O’z maslahatlari va fikrlarini majburiy singdirish va qabul qilinishiga harakat
qilish. Odatda, maslahat faqat mana shu maslahat so’ralgan taqdirdagina berilishi
lozim. Ammo ko’pchilik hollarda biror muammo muhokama qilinayotgan bo’lsa,
o’zini katta tutgan odam, yoki yoshi ulug’roq odam, albatta maslahat qila boshlaydi.
Maslahatni esa yo qabul qilish, yoki uni inkor qilish mumkin. Maslahat qabul qilinsa,
uni bergan odam xursand bo’ladi, maslahat ochiqchasiga inkor etilsa, uni bergan
odam, eng ijobiy munosabatda, ―Meni mensimadi, gapimga kirmadi‖ deyishi
mumkin. Masalan, o’zbek oilalari uchun erning o’z xotiniga qanday kiyinish, qayerga
borish, kim bilan gaplashish, sochini qanday turmaklash, telefonda qanday, kim bilan,
qaysi kunda va qancha vaqt gaplashish, kimga nima deyishini belgilab berishi odatiy
hol. Ammo, aslida, bu holat ayol erkini va individualligini cheklash deb baholanadi.
Yoki, qaynonaning qanday uy tutish lozimligi bo’yicha o’z kelinini niqtab turishi
―tarbiyalash‖ xususiyatiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |