Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki muammo va echimlar
30
tushunchasi va uning mohiyati. XXI asrga kelib, inson shunday murakkab sharoitda: o’zining borliqdagi o’rni, hayot mazmuni, ijtimoiy–siyosiy munosabatlardagi maqomi haqida qayta o’ylab ko’rishga majbur bo’lmoqda. Bu esa, O’zbekiston aholisi misolida ham migratsiya jarayonini inson muammosi kontekstida keng ko’lamda va chuqur tahlil qilish borasida ijtimoiy ishchi xodimlari fani oldiga bir qator vazifalarni qo’yadi. Tadqiqot mavzusi maqsadidan kelib chiqqan holda, inson omilini migrant maqomi kontekstida tahlil qilganda uning ijtimoiy mohiyati konkretlashadi. Lekin, aholi migratsiyasining harakati turli xil omil va sabablarning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Aholini bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishga majbur qiluvchi sabablardan eng muhimi iqtisodiy-ijtimoiy sabablar, ya’ni ishsizlik, munosib ish topish, oliy va o’rta mahsus ma’lumot olish, ya’ni o’qish ajralib turadi. Shuningdek, iqlimning salbiy ta’siri, modddiy madaniy-maishiy sharoitdan qoniqmaslik hamda oilaviy sharoitlarning ta’siri va h.k.ni sanab o’tish mumkin.
O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga qo’shilishi uni jahon mehnat bozorida ham faol qatnashishini taqozo etadi. Iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki yillaridagi joylashtirish bilan shug’ullanuvchi barcha jismoniy va yuridik shaxslar yoki xorijiy ish beruvchilar bilan xususiy ravishda kontrakt tuzilgan fuqarolar hamda ishlash uchun O’zbekistonga kelayotgan chet el fuqarolari tegishli davlat idoralaridan ruxsatnoma (lisenziya) olishlari lozim. Inson paydo bo’libdiki, u dunyoni, o’zini bilishga, atrof–muhitning sir– asrorini ochib berishga harakat qiladi. Lekin, inson uchun eng murakkab, doimiy muammo bu–uning o’zligini, o’z mohiyatini anglashdir. To’g’ri, har bir tarixiy davrda inson muammosiga yondoshish usuli ham, ko’lami ham turlicha bo’lgan, lekin uning dolzarbligi hech qachon ahamiyatini yo’qotmagan. Shuning uchun ham O’zbekistonda aholining migratsion mobilligi kuchayotgan hozirgi davrda inson omilini
faollashtirish muammosining dolzarbligi, nafaqat
uning 31
an’anaviyligiga, balki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi o’ziga xos, murakkab bosqichidagi muhim o’zgarishlarga ham bog’liqdir.
O’zbekiston mustaqil davlat deb tan olingan bir davrda aholining milliy tarkibini o’rganish katta ahamiyatga egadir chunki millatlarning ko’payish istiqbolni o’rganish faqat demografik nuqtai nazardan emas, balki siyosiy, sotsial- iqtisodiy rivojlanish yo’lini aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. Ma’lumki O’zbekistonda aholi sonining o’sib borishi mehnat resurslarining tez o’sishiga olib kelmoqda. Ayniqsa qishloq joylarida yashaydigan aholining migratsion harakatchanligini oshirish muammosi eng dolzarb bo’lib qolyapti. Ana shu muammolarni to’g’ri hal etish Respublika aholisining xududiy harakati va undagi o’zgarishlarni ilmiy o’rganishni talab etmoqda.
Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri qishloq oilalarida ortiqcha ishchi kuchining to’planib qolishidir. O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi taraqqiyotida ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona foydalanishning zarurligi, kichik va o’rta shaharlarni har tomonlama rivojlantirishni taqazo etadi. Kichik va o’rta shaharlarda mahalliy hom ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil etish yoki xalq hunarmandchiligining umuman xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish joylarini tashkil qilib, ortiqcha mehnat yoshidagi aholini ish bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o’rta shaharlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga u yerga qishloq joylaridagi ortiqcha ishchi kuchlari jalb qilish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Aholi migratsion harakatining yo’nalishi umumdavlat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo’lgan taqdirda, ya’ni ishchi kuchi yetishmaydigan xududlarga ko’chib o’tgandagina uning iqtisodiy ahamiyati katta bo’ladi. Migratsiya tufayli yangi-yangi tabiy boyliklarni ishga solish, yangi yerlarni o’zlashtirish, ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini kengaytirish mumkin. Ammo migratsiyaning davlat manfaatlariga muvofiq bo’lmagan yo’nalishi, ya’ni aholining mehnat resurslari bilan to’la ta’minlangan xududlarga ko’chib o’tishi, ba’zi xo’jalik tarmoqlarini tayyor ishchi kuchi bilan ta’minlab, yuzaki qaraganda ijobiy ko’rinsada, aslida umumdavlat nuqtai nazaridan 32
maqsadga muvofiq emas. Chunki, bu samarasiz migratsion oqim mahalliy mehnat resurslarini ishlab chiqarishga to’la jalb qilish va ulardan oqilona foydalanishda qiyinchilik tug’diradi. Umuman migratsion jarayonlarida sifat o’zgarishlari sodir bo’lishi uchun migratsiyaning yo’nalishlari asosan turli xil mulk xo’jaligining mehnat bilan ta’minlanishiga mos kelishi kerak. Demak, zamonaviy aholishunoslik nazariyasi, o’zining ko’lami jihatidan, juda keng doiradagi masalalarni hal qilishga qaratilgan. Lekin, hozircha aholi haqidagi to’plangan tabiiy ilmiy hamda ijtimoiy bilimlarni maxsus va umum ilmiy uslublar asosida umumlashtirishga yo’naltirilgan bunday harakatlar bir butun bilimlar tizimini yaratgan emas. Umuman aholi haqidagi to’plangan tabiiy yoki ijtimoiy fanlar to’plagan bilimlar majmuasi ham, uning bir butun obyekt sifatida yaxlit tasavvurini bera olmaydi. Chunki aholi uni tashkil etuvchi elementlarning oddiy majmuasi emas, balki, yangi sifat darajasini ifodalovchi, muayyan barqarorlikka, shu bilan birga dinamik rivojlanishdagi ijtimoiy hodisadir. Shuning uchun ham aholining alohida jihatlarini, xususan migratsiya bilan bog’liq o’zgarishlarni muayyan fan doirasida o’rganib, uning mohiyatini to’laligicha ochib berishi mumkin emas. Shu bois, intellektual jihatdan yuqori taraqqiy topgan davlatlar XXI asrda ta’limni rivojlantirishni muhim strategik vazifa deb qaramoqdalar. 29 Biz bu jarayonda har bir xalqning migratsiya natijasida ma’naviy integrasiyalashuvi va unifikasiyalashuviga qaramasdan mental xususiyatlarini saqlab qolishi ham alohida ahamiyat kasb etishini nazarda tutish lozimligini qayd qilmoqchimiz. Vaholanki, har qanday shaxs tilining individual xususiyatlari “omillar kompleksi” bilan determinlashgan bo’lib, ularning tarkibida migratsiya jarayoni alohida ahamiyatga ega. Ya’ni, migratsiya hodisasi migrantning ham, migrantni qabul qilgan ijtimoiy muhitni ham kompleks–sistemali tahlil qilishni taqozo qiladi. 30
Umumlashtirib aytganda, inson omilini har tomonlama kompleks o’rganishga qaratilgan, aholishunoslik deb nomlanuvchi yaxlit bir butun nazariyani
29 Qarang: Абдуллаев Ю. Жаҳон олий мактаби: қиёсий таҳлил. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 2001. – Б. 12. 30 Qarang: Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность. – М.: 1977. – С. 162. 33
yaratish, uning umummetodologik asoslarini yaratishga bog’liq. Faylasuf I.T.Frolovning fikricha, bunday umummetodologik asos vazifasini: integrativ, aksiologik xarakterga ega, maxsus fanlar, (xususan, ijtimoiy ish va sosiologiya) xulosalariga asoslangan va ularni muayyan metodologiya asosida umumiy maqsadga yo’naltira oladigan ilmiy ijtimoiy-falsafa bajarishi mumkin. 31
yaxlitlikka erishgani yo’q. Bu o’rinda mashhur sosiolog P.Sorokin faol migratsiya jarayonlarida turli darajadagi xalqaro ta’lim dasturlari orqali o’z malaka va ko’nikmalarini oshirgan yoshlar orasida turli xil og’ishlar kuzatilayotganiga ishora qilib aytgan quyidagi fikrlarini keltirishni lozim deb hisobladik: “Universitet bitiruvchilarining ko’payishi, gumanitar fanlar bakalavrlari, magistrlari, sosiologiya, ijtimoiy ish va falsafa doktorlari hamda boshqalar sonining ortib borishi jamoatchilikka foydadan ko’ra ko’p zarar keltiradi. Ko’pchilik uchun bunday xulosa paradoks bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin bu haqiqat” 32 . Bizning fikrimizcha, bugungi kunda ham barcha talabalarning har qanday qiziqishi va ijtimoiy holatini o’rganish, balki rasional boshqarish foydadan xoli bo’lmaydi. Chunki jamiyatda avj olib borayotgan muammolarga hech ikkilanmasdan “deviant” kayfiyatdagi insonlar, xususan yoshlar hayotidan ko’plab misollar keltirish mumkin. O’zbekistonda mamlakatning 60 foizdan ko’proq aholisi yoshlardan iborat ekanligini inobatga olib, migratsiya jarayonlarini boshqarishda inson omilini aholining bevosita shu demografik qatlami bilan bog’lab o’rgandik. Jamiyatda yoshlar muammosini sosiologiyaning tarmoq yo’nalishi hisoblangan “Yoshlar sosiologiyasi” o’rganib, yosh avlodning ijtimoiy hayotga kirib kelishi, ijtimoiylashuv xususiyatlari, katta avlod nazariy bilimlari va amaliy tajribalariga vorislik asosida hayotiy rejalarini shakllantirish va unga nisbatan yo’naltirilgan qadriyatlarni–jumladan kasbiy, ijtimoiy mobillik, turli guruhlar ichida ijtimoiy rollarni ijro etish va ko’nikmalarni shakllantirish kabi omillarni tahlil etadi.
31 Qarang: Фролов И.Т. О человеке и гуманизме. – М.: Наука 1989. – С. 25 – 26. 32 Qarang: Фролов И.Т. О человеке и гуманизме. – М.: Наука 1989. – С. 25 – 26. 34
Zamonaviy ijtimoiy-demografik guruhlar sosiologiyasida yoshlar muammosi masalalarini o’rganishda “YuVENTOLOGIYa” (lotin tilida-yuventus), - deb nomlanuvchi maxsus tarmoq fan yo’nalishi kiritilgan bo’lib, lug’aviy ma’nosi “ta’sir o’tkazish” degan iborani beradi. 33 U yoshlarning o’zlari yashab turgan jamiyat hayotiga nisbatan munosabatlarini, ularning ijtimoiy–siyosiy jarayonlardagi ishtirokiga turli omillar ta’sir kuchini o’rganadi va tahlil etadi. Yoshlar muammosiga yuqorida ko’rsatilgan yondashuvlarning umumiy kamchiligi, ularning migratsion jarayonlardagi faol ishtirokini va shu xususiyat bilan bog’liq muamolarni diqqatdan chetda qoldirishdir. Shuning uchun yoshlar masalasi tahlilida, undagi davr ruhi yoki demografik holatlaridan kelib chiqib emas, balki ular uchun xos bo’lgan mental xususiyatlarni belgilab beradigan migratsiyaga moyillik sifatlariga qarab baholash kerak. Bunda yoshlarning jamiyat rivojlanishiga qo’shayotgan hissasini albatta migratsion mobilligi bilan bog’liq ekanligini unutmaslik lozim. Shu bois, aholining migratsion jarayonlardagi ishtiroki va uning mohiyatini to’liq ravishda anglamoqchi bo’lsak, yoshlarning ijtimoiy demografik ko’rsatkichlari bilan bog’liq faktlarning tahliliga juda katta e’tibor qaratmog’imiz zarur. Zero, Vatanimiz mustaqillikka erishgach, uning taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yurtimizda inson salomatligini asrash, unga munosib sharoit yaratish va g’amxo’rlik ko’rsatish uzluksiz o’sib borayotganining tasdig’i sifatida aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi 1990 yildan 2014 yilga kelib, 67 yoshdan 73,5 yoshga yetganini O’zbekiston Respublikasi Prezidentimiz I.A.Karimov alohida qayd etib o’tdilar. 34
O’zbekistonda jami aholining 60 foizini 30 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi. Demografik nuqtai nazardan bu ko’rsatkich juda katta mehnat resurslariga ega ekanligimizni ko’rsatadi. Hozirgi zamonda, ya’ni so’nggi o’n yilda(2003–2013 yillarda) 14 yoshgacha bo’lgan o’g’il bolalar o’rtasida o’rtacha vazn ko’rsatkichi 43 kilogrammdan 47 kilogrammga, qizlar o’rtasida esa
33 Qarang: Социология. Учебное пособие для студентов ВУЗов. – М.: «Тетра Системс», 1988. – С. 391. 34 Мамлакатимизни демократик янгилаш ва модернизация қилишга қаратилган тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириш – бош мақсадимиздир. Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 22 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси// Халқ сўзи, 2014 йил 6 декабр, № 237 (6167).
35
44 kilogrammdan 48 kilogrammga ortgani kuzatilmoqda. Ularning bo’yi esa o’g’il bolalar o’rtasida o’rtacha 3 santimetrga, qiz bolalar o’rtasida esa 2,9 santimetrga o’sgani aniqlangan. Hozirgi vaqtda 92 foiz o’g’il–qizlarimizning vazni va bo’yiga doir ko’rsatkichlari Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti standartlariga to’la mos keladi. Agar 2003 yilda harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan yigitlar yurtimizda 67, 6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilda bu ko’rsatkich 82, 5 foizga etdi. 35
Yuqorida qayd etilganlarning barchasi, davlat tomonidan olib borilayotgan demografik siyosatning amaliy natijasidir.
2014 yilda
ta’lim muassasalarining 500 ming nafardan ortiq bitiruvchisi, ishga joylashishi kerak bo’lgan 630 mingga yaqin kishi mehnat bozoriga kirib kelgan edi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi o’rinbosari Botir Alimuhammedov O’zXDP Markaziy Kengashi hamda
Oliy Majlis
Qonunchilikpalatasidagi fraksiyasining 2014 yilda bo’lib o’tgan ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasi muhokamasiga bag’ishlangan kengaytirilgan yig’ilishida ma’lum qilgandi. Iqtisodiyot vazirligi demografiya va mehnat bozori bo’limi boshlig’i Zafar Sharipovning aytishicha, respublikamizda ishga layoqatli iqtisodiy faol aholi soni yildan-yilga oshib bormoqda. “Bandlik tarkibini tahlil etadigan bo’lsak, jami band aholining 12,9 foizi sanoatda, 26,8 foizi qishloq va o’rmon xo’jaligida, 9,4 foizi qurilishda, 11,1 foizi savdo, umumiy ovqatlanish, tayyorlov va ta’minot sohalarida mehnat qilayapti”, — dedi u. 36 Demak , yuqorida keltirilgan tahlil,
ya’ni O’zbekistonda aholining migratsion jarayonlardagi ishtiroki tushunchasi va uning mohiyatini yoritish bo’yicha qabul qilingan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy xususiyatga ega bo’lgan hujjatlar, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatining asosiy vazifalarini hal etishga yo’naltirilgandir. Shuningdek, ushbu sa’y-harakatlarning barchasi milliy mehnat bozorida ishchi kuchi kasb-malaka tarkibini muvozanatga keltirishga, xorijda ishlayotgan, yashirin tashqi mehnat migratsiyasining oldini olishga va boshqalarga qaratilgan. Ayni vaqtda
35 Ҳалқ сўзи, 2013 йил 16 март, № 52 (5726). 36 Газета.uz / parliament.gov.uz 21.11.2014, 21:52 //
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling