Tadqiqot uslublari; ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik, ilmiy-uslubiy, yozma manbalarini o'rganishda qiyosiy tahlil; tuzatish, anketa, suhbat, test-so'rovlar o'tkazish; tahlil qilish va umumlashtirish.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda Respublika hukumatining elektr energiyasidan foydalanishga oid qaror va buyruqlari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- o’quv ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda elektr energiyasi haqidagi tushunchalari muhimligi asoslandi;
- o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarida tok kuchi, elektr qarshilik, elektr o’tkazuvchanlik, elektr o’lchash birliklari, etalonlar, elektr miqdorlarning o’lchamlari, elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash, elektr qurilmalarini boshqarish apparatlari, elektr o’lchov asboblaridan foydalanishni o’rgatish asoslari yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |