Korporativ madaniyatning kelib chiqishi va uning zaruriyati


Tashkilot madaniyati konsepsiyasi rivojlanishining tarixiy bosqichlari


Download 2.18 Mb.
bet2/4
Sana26.10.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1723072
1   2   3   4
Bog'liq
Korporativ madaniyatning kelib chiqishi va uning zaruriyati lari

Tashkilot madaniyati konsepsiyasi rivojlanishining tarixiy bosqichlari

Korporativ madaniyat konsepsiyasi rivojlanishining quyidagi bosqichlarini shartli ravishda ajratib ko‘rsatish mumkin:

1. 1970-yilgacha bo‘lgan davr, vakillari: M.Sherif, K.Levin, K.Ardjiris, D.Mak-Gregor. Xususiyatlari: tashkilot madaniyati tushunchasi kiritilmagan, lekin bilvosita yodga olib o‘tilgan.

2. 1970-1980-yy. Vakillari: P.Terner, A.Pettigru, K.Gerts. Xususiyatlari: «madaniyat» tushunchasi tashkilotga nisbatan foydalanilgan, antropologiya atamalari tashkiliy tahlilda qanday qo‘llanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

3. 1980-yillardan boshlab. Vakillari: E.Sheyn, T.Dil va A.Kennedi, L.Smirchich, Dj. Martin va b. Xususiyatlari: korporativ madaniyat konsepsiyasi tashkilot nazariyasi bo‘yicha adabiyotlarda yetakchi o‘rinlardan birini mustahkam egallagan.

O‘zbekistonda korporativ madaniyat konsepsiyasi taxminan 1992- yildan dissertatsiya ishlari, monografiyalar (V.A. Spivak), maqolalar va h.k. paydo bo‘lganda rivojlana boshladi. Korporatsiyalar faoliyatining samaradorligi uchun muhim shartlardan biri, boshqa tashkilotlar kabi, korporativ madaniyat orqali boshqariladigan kompaniya missiyasiga erishish uchun xodimlarning sa’yharakatlarini birlashtirishdir

Korporativ madaniyat modellari

Korporativ madaniyatning modellari quyidagi mezonlar asosida shakllanadi:

a) qadriyatlar va maqsadlar: raqobatbardosh qadriyatlar tizimi; maqsadlarni aniqlash jarayoni; milliy xususiyatlar;

b) aloqa tizimi: tashkilotning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi; tashkilot ichidagi munosabatlarning xususiyatlari; xatarlarni qabul qilish va qayta ko‘rib chiqish; jamoada psixologik iqlim;

c) tashkiliy madaniyat: faoliyatning o‘ziga xos xususiyati; yetakchilik uslubi.

F. Xarris va R.Moranning modeli.

1.Insonlar va dunyo haqida bazaviy tasavvurlar shakllantiradi

  • – tashkilotning atrof-muhiti haqida; – tashkilotning ichki muhiti haqida;
  • – insonlar tabiati haqida: umumiy insoniy xususiyatlar haqida ichki tasavvur;
  • – insoniy xatti-harakatlar tabiati, xususan, ish va faollik haqida tasavvurlar;
  • – shaxslararo munosabatlar tabiati haqida. Bu asosan anglab yetilmagan va rejalashtirilmagan bazaviy shartsharoitlar bir-biridan alohida ajratilgan bo‘lmaydi, balki birgalikda bitta obrazni tashkil qiladi.
  • Agar tashkilot madaniyatini tushunishga harakat qilinadigan bo‘lsa, dastlab uning dunyoqarashini tushunish kerak.

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling