51
ketadi. Masalan, har kuni ertalab er qovurilgan tuxum iste’mol qilishga odatlangan.
Xotini ham shunga o’rgangan, har kuni erining talabiga ko’ra qovurilgan tuxum
ertalab stolning ustida erini kutib turadi. Ammo kunlardan bir kun eri, ―Shu tuxumga
ozgina ko’k piyoz qo’shib, aralashtirib, qovurganingda, boshqacharoq bo’lar edi‖,
deydi. Xotin avvaliga bu so’zlarga e’tiborsiz bo’ladi. Indamaydi. Ammo eri ishga
ketganidan so’ng, ―Nima uchun bunday dedilar ekan?!‖, ―Umuman ovqat
pishirmagan odam, bunaqa qilib tuxum qovurishni qaydan bilar ekanlar?!‖, va
nihoyat, ―Bunday tuxumlarni qayerda yegan ekanlar-u va qayerda bunaqa tuxum
pishirishni ko’rgan ekanlar?!‖ degan savollar bilan o’zini emosional qiynay
boshlaydi. Oddiygina insident, ya’ni bo’lib o’tgan voqyea, keyinchalik er va
xotinning o’rtasiga yechib bo’lmaydigan muammolarni qo’yishi mumkin. Shu bois,
konfliktni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan barcha mayda narsalarga ham e’tiborli
bo’lish va ularni, ya’ni muammolarni birgalikda, hamkorlikda, xotirjam, bir-birini
ayblamasdan muhokama qilishga o’tish ziddiyatlarning to’g’ri yechimini
oydinlashtiradi va yaqinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: