Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta


Download 0.69 Mb.
bet4/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#223072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba

Tadqiqot ob'ekti (manbai); umumta’lim maktablarining o’quv ishlab chiqarish ustaxonlari, Elektrotexnika va radiotexnika hamda elektr energiyasidan xalq xo’jaligida foydalanish fanlari va Samarqand viloyat Jomboy tumani umumta’lim maktablarining ustaxonalari, SamDU ilmiy kutubxonasi, mehnat ta’limi fanini o’qitishdagi ta’lim-tarbiya jarayoni.

Tadqiqot maqsadi: Mehnat ta’limi faniniga oid o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning optimal usullarining yaratish.

Tadqiqot predmeti: Mehnat ta’limi fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarga elektr energiyasi bilan ishlash, o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr bilan ta’minlashda ishlatiladigan asbob-uskuna va moslamalarning ilmiy-nazariy asoslari.

Mehnat ta’limi faniga oid o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin, agarda:

- mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarning elektr energiyasi haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarini og'ishmay shakllantirganda;

- ijtimoiy etuk raqobatbardosh o’quvchilar tayyorlashning zamonaviy texnologiyasida o'qitishning optimal variantlarini topish uslublaridan samarali foydalana olsa;

-o’quvchilar o'quv jarayonida erkin harakat qila oladigan va bu asosda aniq natijalarga erishib, elektr energiyasi bo’yicha savodxonligiga to'liq ishonch hosil qilganda;

-o’quvchilarga o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashni o’rgatishda o’rgatishda fanlararo aloqadorlikning optimal variantlarini topganda.

Tadqiqot maqsadi va ilmiy faraz mazmunidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgiladik:

- O’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda elektr energiyasi haqida tushunchalar berish;

- Tok kuchi, elektr qarshilik, elektr o’tkazuvchanlik, elektr o’lchash birliklari, etalonlar, elektr miqdorlarning o’lchamlari, elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash, elektr qurilmalarini boshqarish apparatlari, elektr o’lchov asboblari haqida tushunchalarni yoritish;

- O’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini elektr enegiyasi bilan ta’minlash usulllari;

- Ustaxona binolariga elektr kiritish, elektr bilan yoritish, o’quv ustaxonalarini jihozlash va elektr ta’minoti;



- Elektr bilan ta’minlash ustasiga kerak bo’ladigan asboblar va hujjatlar, elektr tokidan himoyalovchi vositalar va asosiy qoidalarni aniqlash va tahlil qilish.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling