinligi  ham  belgilab 

qo’yilishi mumkin. Biroq ta’sis shartnomasida ishtirokchilar ovozini aniqlashning 

boshqa tartibi ham ko’rsatib o’tilishi mumkin. To’liq o’rtoqchilik korxonalarining 

daromad  va  xarajatlari  agar  shartnomada  boshqa  tartib  ko’rsatilmagan  bo’lsa, 

ishtirokchilar  o’rtasida  ularning  umumiy  kapitaldagi  ulushiga  mos  ravishda 

taqsimlanadi. 

Korxona  mulkini  shakllantirish  va  undan  foydalanish  Nizom  va  Ta’sis 

shartnomasining  muhim  qismi  hisoblanadi.  “Korxonalar  to’g’risida”  gi  qonunga 

asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari hisoblanadi:

6

 



 

muassislarning pul va moddiy ko’rinishdagi badallari; 



  mahsulot  (ish,  xizmat)  sotishdan  va  boshqa  turdagi  faoliyatdan  olingan 

daromadlar; 

 



qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar

  banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar



 

byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo’yilmalar; 



 

korxona,  tashkilot  va  fuqarolarning  beg’araz  va  xayriya  badallari, 



shuningdek, almashish, meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk

  qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 



                                                            

6

 O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxonalar to’g’risidagi” qonuni, qonun va qarorlar . T.:”O’zbekiston”., 



2004.,№3. 


24 

 

Yuqorida aytib o’tilganidek, korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha davlat 



organlarida  ro’yxatga  olingan  kundan  boshlab  tashkil  qilingan  hisoblanadi.  Bu 

vazifani asosan hokimiyatlar bajarib,  ular korxonani ro’yxatga olish to’g’risidagi 

ma’lumotlarni  12  kun  mobaynida  Moliya  Vazirligiga  yagona  davlat  reestriga 

kiritish uchun taqdim etishlari shart. 

Davlat  ro’yxatidan  o’tish  uchun  korxonani  tashkil  qilish  to’g’risidagi  qaror, 

korxona  Nizomi  (ta’sis  shartnomasi)  va  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilab 

beriluvchi ro’yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi. 

Korxonani  davlat  tomonidan  ro’yxatga  olish  zarur  hujjatlar  ilova  qilingan 

ariza  berilgan  kundan  boshlab  30  kun  mobaynida  amalga  oshirilish  lozim. 

Korxonalarni  ro’yxatga  olishdan,  ularni  tashkil  qilish  maqsadga  muvofiq  emas, 

degan sabab bilan bosh tortishga yo’l qo’yilmaydi. 

Agar korxonani ro’yxatga olish o’z vaqtida amalga oshirilmasa yoki ta’sischi 

ro’yxatga  olinmaslik  sabablarini  asossiz  deb  hisoblagan  taqdirda  ta’sischi  sudga 

murojaat  qilishi  mumkin.  Korxonani  ro’yxatga  olishdan  asossiz  ravishda  bosh 

tortish  mahalliy  hokimiyat  organlarining  moddiy  javobgarlikka  tortilishiga  olib 

kelishi mumkin. 

Korxonani ro’yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilanadi: 

1. Korxonani ro’yxatga olish to’g’risidagi ariza. 

2. Ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to’g’risidagi qaror. 

3. Korxona Nizomi. 

4.  Ta’sis  shartnomasi  yoki  korxonani  tashkil  qilish  to’g’risidagi  qarorda 

ko’rsatilgan  Nizom  jamg’armasining  kamida  50%  miqdoridagi  qismi 

to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlar. 

5. Davlat bojini to’laganlik haqida guvohnoma. 

6.  Monopoliyaga  qarshi  muassasaning  korxonani  tashkil  qilishga  roziligini 

tasdiqlovchi hujjat. 

7.  Davlat  mulkini  boshqarish  va  tadbirkorlikni  qo’llab-quvatlash  qo’mitasi 

yoki uning quyi idoralari roziligi haqidagi hujjat. 




25 

 

Ro’yxatga  olish  korxonaga  kelib  tushuvchi  hujjatlarni  qayd  qilish  kitobida 



tartib  raqami  berish  orqali  amalga  oshiriladi.  Ko’rsatilgan  jarayonlar  amalga 

oshirilgach,  korxona  joylashgan  manzilgohi  bo’yicha  soliq  idoralarida  hisobda 

turishi  va  buni  tasdiqlovchi  hujjat  olishi  hamda  bankda  hisob  raqami  ochishi 

mumkin. 


Korxona  tashkil  etish  jarayonida  u  qaysi  tarmoqqa  tegishli  ekanligi  muhim 

ahamiyatga egadir. Buning uchun koroxonlarni tavsiflash maqsadga muvofiqdir.  

Har  bir  korxona  boshqa  korxonalardan  avvalo  ishlab  chiqarayotgan 

mahsuloti,  shuningdek,  ishlab  chiqarishning  tavsifi  va  miqyosi,  joylashishi,  xalq 

xo’jaligining boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko’rsatkichlari bilan farq 

qiladi.  Biroq  bularning  barchasi  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish,  rejalashtirish  va 

boshqarish  masalalarini  har  bir  korxona  uchun  individual  tarzda  alohida  ishlab 

chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan qo’llash 

mumkin  bo’lgan  umumiy  qarorlarni  tayyorlash  mumkinligi  nazariy  va  amaliy 

jihatdan isbotlab berilgan. 

Bu  bilan  korxonalarning  ishlab  chiqarish,  mehnat  va  boshqaruvni 

tashkillashtirish  masalalarini  bir  xil  tipda  hal  qilish  mumkin  bo’lgan  guruhlarini 

aniqlash maqsadida ularni tasniflashning maqbulligini izohlash mumikn. 

Korxonalarning  eng  muhim  xususiyatlari  ularning  qaysi  tarmoqqa 

qarashliligi;  hajmi;  ishlab  chiqarishning  turli  jabhalarini  qamrab  olganligi;  

ixtisoslashtirish  darajasi  va  bir  tipdagi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish 

miqyosi;ishlab  chiqarishni  tashkillashtirish  usuli  hamda  uni  mexanizatsiyalash  va 

avtomatlashtirish;  tashkiliy-huquqiy  shakllarini  prognozlashtirishga  bog’liq 

bo’ladi. 


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling