Tashqi tor markazlashgan diqqat barcha yakka kurash sport turlari va
tennischilar uchun qulay imkoniyatlar yaratib berishga xizmat qiladi. Bu diqqat
xususiyati yaxshi rivojlangan sportchilar bir necha ob‟yektda bo„layotgan
harakatlarga diqqatini tez ko„chira oladilar va tezda aniq qarorga keladilar. Biroq bu
tip diqqat sohibi bo„lgan sportchilar tashqaridan qabul qilingan axborotning o„ziga
xos tomonlarini kechikib qayta ishlaydi. Masalan, sportchi xayolan oldindan aniq bir
o„yinchiga to„pni uzatishni mo„ljallab qo„ygan bo„ladi, lekin raqib oxirgi daqiqada
o„sha o„yinchini to„sib qo„ysa, sportchi o„yin sur‟atini pasaytirmasdan boshqa
o„yinchiga to„pni uzatish harakatini qiyinchilik bilan bajaradi. Mashhur basketbol
o„yinchisi Uolt Frezer: «Men bunday diqqat xususiyatiga ega bo‘lgan raqibni jonu
dilim bilan sevaman», – degan ekan. Chunki bu o„yinchi diqqatini faqat yaqinida
turgan raqibiga yo„naltiradi, to„satdan boshqa bir o„yinchi undan osonlik bilan to„pni
olib qo„yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |