Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki muammo va echimlar
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy
ishdan ko’zlangan maqsad–O’zbekistonda ijtimoiy ximoyani amalga oshirishda aholinig migratsion jarayonlardagi ishtirokining muammolarini yaxlit ilmiy- nazariy tadqiqot tarzida qiyosiy tahlil etish va bunda tarixiy, milliy va xorijiy davlatchilik tajribasini hamda tegishli amaliyotni umumlashtirish va o’rganish orqali mazkur tizim qonunchilik asoslarini rivojlantirishga qaratilgan, amaliyotda mavjud ayrim muammolar yechimi yuzasidan ilmiy asoslantirilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Bosqichma-bosqich shakllanib borayotgan fuqarolik jamiyatining O’zbekistondagi omillarini, fuqarolarimiz huquqiy madaniyati, huquqiy ongi tabiatini teran o’rganish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish belgilangan: – migratsiya jarayonlarida aholi ishtirokini tadqiq etishning nazariy – metodologik asoslarini, xususan, uning mamlakatimizda ro’y berishining obektiv
10
qonuniyatlarini aniqlash, iqtisodiy–ijtimoiy asoslarini ochib berish, dunyodagi migratsiya jarayonlari bilan O’zbekiston aholisinig migratsion jarayonlardagi ishtiroki o’rtasidagi dialektik aloqadorlikni ko’rsatib berish; – mamlakatni modernizasiya qilish jarayonida inson omili tushunchasi va uning mohiyatini tahlili hamda migratsiyada aholi ishtirokining sosiomadaniyat uzviyligi muammolarini tahlil etish, shuningdek uning namoyon bo’lish xususiyatlarini ochib berish. Jamiyatning migratsiya jarayonlariga nisbatan “salbiy munosabat” steriotiplarini o’zgartirish zaruriyatini asoslash;
– Globallashuv sharoitida O’zbekistonda migratsiya jarayonlarini boshqarishning muammolarini yaxlit ilmiy-nazariy tadqiqot tarzida tahlili barobarida; globallashuv va migratsiya jarayonlarini boshqarishning asosiy mezonlari va qaror topish qonuniyatlarini aniqlash. – O’zbekistonda ro’y berayotgan migratsion jarayonlarning aholi bandligiga ta’sirini yoritish. Migratsiya jarayonini boshqarishga oid davlat siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan nazariy xulosalar, amaliy takliflar va metodologik tavsiyalar ishlab chiqish.
Shunday qilib malakaviy bitiruv ishining mavzusi “O’zbekiston aholisinig migratsion jarayonlardagi ishtiroki(muammo va yechimlar)” deb nomlangan bo’lib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatga o’tishda hozirgi kundagi ijtimoiy ish xodimining kuchli migratsion jarayonlardagi ishtirokini va ishlab chiqarishdagi o’rnini demokratlashtirish kabi dolzarb mavzuga bag’ishlangandir.
Malakaviy bitiruv ishining birinchi bobi “O’zbekiston aholisining migratsiya jarayonlardagi ishtirokini o’rganishning nazariy – metodologik asoslari” deb nomlangan. Birinchi bobning birinchi paragrafi “Migratsion jarayonlarni o’rganishning nazariy-metodologik asosi” deb
nomlanib migratsiya tushunchasining hozirgi zamon g’oyasi yetarli dalil va misollar bilan batafsil yoritilgan.
Bobning
ikkinchi paragrafi “O’zbekistonda aholining migratsion jarayonlardagi ishtiroki tushunchasi va uning mohiyati” deb nomlangan. Ushbu paragrafda zamonaviy jamiyatda ro’y berayotgan migratsiya jarayonlarida aholi
11
ishtirokining ilmiy xususiyatlari, asoslari, shakllari, migratsiya jarayoni darajasining tub mohiyati ko’rib chiqiladi. Shu kabi paragrafda ularning sosiomadaniy jihatdan ko’p qirrali ekanligi va murakkabligi kabi dolzarb masalalar, imkon va bilim darajasida o’rganiladi. Malakaviy bitiruv ishining ikkinchi bobi “Mustaqillik yillarida O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlarda ishtirokining tahlili” deb nomlangan bo’lib, bu bobda O’zbekistonda migratsiya jarayonlarini boshqarishning muhim vazifalari o’zining yorqin ifodasini topgan.
Bobning birinchi paragrafi “Globallashuv sharoitida O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki va uning asosiy tendensiyalari” deb nomlanib, paragrafda jamiyat taraqqiyotidagi globallashuv va migratsiya jarayonlarini boshqarishning mezonlarini, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi tamoyillarini yoritish, o’zining tafsifini topgan. Bobning ikkinchi paragrafi “ O’zbekistonda ro’y berayotgan migratsion jarayonlar va ularning aholi bandligiga ta’siri” deb nomlangan. Paragrafda respublikamizda yuz berayotgan migratsiya jarayonlarning sotsial shart–sharoitlari va ularning aholi bandligiga ta’siri hamda uning o’ziga xos xususiyatlari izchil tahlil qilingan va dalillar misolida ko’rib chiqilgan.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling