Korporativ madaniyatning kelib chiqishi va uning zaruriyati
Download 2.18 Mb.
|
Korporativ madaniyatning kelib chiqishi va uning zaruriyati lari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) jamiyat oldida, jumladan, axloqiy javobgarlik;
Korporativ madaniyatning kelib chiqishi va uning zaruriyati.REJA:
1. Korporativ madaniyat tushunchasi, mohiyati va mazmuni.1980-yil boshlarida xorijiy mamlakatlarda korporativ madaniyatga qiziqish paydo bo‘lishining sabablari:1. Tashkilotlar tashqi muhitida quyidagi o‘zgarishlar ro‘y berdi: ‒ ekologiya muhiti: atrof-muhitning ifloslanishi; ‒ fan-texnika sohasi: ishsizlikning o‘sishi, ovqatlanish va h.k. bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda texnik imkoniyatlar cheklanganligi; ‒ ijtimoiy muhit: motivatsion inqiroz va hayot mazmunning yo‘qolishi.2. Tashqi muhitdagi ushbu o‘zgarishlar tashkilotning ichki muhitida ham mos keluvchi o‘zgarishlarga olib keldi: ‒ xodimni tashkilot bilan identifikatsiya qilish yetarli emasligi; ‒ rahbar va qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasida ishonchsizlik sindromi. Shundan kelib chiqib, boshqaruv uchun quyidagi vazifalar ishlab chiqildi:1) jamiyat oldida, jumladan, axloqiy javobgarlik;2) jamoada ishlash “biz-hissiyotlar” shakllantirish;3) boshqaruvda psixologik tarkibiy qismlarni hisobga olish. Ushbu vazifalarning hal qilishini korporativ madaniyatlar konsepsiyasi shakllanishi va ushbu fenomenga qiziqishning o‘sishiga olib keldi. Bu sohada keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, barcha gullabyashnayotgan kompaniyalar siyosati albatta tashkilot muvaffaqiyatining garovi sifatida korporativ haqida tasavvurlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tashkilot madaniyati va uning daromad darajasi, aksiyalar qiymati, sof foyda miqdori kabi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari o‘rtasida aloqalar miqdoriy empirik dalillari paydo bo‘ldi. O‘zbekistonda korporativ madaniyatga qiziqish ancha keyinroq paydo bo‘lgan bo‘lib, quyidagi sabablar bilan izohlanadi. Mehnat va tashkilot faoliyatining natijalari samaradorligiga madaniyat ta’sirini boshqaruv sohasi tomonidan tushunilishi O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar natijasida amalga oshdi.Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling