Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti masharipov y
Birinchi tip – ichki keng markazlashgan diqqat
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
sport psixologiyasi.
Birinchi tip – ichki keng markazlashgan diqqat sohibi bo„lgan sportchining
diqqati barqaror, ichki dunyosi, fikri doimo nazoratda bo„ladi; musobaqada sodir bo„layotgan hodisalarni yaxshi tushunadi va tahlil qiladi. Katta hajmdagi axborotlarni qabul qilib, fikran aniq xulosa chiqara bilish qobiliyati yaxshi rivojlangan sportchilar musobaqa jarayonida yo„l qo„ygan xatolarini o„z vaqtida tez tushunib oladi va boshqa takrorlamaslikka harakat qiladi. Bu tip diqqat egalari musobaqa vaziyatiga qarab o„zini tezda o„nglab oladi, doimo yuqori ishchanlikda bo„ladi, raqibining o„yin vaqtida bajarayotgan xarakatlaridan tezda aniq xulosalar chiqaradi, o„yinda har xil taktik harakatlar bilan raqibini vahimaga tushiradi, o„yindagi vaziyatni o„zgartiradi va o„yinni qanday natija bilan tugashi haqida oldindan to„g‟ri xulosa chiqarish imkoniyatiga ega bo„ladi. Katta hajmdagi ichki keng markazlashgan diqqatga ega bo„lgan sportchilardagi ba‟zi kamchiliklardan biri shundaki, muhitni nihoyatda chuqur, uzoq muddat tahlil qilishi natijasida tashqi ob‟yektda bo„layotgan hodisalarga diqqatini tez ko„chirishda sustkashlik qiladi; o„z komandasi o„yinchilaridan birortasi yoki raqibi kutilmaganda harakatini o„zgartirsa, tezda javob qaytarishga qiynaladi. Masalan, to„p ustasi o„zi bilan o„yinda to„pni olib yurishni yaxshi namoyish etadi. Lekin raqibining taktik harakatlari yoki mahoratini o„z vaqtida emas, kechikib anglaydi, natijada raqib vaziyatdan tezkorlik bilan foydalanadi. Bunday diqqat sohibi bo„lgan murabbiylar o„yin taktikasining yechimini musobaqa boshlanmasdan oldin to„g‟ri topa oladi. Lekin musobaqadagi vaziyat kutilmaganda o„zgarsa, murabbiy ikkinchi qarorga kelib, uni qo„llashda kechikadi; o„zining ko„rsatmalariga doimo amal qilavermaydi. Bunday murabbiylar tashqaridan qaraganda, go„yo sportchilarning g‟am-tashvishlariga befarq qarayotgandek bo„ladi. 101 Lekin vaqt o„tishi bilan musobaqa jarayonida murabbiyning irodali, bilimdon shaxs ekanligi seziladi. Natijada sportchilar o„z murabbiyiga ijobiy baho bera boshlaydilar. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling