Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
Differensiasiya funksiyasi konflikt ta’sirida vujudga keluvchi ijtimoiy
differensiasiya jarayonini xarakterlaydi, bu holat ko’pincha avvalgi ijtimoiy tuzilmalarni buzish va o’zgartirish orqali yuz beradi. Bu funksiya konfliktdagi ijtimoiy xulq-atvorning umumiy xususiyatini ifodalaydi, unga jalb etilgan ijtimoiy kuchlarning qayta joylashuvi va qayta guruhlashuvidan iborat. Konflikt ta’sirida ijtimoiy differensiasiya jarayoni ikki qarama-qarshi yo’nalishda rivojlanadi. Agar jonli tabiat analogiyasidan foydalanilsa, yirik va uzoq davom etuvchi konfliktda ijtimoiy differensiasiya jarayoni jonli hujayraning bo’linishini yodlatadi. Dastavval harakat yagona markazni cho’zishga yo’naltiriladi, avvalgi butunning alohida elementlarini o’ziga tortuvchi qarama-qarshi qutblar shakllanadi. Bu yo’nalishda qarama-qarshi kurashuvchi kuchlar qutblanishi yuz beradi. Shu bilan birga qarama-qarshi jarayon ham yuz beradi, ya’ni birlashish jarayoni, yangidan paydo bo’lgan markazlar atrofida parchalangan kuchlarning jipslashish jarayoni yuz beradi. Masalan, konfliktlashuvchi davlatlar o’z ittifoqchilarini safarbar qiladilar, janjallashuvchi odamlar o’z nuqtai nazarlari tarafdorlarini to’playdilar. Konfliktning bu ta’siri shu darajada kuchli bo’lishi mumkinki, u ijtimoiy konfliktning differensiyalovchi ta’siridan, ijtimoiy kuchlarning qutblanishi va yangi jipslashish jarayonidan chetda qolishni xohlagan shaxslar yoki ularning birlashmalarini ham o’z ta’sir doirasiga tortishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling