Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti masharipov y
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
sport psixologiyasi.
1-bosqich. Ziddiyatlarning murakkabligi va qiyinligiga e‟tiborni qaratish.
Bunda ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini o„rganish uchun har bir sportchini psixologik bilimlar bilan qurollantirish, shaxs sifatida sportchining kuchli va zaif tomonlarini hisobga olabilish lozim. 2-bosqich. Ziddiyat to„siqlarini bartaraf etish. Bu bosqichda sportchining ziddiyat to„siqlarini yengishi, uning shaxsiy xususiyatlariga, sportdagi tajribasiga, xarakteriga, fe‟l-atvoriga, temperamenti (mijoz)ga bog‟liqligini nazardan qochirmaslik kerak. 3-bosqich. Ziddiyatlarda paydo bo„ladigan hayajon-vahima (sportchining ziddiyatlarda qattiq ruhiy zarbani va vahimani yengib o„tishga bo„lgan qobiliyati yoki qobiliyatsizligi)ni hisobga olish. 4-bosqich. Sportda uchraydigan haqiqiy ziddiyatlar (sport faoliyati jarayonlarida sport mutaxassislari va sport musobaqalarining xarakteriga qarab ziddiyatlar)ni yengishga odatlantirish. 5-bosqich. Ziddiyatlarning keskin o„zgarishi, ya‟ni sportchi faoliyatida keskin o„zgarishlar yuz bergan vaziyatlarda ham uni ziddiyatlarni yengish holatiga tayyorlash. Sportchi faoliyati jarayonida turli holatdagi ziddiyatlar, nizolar, to„qnashuvlar bois, o„zaro munosabatlarda muomala va muloqot tizimining o„ziga xos tomonlarini bilib oladi va shularga e‟tibor beradigan bo„ladi. Bunday holatlarda ziddiyatlarning oldini olish va yechimini topish uchun sportchilarning sportga bo„lgan munosabatlarini chuqurlashtirish, bilim va malakalarini shakllantirish borasida maxsus treninglar o„tkazish ishlari olib borilishi lozim. Sportchilarning o„z faoliyatini aniq tasavvur etishi, harakat va xotirasini mustahkamlashi hamda jamoadoshlari o„rtasida kechadigan munosabatlarni yaxshi o„rganish maqsadida trening o„tkaziladi. 92 Shuningdek, sport mahoratini oshirishda, komandalarda shaxslararo munosabatlarni shakllantirishda, musobaqa paytida paydo bo„ladigan ziddiyatlarni oldini olish va nizolarni bartaraf etishga doimo ruhan tayyor bo„lishda trening muhim o„rin tutadi. Shu maqsadda besh kun davomida kuniga 2–4 soatlik mashq o„tkazish, buning uchun vaqtni to„g‟ri taqsimlash, kuniga o„n daqiqalik tanaffusdan so„ng 60 daqiqalik dars tashkil etish maxsus ruhshunoslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular o„quv-sport yig‟inlarida mashq tugagandan keyin treninglar o„tkazadilar. Trening o„tkazadigan komanda murabbiylari uning vazifasini yaxshi tushunishi, trening qatnashchilariga yaxshi sharoit yaratishni unutmasliklari lozim. Sport jamoalaridagi o„zaro munosabatlarning psixologik tahlili sportchilarda ma‟naviy-ruhiy sifatlarni kamol toptirishda, ularni mashg‟ulot va musobaqalarga jismoniy va ruhiy jihatdan tayyorlashda, komandada o„zaro ijobiy munosabatlarni rivojlantirishda, jamoa a‟zolari o„rtasidagi ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etishda muhim ijtimoiy-psixologik omil hisoblanadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling