Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti masharipov y
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
sport psixologiyasi.
Murabbiy–G.: Murabbiy o„z komandasi a‟zolariga hal qiluvchi o„yinlarning
birida shunday deydi: «Bo‘lajak hal qiluvchi turnirda shunday o‘ynash kerakki, siz xuddi oltin medal uchun o‘ynayapsiz. O‘yin natijasi sizning jonbozlik ko‘rsatib harakat qilishingizga bog’liq. Qiyin daqiqalarda ham bir-biringizga yordam berishni unutmanglar. Agar do‘stingiz xatolikka yo‘l qo‘ysa, ha deb noliyvermang. Unga yordamga kelishni unutmang. Bugungi har bir kiritilgan to‘p, har bir ochko uchun kurashda o‘zingizni ayamang, komandaning g’alaba qilishi uchun jonbozlik ko‘rsating. Bugun sizlar oldingi mag’lubiyatlarni, bir-biringizdan o‘tgan xafagarchilikni, qiyinchiliklarni unutingizlar, bunday holat har biringizdan o‘tgan bo‘lishi mumkin. Shaxsan «Men»ni yengib, komandamiz g’alabasini ko‘zlab o‘ynashingiz lozim». Sport faoliyati jarayonini boshqarishda, jamoaning musobaqada g‟alabaga erishishida, murabbiy bilan sportchining o„zaro do„stona munosabatlari komandadagi muhitni yaxshi yo„lga qo„yishda ijobiy samara beradi. Ayrim murabbiylarning sportchilarga nisbatan qo„pol muomalalari, adolatsizligi, arzimagan xato uchun qattiq jazolashi, qiyin sharoitlarda sportchi ko„nglini ko„tarish uslublaridan foydalanish yo„llarini bilmasligi, g‟alaba yoki 90 mag‟lubiyat sabablarining mexanizmlarini psixologik tahlil qilishdagi bilimsizligi murabbiy bilan sportchi o„rtasida ziddiyat va to„qnashuvlar keltirib chiqaradi. Sportda nizo va to„qnashuvlar ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, sport mashg‟ulotlari va musobaqalar jarayonida ko„p qirrali ijtimoiy-psixologik hodisa hisoblanadi. Bu har bir sportchining shaxsiy yoki komanda a‟zolari bilan birgalikda boshqa komanda sportchilariga, ya‟ni raqiblariga qarshi yo„naltirilgan hissiyotlardan iborat bo„lgan harakatlar yig‟indisidir. Agar to„qnashuvlar uzoq davom etadigan bo„lsa, tegishli jazo qo„llaniladi. Ba‟zi murabbiylar komandadagi yashirin nizolar to„g‟risida shikoyat qilib yuradilar, lekin nizolarning kelib chiqish sabablarini o„rganmasligi natijasida komanda o„yinchilari musobaqalarda ketma-ket mag‟lubiyatga uchraydigan bo„lib qoladi. O„yinda mustahkam birlashgan, do„stona munosabatda bo„lgan komandaning g‟alabaga erishishi oson bo„lishini sport mutaxassislari juda yaxshi tushunadilar. Sport mashg‟uloti va musobaqalar jarayonidagi nizolar, ziddiyatlar, to„qnashish holati sportchining qobiliyatiga, xulq-atvoriga va ko„rsatkichlariga salbiy ta‟sir qiladi. Buning uchun sportchilarda muloqot malakalarini o„stirish va to„qnashish holatida o„zining xatti-harakatlarini nazorat qila bilish, faollik va o„ziga ishonch kabi ijobiy irodaviy sifatlarni rivojlantirib borish zarur. Murabbiylar sport komandalaridagi o„zaro munosabatlarni yaxshi yo„lga qo„yish, sportchilarda ijobiy xulq-atvorni shakllantirish uchun maxsus ijtimoiy-psixologik treninglar rejasini ishlab chiqishi lozim. Sportchilarning o„zaro munosobatlarida yuz beradigan to„qnashuv holati insonning boshqa faoliyat turlarida kechadigan ziddiyatlardan o„zining ijtimoiy- psixologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Sportchilardagi bu xususiyatlar kamdan- kam holatlardagina ochiqchasiga yuzaga chiqadi. Agar nizolar to„g‟ri aniqlansa va oshkora xolislik bilan bartaraf etilsa, salbiy tuyg‟ular pasayadi, komanda a‟zolari o„rtasida mustahkam birlik vujudga keladi. Natijada o„yinchilar o„rtasida ko„tarinki kayfiyat, g‟alabaga bo„lgan intiluvchanlik va ishonch oshadi. Komanda a‟zolari o„rtasidagi ziddiyatlarning oldini olish va uni bartaraf qilish sport amaliyotida quyidagi ijtimoiy-psixologik omillarga ham bog‟liq: 1) to„qnashuvda ishtirok qilayotgan sportchining shaxsiga; 2) qarshilik ko„rsatuvchi 91 tomonning tutgan o„rni (sportchining ziddiyatdagi «Men» yoki «Biz», ya‟ni shaxs, guruh, jamoa ekanligi)ga; 3) ziddiyatlarning paydo bo„lishida atrof-muhitning ta‟siriga; 4) ziddiyatlarni hal etishda psixotexnologiyaning o„rniga kabilar. Komanda sportchilarining o„zaro munosabatlarida paydo bo„ladigan ziddiyatlarning oldini olishda sportchilar bilan tashkil etiladigan trening xizmatini quyidagi besh bosqichga ajratdik: Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling