Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#223082
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
ozbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki muammo va echimlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

13 


 

 

I – bob. O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtirokini   



o’rganishning  nazariy –  metodologik asoslari 

1.1  Migratsion jarayonlarni o’rganishning nazariy -   metodologik asosi. 

  

 Aholi migratsiyasining harakati turli xil omil va sabablarning o’zaro ta’siri 

natijasida  yuzaga  keladi.  Aholini  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko’chib  yurishga 

majbur  qiluvchi  sabablardan  eng  muhimi  iqtisodiy-ijtimoiy  sabablar,  ya’ni 

ishsizlik,  munosib  ish  topish,  oliy  va  o’rta  mahsus  ma’lumot  olish,  ya’ni  o’qish 

ajralib  turadi.  Shuningdek,  iqlimning  salbiy  ta’siri,  moddiy  madaniy-maishiy 

sharoitdan  qoniqmaslik  hamda  oilaviy  sharoitlarning  ta’siri  va  h.k.ni  sanab  o’tish 

mumkin. 

 

“Migratsiya”  terminini  qisqacha  ta’riflaganda,  u  lotincha  so’zdan  olingan 



bo’lib, aholining doimiy yashash joyi o’zgargani holda bir aholi punktidan ikkinchi 

aholi  punktiga  ko’chib  yurishni  anglatadi.  Demak,  aholining  xududlar  bo’ylab 

qilgan  harakati  –  aholi  migratsiyasi  deyiladi.  Migratsiyada  ishtirok  etuvchi 

kishilarni esa migrantlar deyiladi.  

 

Migratsiya  –  ichki  va  tashqi  migratsiyaga  bo’linadi.  Ichki  migratsiya 



mamlakat  ichkarisida  aholining  xududlar  bo’ylab,  ya’ni  shahar  bilan  qishloq 

o’rtasida  qayta  taqsimlanishiga  olib  keladi  va  u  mamlakatda  aholi  va  oilalar 

sonining ko’payishi yoki kamayishiga sabab bo’ladi. 

 

Aholining migratsion harakati asosan uch turga, ya’ni doimiy migratsiyaga, 



mavsumiy migratsiyaga va tebranma migratsiyaga bo’linadi. Kishilarning bir aholi 

punktidan  boshqa  bir  aholi  punktiga,  masalan,  qishloqdan  shaharga  yoki 

davlatlararo  doimiy  yashash  joyini o’zgartirish  maqsadida ko’chib  yurishi doimiy 

migratsiyaga  xos  jarayondir.  Doimiy  migratsiya  mamlakatning  ichki  xududida  va 

davlatlararo bo’lishi mumkin. 

  

Mavsumiy  va  tebranma  migratsiya  asosan ichki  migratsiyaga xos xususiyat 



bo’lib, aholi migratsiyasining asosiy turlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mavsumiy 

migratsiya  uchun  aholining  vaqtinchalik  xududiy  harakat  qilishi  harakterlidir.  U 

o’z  navbatida  mazmun  va  maqsadiga  ko’ra  iqtisodiy  va  ijtimoiy-madaniy 

jarayonlarga xos turlarga bo’linadi.  




 

14 


 

 

 Kishilarning bir aholi punktidan boshqa bir aholi punktiga ishlash va o’qish 



maqsadida har kuni yoki har haftada harakat qilishi tebranma migratsiyani tashkil 

etadi.  Ushbu  migratsiya  urbanizasiya  sharoitida  vujudga  keldi  va  rivojlanishi 

uchun  imkoniyat  tug’ildi.  Tebranma  migratsiyaning  asosiy  yo’nalishi  qishloqdan 

shaharga,  kichik  shaharlardan  katta  shaharlarga  bo’ladi.  Aholi  joylashishi  bilan 

ishlab  chiqarishni  joylashtirishdagi  nomutanosibliklar  tebranma  migratsiyaning 

asosini tashkil etadi.  

 

Ko’chib  yurish  intensivligi  erkaklarga  ham,  ayollarga  ham  xosdir. 



Tadqiqotlar  ko’rsatishicha  keyingi  yillarda  ayollar  orasida  migrantlar  soni  bir 

muncha ko’paydi.  

 

Aholi  migratsiyasining  yo’nalishlari  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning 



rivojlanishi  va  joylanishi  bilan,  xo’jalik  tarmoqlarining  ishchi  kuchi  bilan 

ta’minlanganlik  darajasi  va  aholining  turmush  darajasidagi  tafovutlar  bilan 

belgilanadi.  Ko’chib  yuruvchi  aholi  to’rt  yo’nalish  bo’yicha  harakatlanadi.  Bular 

shahardan  shaharga,  shahardan  qishloqqa,  qishloqdan  shaharga  va  qishloqdan 

qishloqqadir.  Aholi  harakati  yo’nalishlari  millatlar  orasida  har  xil  bo’lib,  o’zbek, 

qozoq,  tojik,  turkman,  qirg’iz,  qoraqalpoqlar  asosan  qishloqdan  shaharga 

yo’nalishida harakat qilsa rus, ukrain, yahudiylar shahardan shaharga yo’nalishida 

harakat qilishganligi statistik ma’lumotlardan ma’lum bo’ldi.  

 

Tashqi  migratsiya  albatta  oilalar  soniga,  milliy  tarkibiga  va  turli  ijtimoiy 



guruhga xos oilalar shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. O’lkamiz qadimda Buyuk 

ipak  yo’lida  joylashganligi,  o’lkamizning  boy  tabiiy  resurslari  mavjudligi,  iqlim 

sharoitining  yaxshiligi  sababli  minglab  turli  millat  vakillarining  oilalarini  ko’chib 

kelishiga  qulay  sharoit  yaratdi.  Bularning  barchasi  O’zbekistonda  oila 

shakillanishiga  ta’sir  etib,  ular  sonining  miqdoriy  o’zgarishi  va  etnik  tarkibi 

turlicha bo’lishiga sabab bo’ldi. 

 

Ta’kidlash joizki keyingi yillarda oilalarning milliy tarkibida mahalliy millat 



oilalarining  salmog’i  ortib  bormoqda.  Bu  hol  mahalliy  millat  oilalarida  tabiiy 

o’sishning yuqoriligi va ularning ko’chib yurishiga ko’p ham moyil emasligi bilan 

izohlanadi.  Aksincha  nomahalliy  millat  oilalarida  tabiiy  o’sish  past  va  ularning 



 

15 


 

 

migratsion harakatga  moyilligi kuchli hamda ularning ba’zilari tarixiy vatanlariga 



qaytish huquqiga erishdilar.  

Insoniyat  mavjudligi  va  uning  rivojlanish  darajalari,  bir  tomondan,  jamiyat 

a’zolarining ijtimoiy , iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy–mafkuraviy mobilligiga bog’liq 

bo’lgan.  Boshqa  tomondan  esa,  ayni  shu    mobillikning  har  bir  tarixiy  zamon 

ijtimoiy    makondagi  o’ziga  xos  xususiyatlari  jamiyat  taraqqiyotini  belgilovchi 

mezon  sifatida  e’tirof  etilgan.  Agar  migratsiya  jarayonining  obekti  ham,  subekti  

ham inson ekanligini nazarda tutsak,  uning mohiyatini faqat inson omilini ijtimoiy 

– siyosiy jihatlardan tahlil qilish orqali yoritish mumkinligi aniq bo’ladi.  Buning 

natijasida  Yevropadan  ko’chib  kelgan  ziyoli  oilalar  AQSh  fani  va  madaniyatini, 

hamda ilmiy salohiyatini yuqori bosqichga ko’tarib, mamlakat xo’jaligiga behisob 

boylik keltirganlar. Haqiqatdan, 1965 yilda dunyoda 75 mln. aholi ish joyi axtarib, 

o’z uylarini tashlab, boshqa mamlakatlarga ketgan bo’lsa, bu son 1985 yilda – 105 

mln., 1990 yilda – 120 mln., 2000 yilda – 150 mln. kishini tashkil etgan qilgandi

18



Demograflar  ilmiy  bashoratiga  ko’ra,    kelgusi  50  yilda  jahon  aholisi  sonining 

o’sishi  asosan  rivojlanayotgan  mamlakatlar  hisobiga  yuz  berishi  tufayli  yaqin 

kelajakda  rivojlanayotgan  va  rivojlangan  mamlakatlarda  istiqomat  qiluvchi  aholi 

o’zaro  nisbati  o’zgarib,  rivojlangan  mamlakatlar  aholisi  kamayib  boraveradi, 

faqatgina    dunyodagi  eng  boy  mamlakat    AQSh  aholisi  immigrant  (chet  ellik 

muhojir  kishi)  lar  hisobiga  ko’payadi.

19

  Oqibatda,  1950  yilda  jahon  aholisining 



rivojlangan davlatlarda yashayotgan qismi, rivojlanayotgan davlatlardagi aholidan 

ikki baravar kam bo’lgan bo’lsa, 2050 yilga kelib, bu nisbat oltidan birga o’zgaradi 

va    rivojlangan  mamlakatlarda  yashovchi  aholi,  dunyodagi  jami  aholining  oltidan 

bir qismini tashkil etishi kutilmoqda. 

20

 

 



XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  tashqi  migratsiyaning  yangi  shakli,  ya’ni 

“oqillar  ketishi”  deb  nom  olgan  migratsiya  paydo  bo’lgan.  Bunday  migratsiya 

G’arbiy Yevropadan AQShga ko’plab ziyoli oilalar ko’chib ketishidan boshlandi. 

                                                      

18

 Панина Г.В. Роль образования в социокультурной адаптации мигрантов//Вестник высшей школы/ 2013, 



ноябрь, № 11. – С. 92. 

19

  Джоэл Коэн. Демография.  // Журнал «В мире науки». - М.: 2005, № 12. - С. 17. 



20

  Джоэл Коэн. Демография.  // Журнал «В мире науки». - М.: 2005, № 12. - С. 19. 




 

16 


 

 

Ma’lumki,  ziyoli  oilalar  yuqori  malakali  mutaxassislardan  tashkil  topgan.  Ba’zi 



davlatlar  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlashni  o’zlarida  takomillashtirish 

bilan  birga  o’zga  davlatlarning  ziyoli  oilalarini  yo’ldan  urib,  o’z  mamlakatlariga 

ko’chirib kelishga katta e’tibor berganlar. Bunga yaqqol misol qilib AQShni aytish 

mumkin.  Amerikaliklar  bu  usuldan  1930  yildan  boshlab  foydalanadilar.  Buning 

natijasida  Yevropadan  ko’chib  kelgan  ziyoli  oilalar  AQSh  fani  va  madaniyatini, 

hamda ilmiy salohiyatini yuqori bosqichga ko’tarib, mamlakat xo’jaligiga behisob 

boylik keltirganlar. 

 

O’zbekiston  mustaqil  davlat  deb  tan  olingan  bir  davrda  aholining  milliy 



tarkibini  o’rganish  katta  ahamiyatga  egadir  chunki  millatlarning  ko’payish 

istiqbolni o’rganish faqat demografik nuqtai nazardan emas, balki siyosiy, sotsial-

iqtisodiy  rivojlanish  yo’lini  aniqlashda  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Ma’lumki 

O’zbekistonda aholi sonining o’sib borishi mehnat resurslarining tez o’sishiga olib 

kelmoqda.  Ayniqsa  qishloq  joylarida  yashaydigan  aholining  migratsion 

harakatchanligini  oshirish  muammosi  eng  dolzarb  bo’lib  qolyapti.  Ana  shu 

muammolarni to’g’ri hal etish Respublika aholisining xududiy  harakati va undagi 

o’zgarishlarni ilmiy o’rganishni talab etmoqda. Shu bois, O’zbekiston Respublikasi 

Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  huzurida  Tashqi  mehnat 

migratsiyasi masalalari agentligi tashkil etildi 

21



 



Hozirgi  kunda  eng  dolzarb  muammolardan  biri  qishloq  oilalarida  ortiqcha 

ishchi  kuchining  to’planib  qolishidir.  O’zbekiston  iqtisodiyotining  hozirgi 

taraqqiyotida  ishlab  chiqaruvchi  kuchlardan  oqilona  foydalanishning  zarurligi, 

kichik va  o’rta  shaharlarni har tomonlama  rivojlantirishni taqazo  etadi.  Kichik  va 

o’rta  shaharlarda  mahalliy  hom  ashyo  hisobiga  yangi  sanoat  tarmoqlarini  tashkil 

etish  yoki  xalq  hunarmandchiligining  umuman  xalq  iste’mol  buyumlari  ishlab 

chiqarishning  xilma  xil  tarmoqlarini  rivojlantirish  asosida  yangi  ish  joylarini 

tashkil  qilib,  ortiqcha  mehnat  yoshidagi  aholini  ish  bilan  ta’minlash  muammosini 

ma’lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o’rta shaharlarda ishlab chiqarishni 

rivojlantirish  hisobiga  u  yerga  qishloq  joylaridagi  ortiqcha  ishchi  kuchlari  jalb 

                                                      

21

 Мамашакиров С. Қонуний меҳнат миграцияси// Ўзбекистон овози, 2015 йил 29 январь, № 13 (31 916). 




 

17 


 

 

qilish  maqsadga  muvofiq  bo’lur  edi.  Aholi  migratsion  harakatining  yo’nalishi 



umumdavlat  nuqtai  nazaridan  maqsadga  muvofiq  bo’lgan  taqdirda,  ya’ni  ishchi 

kuchi yetishmaydigan xududlarga ko’chib o’tgandagina uning iqtisodiy ahamiyati 

katta  bo’ladi.  Migratsiya  tufayli  yangi-yangi  tabiy  boyliklarni  ishga  solish,  yangi 

yerlarni  o’zlashtirish,  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  hajmini  kengaytirish  mumkin. 

Ammo  migratsiyaning  davlat  manfaatlariga  muvofiq  bo’lmagan  yo’nalishi,  ya’ni 

aholining  mehnat  resurslari  bilan  to’la  ta’minlangan  xududlarga  ko’chib    o’tishi, 

ba’zi  xo’jalik  tarmoqlarini  tayyor  ishchi  kuchi bilan  ta’minlab,  yuzaki  qaraganda 

ijobiy  ko’rinsada,  aslida  umumdavlat  nuqtai  nazaridan  maqsadga  muvofiq  emas. 

Chunki,  bu  samarasiz  migratsion  oqim  mahalliy  mehnat  resurslarini  ishlab 

chiqarishga  to’la  jalb  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanishda  qiyinchilik 

tug’diradi.  Umuman  migratsion  jarayonlarida  sifat  o’zgarishlari  sodir  bo’lishi 

uchun  migratsiyaning  yo’nalishlari  asosan  xo’jalikning  mehnat  bilan  ta’minlanish 

geografiyasiga mos kelishi kerak.  

Bugun  dunyo  migratsiyasida  ishtirok  etayotganlarning  soni  keskin  oshib 

borayotgani  kuzatar  ekanmiz,  yaqin  kelajakda  ularning  soni  yanada  oshishi 

bashorat  qilinayotgani  bejizga  emasligini  anglasa  bo’ladi.  Migratsiya  ko’lami 

kengayishiga  kambag’allik,  ishsizlik,  inson  huquqlarining  poymol  qilinishi, 

kelajakka  nisbatan  umidsizlik  va  tushkunlikka  tushish,  turli  xil  nizolar,  urushlar 

tufayli notinchlik, qo’rquv kabi omillar sabab bo’lmoqda. 

Migrantlar,  o’z  tabiatiga  ko’ra  jamiyatning  ishbilarmon  va  harakatchan 

a’zolari  hisoblanadi.  Tarixga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak,  migratsiya  iqtisodiy 

o’sishga,  millatlarning  assimilyalashuviga,  marginal  madaniyatlar  boyishiga  olib 

kelgan. 

Migratsion  jarayonlarni  tahlil  etishda,  uning  muhim  muammolari 

mavjudligini  ham  inobatga  olish  zarur.  Xususan,  aksariyat  hollarda  migrantlar 

ekspluatasiya  qilinib,  ularning  huquqlari  poymol  etiladi:  migrantlarning  kelgan 

mamlakatlari  madaniyati  va  turmush  tarziga  moslashuvi,  integrasiyalashuvi  qiyin 

kechadi;  migrantlarni  qabul  qilayotgan  davlatlar  tub  aholisini  ish  joylaridan 

mahrum  etadi.  Bu  esa,  o’z  navbatida,  mahalliy  aholining  migrantlarga  nisbatan 



 

18 


 

 

salbiy  munosabatlarini  shakllantiradi.  Ushbu  va  boshqa  ko’plab  sabablarga  ko’ra, 



migratsiya muammosini har tomonlama, shu jumladan siyosiy–sosiologik jihatdan 

o’rganish talab qilinadi.  

Xalqaro  migratsiyaning  qisqacha  tarixiga  to’xtalib  o’tadigan  bo’lsak,  bular 

quyidagilardir.  XVIII-XIX  asrlarda  demografik  jarayonlarning  rivojlanishi  o’z 

navbatida 

davlatlararo 

savdo 

aloqalarining 



rivojlanishini, 

kemalar 


bandorgohlarining  paydo  bo’lishi,  sanoatlashgan  mintaqalarning  shakllanishida 

ham  muhim  o’rin  tutdi.  Bu  davrda  emigrantlar  faolligida  Yevropa  davlatlari 

yetakchilik qildi. Jumladan, Yevropadagi emigrantlar soni bo’yicha birinchi o’rinni 

Buyuk  Britaniya  egallagan  1815-1900  yillar  qariyb  13  mln.  kishi  emigratsiya 

qilingan. Ularning aksariyat qismi AQSh (65%), Kanada (15%), Avstraliya (9%), 

Janubiy  Amerikaga  (5%)  chiqib  ketishgan.  Ikkinchi  o’rinni  Germaniya  egallab, 

1841  yildan  to  1900  yilga  qadar  4853  ming  kishi  emigratsiya  etilgan.  Bu  davrda 

italiyaliklarning  emigratsiyasi  o’ziga  xos  bo’lib,  mavsumiy  ko’rinishga  ega 

bo’lgan  va  mohiyatan  mayatniksimon  migratsiyaga  o’xshab ketadi,  ya’ni  ulardan 

quruvchilar,  yer  o’zlashtiruvchilar  Avstriya,  Bolqon    yarim  oroli  davlatlari, 

Shveysariya,  Fransiya  kabi  davlatlarga  erta  bahordan  ketishib,  kech  kuzda 

qaytishgan.

22

 

Doimiy emigrantlar oqimi esa Argentina, Braziliya va AQShga yo’naltirilgan. 



Shunday qilib, italiyalik emigrantlar qit’alar bo’yicha taqsimoti Amerikaga – 80%, 

Afrikaga  –  19%,  Osiyoga  –  0,5%,  Avstraliyaga  –  0,5%  ni  tashkil  etgan.  1900 

yillardan 1939  yilgacha  Yevropadagi  emigratsiya  jarayonlarini  Shimoliy  Yevropa 

davlatlari  davom  ettirdi.  Bu  davrda  Shvesiyadan  305  ming,  Norvegiyadan  360 

ming, Daniyadan 206 ming emigrant chiqib ketgan. Ikkinchi jahon urushi davrida 

Yevropadagi  migratsiya  jarayonlari  nihoyatda  tartibsiz  kechgan.  Kishilar 

yoppasiga  xavfsiz  hududlarga  ko’chirilgan.  Ammo,  urush  Yevropaning  deyarli 

barcha hududini qamrab oldi. Siyosiy jarayonlar bilan bog’liq bo’lganligi bois, bu 

migratsiya  jarayonlari  vaqtinchalik  ko’rinishga  ega  bo’ldi.  Shunday  qilib,  XX 

                                                      

22

  “Демография  асослари”  фанидан  ўқув  –  услубий  мажмуа  (бакалавриат  босқичи  талабалари  учун)  - 



Тошкент, ЎДЖТУ нашри. – 2012. - Б. 177. 


 

19 


 

 

asrga kelib demografik jarayonlar nihoyat  murakkab ko’rinishga ega bo’lib qoldi. 



Insoniyat tarixida katta o’rin egallagan ikkita jahon urushini boshidan kechirishiga  

qaramay, dunyo aholisi 1900-1950 yillar davomida 50 yil ichida 440 mln. kishiga 

ko’paygan  bo’lsa,  1950-1980  yillardagi  30  yil  ichida  2,1  martaga  ko’paydi. 

Shuningdek, o’tgan XX asrning 50 yillariga nisbatan 1990 yillarda 3571 mln. ga, 

2000 yilda 4436 mln. kishiga ko’paydi. 

Migrantlar  hayotini  kuzatgan  mutaxassilarning  fikricha,  ularning  o’z 

davlatlarida  yoki  ular  boradigan  joylarda  muhim  ijtimoiy,  iqtisodiy,    siyosiy  va 

ruhiy  psixologik  vaziyat  yuzaga  keladi.  Bugungi  kunda  rivojlangan  yoki 

rivojlanayotgan davlatlarda migratsiya tajribasini, uning salbiy yoki ijobiy ta’sirini 

sezmagan odam bo’lmasa kerak. 

1990  yilgacha  xalqaro  migrantlarning  katta  qismi  rivojlanayotgan 

mamlakatlarda  yashagan  bo’lsa,  bugungi  kunga  kelib,  ularning  aksariyat  qismi 

rivojlangan  davlatalarda  yashash  imkoniyatiga  ega  bo’ldilar  va  ularning  nisbat 

darajasi  yildan–yilga  sezilarli  oshib  bormoqda.Ayniqsa,  globallashuv  sharoitida 

bilim  olish,  o’qish  uchun  chet  ellarga  ketayotganlarning  migratsion  oqimi 

o’smoqda. 1980-yillarda chet el universitetlarida 800 ming chet ellik talaba o’qigan 

bo’lsa,  1990 yilda ularning soni 1 mln. dan oshib ketdi. XXI asr boshlarida esa, 1, 

5 mln. ni tashkil qildi

23



Hozirgi  kunlarda  global  migratsiya  jarayonida  «Janubdan»  «Shimolga» 



ko’chishning  kuchayishi  kuzatilmoqda.  Bunda  odamlarning  qashshoq 

mamlakatlarni  tark  etib,  boy  mamlakatlarga  yo’l  olayotganlariga  sabab  bo’luvchi 

bir qancha muhim omillarni ko’rsatish mumkin (Qarang: 1-jadval). 


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling