20
huquqlarini buzishga yo’naltirilgan bo’ladi. Odatda javob bera olmaydiganlar ustidan
kulgi qilinadi, yoki ana shu vaziyatda konkret odam kulgiga nisbatan ma’lum
sabablarga ko’ra javob qaytara olmaydi. Inson ustidan kulish uning nafsoniyatiga
tegadi va uzoq vaqt dilda o’rnashib qoladi. Bolaligida mazah qilingan ―semiz‖lar,
―omi‖lar, ―qishloqi‖lar, ―turqi sovuq‖lar keyinchalik o’z ustidan kulgan odamlarga
qarshi harakat olib borgani, yoki, ―birinchi muhabbati‖ hamma tomonidan kulgi
ostiga olingan yigitlar keyinchalik o’z dushmanlaridan qaqshatgich qasos olgani
borasidagi hayotiy misollar ko’p. Ko’pchilik hollarda kulgi ostida qolgan odam qulay
vaziyat poylab o’z javobini tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: