Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki muammo va echimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval № 1
23 Рязанцев С.В., Ткаченко М.Ф. Мировой рқнок труда и международная миграция. – М.: Экономика, 2010. – С. 151. 20
Dunyo bo’yicha xalqaro migrantlar, 1975 – 2005 yillar (million kishi) 24
Yillar 1970
1980 1990
2000 2005
Dunyo bo’yicha 81,5 99,8
154,0 174,9
200 Rivojlangan davlatlar 38,3
47,7 89,7
110,3 - Rivojlanayotgan davlatlar 43,2
52,1 64,3
64,6 -
Albatta, alohida qit’alar, mintaqalar aholisining qayta barpo bo’lishida hududlardagi siyosiy, iqtisodiy, ekologik vaziyatlar ham muhim o’rin tutadi. Bo’lib o’tgan jahon urushlari barobarida fan-texnika inqilobi, yangi yerlarning mineral- xomashyo resurslarining beayov o’zlashtirilishi oqibatida global muammolar yuzaga keldi. Natijada rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida depopulyasiya, ya’ni «demografik inqiroz» yuzaga kelgan bo’lsa, boshqa ba’zi davlatlarda esa «demografik portlash» holati sodir bo’lmoqda. Jumladan, BMT ma’lumotlariga ko’ra, 2025 yilga borib, Xitoy aholisi 1569, 6 mln. kishiga Hindiston aholisi 1384,6 mln. kishiga yetishi bashorat qilinmoqda. 25
XX asrning ikkinchi yarmida shu kabi yangi omillar ta’sirida tashqi migratsiyada keskin o’zgarishlar yuz berdi. Bu urushdan keyingi davrda tinch xo’jalik yuritishda mehnat resurslariga ehtiyojning ortishi bilan bog’liq bo’ldi.
Kam rivojlangan mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishining qoloqligi, ishsizlikning yuqoriligi va natijada arzon ishchi kuchlarining to’planib qolishi ham migratsion jarayonlarga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Masalan, 1946-1957 yillarda Yevropadan 5900 ming kishi boshqa hududlarga (sanoat va qishloq xo’jaligining yangi o’choqlariga) ko’chib ketishgan bo’lsa, Shimoliy Amerika, ya’ni AQSh va Kanadaga 3200 ming kishi, Lotin Amerikasiga 1200 ming kishi, Afrikaga 300 ming kishi Avstraliya va Okeaniyaga 1000 ming kishi ko’chib o’tgan.
24 БМТ нинг Иқтисодий ва Ижтимоий масалалар бўлими: Халқаро Миграция. – Нью – Йорк: БМТ, 2004.- Б. 45. 25 БМТ нинг Иқтисодий ва Ижтимоий масалалар бўлими: Халқаро Миграция. – Нью – Йорк: БМТ, 2004.- Б. 45. 21
Urush yakunidan keyingi 10-15 yil ichida dunyo mamlakatlaridagi siyosiy- iqtisodiy vaziyat birmuncha barqarorlashdi. Endilikda, dunyo aholisi yerlari hosildor, xom-ashyo resurslariga boy mintaqalarga emas, balki sanoat rivojlangan, ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi birmuncha yuqori, fan-texnika rivojida istiqbolli hududlarga intilisha boshlashdi. Jumladan, 1960-1962 yillar davomida aholi migratsion Yevropa uchun ijobiy tus oldi va musbat ko’rsatkichni hosil etdi. Aksincha, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo davlatlaridagi migratsiya saldosi manfiy ko’rsatkichlarga ega bo’ldi. AQSh va Avstraliya davlatlariga migratsiya oqimi barqaror rivojlana bordi. Bu davrda asosiy immigratsiya davlatlari sifatida Fransiya, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Shveysariya qayd etilsa, emigratsiya davlatlari sifatida esa Jazoir, Italiya, Ispaniya, Gresiya, Meksika, Portugaliya davlatlari qayd etilgan. Sanoatning og’ir tarmoqlarida ishlash uchun asosan erkaklar talab etilgan. Masalan, 1964 yilda Belgiya ko’mir sanoatida band aholining 40 % ini xorijiy muhojirlar tashkil etgan. Migratsiya jarayoni iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi va o’z navbatida aholi joylashuvidagi muhim muammolar bilan bog’liq aholining hududiy harakatidir. Bugungi kunda aholi migratsiyasi demografiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, sosiologiya, statistika, etnografiya kabi qator fanlarning tadqiqot obektiga aylandi.
Mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi bir necha yuz yillar ilgari boshlanib, bu davrlar oralig’ida jiddiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Albatta, bu Buyuk geografik kashfiyotlar va uning oqibati bo’lmish xalqaro mehnat taqsimotidagi o’zgarishlar migratsiya jarayonining shu darajada rivojlanishiga sabab bo’ldi. Masalan, Amerika qit’asining kashf etilishi yoki Afrika materigidagi ma’danlarning o’rganilishi Yevropa, Afrika, Amerika qit’alari bo’ylab migratsiya jarayonlarining faollashuvini keltirib chiqardi. Birinchi va ikkinchi jahon migratsiyasi asosan siyosiy jarayonlar bilan bog’liq bo’ldi. Bu davrda aholi migratsiyasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar chetda qoldi. Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda, yillik migratsiya saldosi 90-yillarning o’rtalariga kelib, qariyb 1 mln. kishini tashkil 22
etgan, ya’ni qabul qiluvchi mamlakatlarga ko’chib kelganlar soni bu yerdan chiqib ketganlarga nisbatan 1 mln. ko’p bo’lgan. Taxminlarga qaraganda, jahon iqtisodiyotining barqarorlashuvi munosabati bilan migratsiya saldosi yaqin yillar ichida kamayib boradi.
Xalqaro migratsiya bilan bog’liq bo’lgan pul oqimi hajmi 100 milliardlab dollarni tashkil etadi va uni ko’lami jihatidan bemalol yillik bevosita xorijiy investisiyalariga tenglashtirish mumkin. Emigratsiya mehnat resurslari serob bo’lgan mamlakatlar iqtisodiyotiga yaxshi ishlari ta’sir ko’rsatadi, nega deganda, ishchi kuchining chet elga chiqib ketishi ishsizlikni kamaytiradi. Chunonchi, 70- yillarda Misr hukumati ishsizlikka qarshi kurash dasturini qabul qilar ekan, unda Fors ko’rfazi mamlakatlariga bo’ladigan emigratsiyalash, rag’batlantirish choralarini ko’zda tutgan. Puerto-Rikoda eng kam ish haqi qonun bo’yicha ishchi kuchining loaqal uchdan bir qismi AQShga ketishi mo’ljallangan. «Aqliy talofot» ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar ayniqsa, Afrika (Malavi, Sudan, Zambiya) uchun jiddiy muammo bo’lib kelmoqda. Biroq ko’p hollarda mamlakatda iqtisodiy ahvol yaxshilanganda «Aqliy talofot» ham barham topdi. Masalan, hind olimlari Silikon vodiysida yuksak texnologiyaga asoslangan Amerika koorporasiyalarida bir qancha yil ishlab keyin o’z yurtlariga qaytgan hind sanoatida yangi kompyuter dasturlarini yaratish sohasiga asos qo’ydilar.
baholanadi, buning sababi chet eldan kelgan ishchilar ish joylarini egallab tub aholi o’rtasida ishsizlikni ko’paytiradi. Bunday muammo ham borligini inkor etmagan holda, shuni ta’kidlash lozimki, immigrantlar o’zlari bilan birga, tajriba, bilim, o’quv degan narsalarni olib keladilar. AQSh, Kanada va Avstraliya immigratsiyasi natijasida paydo bo’lgan mamlakatlardir. Ba’zi mamlakatlarda immigrantlar butun bir tarmoqni kelib rivojlantirib yuborishadi. Bunga misol qilib, Indoneziya, Malayziyada ishlagan xitoylik sanoat ishchilarini Afrikada faoliyat ko’rsatgan hind va Livan biznesmenlarini, Fors ko’rfazida xizmat qilgan iordaniyalik va falastinliklarni ko’rsatish mumkin. Qolaversa, immigrantlar ko’pgina mamlakatlarda mahalliy aholi inkor etadigan bo’sh ish joylarini to’ldirishadi.
23
Turkiya va Shimoliy Afrikadan keladigan immigrantlar Germaniya va Fransiya immigratsiyaning 60-80%ini tashkil etishadi. Falastinliklar Isroilda, indoneziyaliklar Malayziyada, boliviyaliklar Argentinada eng og’ir ishlarga jon deb ko’nishadi. Qolaversa, mamlakat uchun daromad keltiruvchi, shu jumladan, eksportdan daromad keltiruvchi ba’zi sanoat tarmoqlari immigrantlar bo’lmasa, tang ahvolga tushib qolardi. Migratsiya natijasida erishilgan iqtisodiy samara, migrantlar daromadining oshishi, o’z yurtiga yuboradigan pul jo’natmalarining ko’payishi shakllarida namoyon
bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlar– immigratsiyasining asosiy yo’nalishi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa emigratsiyaning asosiy manbaidir.
Insoniyat tarixi–bu migratsiya tarixi hamdir. Odamlar bir joydan ikkinchi joyga birdan-bir maqsad, ya’ni yaxshi yashash uchun maqbul joylarga, ish bor joylarga ko’chishadi. Migratsiya jarayoni ayniqsa, keyingi ikki yuz yillikda juda tezlashdi. XIX asrda 50 mln. yevropalik, boshqa kontinentlarga ko’chishdi. Ko’chishlarning asosiy sababi yashayotgan joylarida yerlarning yetishmovchiligi va ko’chib borgan joylarida esa yerlarning arzon baholarga sotilishidir. Ko’chib borgan migrantlarning ko’pchiligi qishloq joylarida o’rnalashdilar. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida esa migratsiya oqimi yirik sanoatlashgan shaharlarga qaratishdi. 1846-1939 yillarda Yevropada 38 mln. odam AQSh ga, 7 mln. Kanadaga, 2 mln. Avstraliyaga, 7 mln. Argentinaga, 5 mln. Braziliyaga ko’chib o’tishdi.
Keyingi ikki asrdagi
jahonda ro’y bergan migratsiya oqimini taxminan to’rtta davrga bo’lish mumkin. Birinchi davr (XIX asr va XX asrning boshlari 1914 yilgacha). Bu davrda Rossiyadan tashqari Yevropaning hamma mamlakatlarida odamlar bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga bemalol hech qanday ruxsatsiz va pasportini almashtirmasdan birgina XIX asrda, ya’ni 100 yil mobaynida Yevropa aholisining 12% boshqa mamlakatlarga ko’chib kelaverishi munosabati bilan ushbu mamlakatga ko’chib keluvchilar hammasini ham qabul qilavermaslik haqida qarorlar qabul qilindi. Ayniqsa, Osiyodan ko’chib boruvchilar uchun pasport rejimi qiyinlashtirildi. Xitoyliklarni to XIX asrning oxirigacha Amerikaga ko’chib
24
kelishlari ta’qiqlandi.
Ikkinchi davr
(1914-1945 yillar), Ko’pchilik Yevropa davlatlari muhojirlarning ko’chib kelishiga qarshi bo’lgan qonunlar qabul qildilar, chunki birinchi jahon urushi davrida va ayniqsa, ikkinchi jahon urushi arafasida Yevropadan siyosiy va boshqa turli ta’qiblar ostiga olingan millionlab kishilar Yevropa davlatlarini tark etib boshqa mamlakatlarga ko’chib ketishayotgan edi. AQShda 1921-1924 yillarda immigrantlar soniga kvota e’lon qilindi. U yiliga AQSh ga mumkin bo’lgan ko’chib keluvchilar sonini 162 mln. kishi deb belgilandi. Yevropaliklar shu davr ichida asosan Lotin Amerikaga, inglizlar esa o’z koloniyalariga ko’cha boshlashdi. Angliyada 1922 yilda ko’chib ketuvchilar uchun alohida qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga binoan inglizlar o’z dominionlariga ko’chib borishayotganlarida ularga moddiy yordam ko’rsatiladigan bo’ldi. Shunday qilib, inglizlar dominionlarida o’zlarining fuqarolari joylashtirilishini, davlat miqyosiga ko’tardilar. Haqiqatdan ham, hozirgi paytda Buyuk Britaniya hamkorligidagi davlatlarning ko’pchilik aholisini inglizlar, ular Avstraliyada (96%) ni, Kanadada (45%) ni, Yangi Zelandiyada (75-80%) ni tashkil qiladi.
Uchinchi davr (1945-1975 yillar). Ushbu davrdagi migratsiya jarayoniga ikkinchi jahon urushning va neft krizisining asoratlari ta’sir qildi. Millionlab odamlar nemis asirligidan mamlakatlariga, Germaniyadan qochib ketgan nemislar esa, o’z vatanlariga qaytdilar. Shunday jarayon 1946 yilning oxirida Osiyo qit’asida ham ro’y berdi. Xitoyda Manchjuriyadan, Janubiy Koreyadan 6 mln. yaponlar Yaponiyaga deportasiya qilindi. 1947 yili Hindiston ikkiga bo’linib, Pokiston Respublikasi tashkil qilinishi munosabati bilan 8 mln. hindlar Hindistonga, 6 mln. musulmonlar esa Hindistondan Pokistonga ko’chib o’tdilar. Urushdan keyin mamlakatlar o’z iqtisodiyotini tiklash uchun, qo’shimcha ishchi kuchi kerak bo’ldi. Ko’pchilik mamlakatlar migratsiyasini cheklagan qonunlarini kamaytirib, o’rniga immigrantlar uchun bir qancha qulayliklar tug’diradigan yangi qonunlar qabul qilishdilar. Masalan, AQSh da qabul qilingan yangi qonunga ko’ra, migratsiya erkinlashtirildi va milliy tarkibga belgilangan kvotalar ham bekor qilindi. Shu davrdan boshlab, ya’ni 1946-1966 yillarda 25
AQShga 4,3 mln. odam ko’chib bordi, shularning 2,9 mln. ni yevropaliklarni tashkil qildi, Kanadaga 1 mln. odam ko’chib bordi. 1948-1963 yillar G’arbiy Yevropaning o’zi esa immigrantlarning asosiy oqimi yo’nalgan juda katta hududga aylandi. 1950-1980 yillar o’rtasida ushbu hududga 10 mln. odam ko’chib bordi. To’rtinchi davr (1970 yillarning o’rtalaridan to hozirgi davrgacha). Bu davrda Yevropa mamlakatlarida ayniqsa, sobiq Ittifoqdan ko’chib boruvchilar uchun migratsiyani qiyinlashtiradigan qonunlar qabul qilindi. 1994 yilga Yevropa Ittifoqidagi davlatlar 1992 yilga qaraganda immigrantlarga ikki barobar kam ruxsatnomalar bergan. Osiyoning sanoati rivojlangan mamlakatlarida ham hozirgi kunda malakasiz ishchilarning kelishini qiyinlashtiradigan qonunlar qabul qilinmoqda. Ma’lumki, Sovet Ittifoqi parchalanib, uning o’rnida paydo bo’lgan mustaqil suveren davlatlarda 25 mln. rus millatiga mansub aholi bor edi, hozirgacha ularning ko’pchiligi Rossiyaga ko’chib o’tdi. Rossiya hozirgi kunda MDH davlatlari orasida ishchi migrantlar oqimi qaratilgan davlat bo’lib qolmoqda va kelajakda ham shunday bo’ladi. Bunga quyidagi omillar sabab bo’lmoqda: Birinchidan, Rossiyadagi demografik vaziyat. 2003 yil Rossiyada tug’ilish koyeffisiyenti har 1000 kishiga 9,0%, o’lim yesa 15% ni, tabiiy ko’payish manfiy – 6,0% ni tashkil etgan. Ikkinchidan, Rossiyaning bepoyon hududidagi tabiiy resurslarning o’zlashtirilishi.
Uchinchidan, MDH davlatlaridagi aholining ko’pchiligi rus tilida gaplasha bilishidir. 2014 yilga kelib go’daklar tug’ilishi Rossiyada qayta tiklana boshladi. Birinchi farzand bo’lib tug’ilganlar soni 1 mln 947 ming. bolani tashkil etsa, ikkinchi farzand bo’lib tug’ilgan chaqaloqlar soni, 2014 yilda 658 ming tashkil etdi. 26
Rossiya uchun hozir ham, kelajakda ham Markaziy Osiyo respublikalari asosiy ishchi kuchi bilan ta’minlaydigan mamlakatlar bo’lib qoladi, chunki ushbu respublikalarda hali ham tug’ilish darajasi ancha yuqori.
Xalqaro migratsiyaning yana
bir turiga
Xitoy Xalq
Respublikasidagi migrantlar va ularga davlat tomonidan ko’rsatilayotgan yordam
26 Газета.uz / parliament.gov.uz 21.04.2014, 21:52 // Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling