Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#223082
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
ozbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki muammo va echimlar

Ўзбекистон 


 

26 


 

 

va  chet  mamlakatlarda  ishlab  kelib,  Xitoy  iqtisodiyotiga,  ilm-faniga,  katta  hissa 



qo’shayotgan immigrantlar  misol  bo’la  oladi.  Masalan,  hozir  chet  mamlakatlarda 

30  mln.  xitoyliklar  bor,  ularni  «Xuasyao»  deyiladi.  Hozirgi  o’z  mutaxassisliklari 

bo’yicha  malakalarini  oshirib  vataniga  qaytib,  professor  va  dosent  bo’lib 

ishlayotganlar  Xitoy  oliygohlarida  30%  dan  ortig’ini  tashkil  qiladi.  Ko’rinib 

turibdiki,  xalqaro  migratsiyaga  iqtisodiy,  siyosiy,  ekologik  sharoit,  tillarni  bilish 

bevosita  ta’sir  ko’rsatdi.  Demak,  insoniyat  tarixi  bu  migratsiya  tarixi  bilan  ham 

chambarchas bog’liq. 

Mehnat resurslari ortiqcha bo’lgan hududlarda esa,  bir qator  omillar ishchi 

kuchiga  talabning  pasayishiga  ko’maklashadi.  Xususan,  bu:    ijara  va  xususiy 

mulkchilikni  rivojlantirish;  to’lash  qobiliyatigan  ega  bo’lmagan  yoki  ekologik 

zararli  korxonalarni  yopish;  yangi  yerlarni  o’zlashtirish  ko’lamini  qisqartirish; 

moddiy–texnikaviy  va  moliyaviy  resurslar  ta’minotini  yaxshilash;  intensiv 

texnologiyani qo’llash; mehnat unumdorligini oshirish va hakazo. Bundan tashqari, 

mazkur  hududlarda  ishchi  kuchi  taklifini  oshiruvchi  omillar  mavjud:  kadrlarning 

malakasi,  ma’lumoti,  mobillik  va  eksportabellik  darajasining  pastligi,  mehnat 

resurslari  o’sish  sur’atining  ish  joylari  miqdoriga  nisbatan  yuqoriligi,  qishloq 

xo’jaligida ishlovchilarni boshqa ish joylariga jalb etishning ko’payishi, mehnatni 

qo’llash mintaqalarining yetishmasligi va boshqalar. 

Hozirgi  kunda  davlatlar,  mintaqalar  rivojida  inson  omilining  shaxs,  fuqaro 

sifatida  shakllanish    xususiyatlari  ko’rib  chiqilgan.  Shu  nuqtai–nazardan, 

migratsiyaning ijtimoiy–siyosiy jarayonlarida tadqiqotchilarning yangi odam emas, 

ya’ni ijtimoiy  xarakter shakllanmoqda degan fikrlari o’z isbotini topmoqda. Ushbu 

masalaning  bugungi  kunda  ahamiyatini  tobora  oshib  borishiga  asosiy  sabab 

globallashuv tufayli yangi bosqichga ko’tarilgan migratsiya jarayonlaridir. So’nggi 

manbalarga  ko’ra,  yer  yuzi  aholisi  yiliga  83  millionga  ko’payib,  ularning  82 

millioni  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  tug’ilgan.  Bu  mamlakatlarning  mehnat 

bozorlari  mehnatga  layoqatli  aholini  ish  bilan  ta’minlashga  qodir  emas.  Ular 

migratsiya  tufayli  o’zga  mamlakatlarga,  yot  sosiomadaniy  hududga  bormoqdalar. 




 

27 


 

 

Bu holat o’z navbatida, ular chiqayotgan va borayotgan mamlakatlardagi ijtimoiy–



siyosiy baqarorlik masalasi dolzarbligini namoyon etadi. 

Mana  shu  joyda  yana  bir  muhim  ijtimoiy–siyosiy  masalaga  ham  to’xtab  

o’tish  kerak.  Inson  biror  kasallikka  chalinsa,  uni  davolash  mumkin.  Millat 

ma’naviyatining    zaifligi,  uning  xarakteridagi  hafsalasizlik,  befarqlik, 

g’ayradinsizlik,  o’zaro  ichki  munosabatlarda  aldamchilik,  qo’pollik,  johillik, 

xudbinlik,  yalqovlik  va  boshqa  nuqsonlarda  namoyon  bo’ladi.  Demak,  hozirgi 

o’zimizni  o’zimiz  barkamol  qilishimizga  to’sqinlik  qilayotgan  ma’naviy 

jarohatlarimizni  davolashimiz  uchun  masalaga  aniq,  ya’ni  real  milliy  xarakterni 

o’rganish va o’zgartirish omili sifatida yondoshmog’imiz zarur. 

 

Natijada  millatning  o’z  ahvoliga  o’zining  munosabati,  ijobiy  jihatlarni 



oshirish  va  qusurlarni  ma’rifiy  yo’l  bilan  davolab,  kuchlantirib,  jahonning  ilg’or 

millatlari  safiga  qo’shilishi  mumkin.          Jamiyatning    o’z    ertasi  va    kelajagiga 

ishonchi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Buning zamirida millat  baxt saodati yo’lida,  

demak  xar  bir    fuqaro  manfaatidan  kelib  chiquvchi  maxsus  faoliyat-mafkuraviy 

tarbiya  yotadi.      Mafkuraviy  tarbiya  deganda  gap,  “kishilar  dunyoqarashini 

boshqarish  xaqida  emas,  balki  odamlarning  tafakkurini  boyitish, uni  yangi  ma’no 

va  mazmun  bilan  to’ldirish”  ni  anglatadi.  Mafkuraviy  tortishuvlarda  tahdid 

soluvchi  ham,  o’zini  himoya    qiluvchi  ham-g’oyani  ommalashtirish  uslublaridan 

foydalanadi.  Bu-mafkuraviy  tarbiya  uslublaridir.  Demak,  qaysi  tomonning 

yengishini pirovard natijada ilmga asoslangan targ’ibot va tashviqot hal qiladi. Shu 

tariqa  mafkuralar  tortishuv-targ’ibot  va  tashviqotlar  tortishuviga  aylanadi,  deyish 

mumkin. Shu sababli  “Milliy istiqlol mafkurasi tom ma’nodagi milliy mafkuraga 

aylanishi uchun qator talablarga javob berishi zarur. Ana shunday talablardan biri-

har qanday yovuz g’oyaga qarshi javob bera olishidir. 

27

   


Sobiq 

sovet 


mustabid    tuzumi  davrida    yosh  avlodlar  ongini    kommunistik  tarbiya  o’z 

iskanjasida  tutdi.  Kommunistik  mafkura  insonlar  ongi  va  qalbini  egallagan  edi

28



Ushbu  holatning  mavjudligini  ham  O’zbekiston  aholisining  migratsiya 



                                                      

27

 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. - Т., “Ўзбекистон”, 2000.  – Б. 45 – 46. 



28

 Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: «Ўзбекистон», 2012й. – Б. 57. 




 

28 


 

 

jarayonlarida ishtirokini o’rganishda e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. 



 

 

 



Dunyoda  insonlarning  umr  kechirish  jarayoni  uzayganligi, 

yoshlarning  intellektual  salohiyati  axborotlardan  foydalanish  bilan  ortishi 

natijasida,  sosiolog  va  demograflar  yosh  maqomini  belgilaydigan  ko’rsatkichni 

16–30  yosh  o’rtasida  olishni  taklif  qilmoqdalar.  Yevropa  Ittifoqi,  Avstraliya  va 

Yaponiya  kabi  mamlakatlarda  esa,  bu  ko’rsatkichni  hatto  14–35  yosh  orasida 

belgilash odat tusiga kirmoqda. 

Ijtimoiy–siyosiy,  iqtisodiy  –  ma’naviy  hayotning  taraqqiyot  yo’llari,  milliy 

va  umuminsoniy  taraqqiyot  tamaddunlarining  uyg’unligi,  ayniqsa,  ma’lum  millat 

yoki  mamlakatning  iqtisodiy  –  ma’naviy  jihatdan  yuksalib,  dunyoga  yuz  tutishi 

kelajak  avlodning  ma’naviy  qiyofasi,  tafakkur  tarzi,  umuminsoniy  qadriyatlarni 

o’zlashtirishlari  bag’rikenglik  (tolerantlik)  xususiyatlari  bilan  bog’liq.  Shu  nuqtai 

nazardan  ijtimoiy–siyosiy  jihatdan  murakkab  tarixiy  jarayonning,  bir  tomondan  – 

natijasi,  boshqa  tomondan–harakatlantiruvchi  mexanizmi  bo’lgan  migratsiya 

fenomenini  chuqur  tarixiy,  sotsial  –  falsafiy,  psixologik  tahlil  qilish,  uning  salbiy 

tomonlarini rivojlantirishga real  imkoniyatlar yaratadi. 

Migratsion jarayonlarni o’rganishning nazariy-metodologik asoslaridan kelib 

chiqqan  holda  qo’yidagilarni    keltirish  joizdir.  Migratsiya  jarayonlari  milliy 

ahamiyat kasb etmaydi, balki u globalalshuv sharoitida aholining kasbiy mahorati 

va bilim darajasidan kelib chiqib, kasb yoki mamlakat joyini o’zgartirishi mumkin. 

Xalqaro  migratsiya  yuqori  sur’atlarda  avj  olib  borar  ekan,  unda  ijobiy  tomonlar 

bilan  birga  mamlakat  xavfsizligi  bilan  bog’liq  ijtimoiy–siyosiy  masalalar  ham 

ustivorlashib  bormoqda.  Migratsion  jarayonlarda  eng  faol  qatlam  mehnat 

migratsiyasi  bilan  o’lchanadi  va  uning  ahamiyati  migrant  chiqqan  davlat  uchun 

ham, u faoliyat yuritayotgan mamlakat uchun ham umumiy xarakterga ega. Xuddi 

shuningdek,  ijtimoiy  ish  xodimi  kasbining  nazariy–metodologik  asoslaridan  kelib 

chiqib, migratsiya jarayonida inson omili rolini tadqiq etish va ushbu tushunchani 

siyosiy-ijtimoiy mohiyatini sosiomadaniy kontekstda tahlil qilish asosida quyidagi 

xulosalarga kelish mumkin. Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtirib, migratsion 

jarayonlarni  o’rganishning  nazariy-metodologik  asosi  bo’yicha  quyidagi 



 

29 


 

 

yakunlarni  bayon  etish  mumkin.  Migratsiya  jarayonlarini  tartibga  solishda 



davlatlar  o’rtasida  «aralash  fuqarolik»  huquqiy  me’yorlarini,  qonuniy  tizimini 

yaratish  zarurati  vujudga  kelmoqda.  Migrantlarning  ikki  madaniyat  o’rtasida 

qolishi  (marginal  shaxs)  natijasida  vujudga  keladigan  sotsial  muammolarning 

oldini  olish  va  oqibatini  bartaraf  qilishning  ijtimoiy    –  ruhiy  asoslarini  yaratish, 

ularni  boshqarishning  zaruriy  shartidir.  Migrantlar  o’rtasida  deviantlik  hodisasi 

oldini  olish  uchun  moslashuv  (adapsion)  muhitini  yaratishda  yuventologiyaning 

nazariy  xulosalarini,  metodologik  tavsiyalarini,  amaliy  takliflarini  hayotga  keng 

joriy qilish talab etiladi. 

Migratsiya jarayonida inson omilining siyosiy–ijtimoiy mohiyati jamiyatning 

ijtimoiy–iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  rivojlanish  darajasiga  bog’liq  bo’lib, 

bugungi  globallashgan  dunyoda  ko’plab  ijtimoiy–gumanitar  fanlar  nuqtai–

nazardan  tadqiq  etish  ham  alohida  ahamiyatga  ega.    Migratsiya  jarayonining 

siyosiy va ijtimoiy-sosiologik tahlili uning istiqbolda sifatiy, miqdoriy va dinamik 

shakllanishining  ilmiy  prognozini  berish  zaruriyatini  taqozo  etadi.  Barcha 

sohalarda bo’lganidek, migratsiya jarayonida inson omilining roli ustivorligi ilmiy 

asoslangan  qonuniyat  maqomiga  ega  bo’lib,  u  jamiyat  taraqqiyotining  muhim 

omiliga aylandi.    

 

 



 

 

 



Migratsiya 

jarayonida 

inson  omili  rolini  tadqiq  etilishi,  bir  tomondan,  jamiyat  taraqqiyotida  sotsial 

muammolarni o’rganish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, migrantlarning butun 

dunyo hamjamiyatida alohida sotsial institut sifatida vujudga kelganligini tan olish 

zaruriyatini  ko’rsatadi.  Shu  tufayli  davlatlarning  migratsiya  jarayonini 

tashkillashtirish,  boshqarish  va  nazorat  qilish  siyosati  samaradorligi  ijtimoiy–

iqtisodiy barqaror taraqqiyotda o’ta muhim ahamiyatga ega  




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling