Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

Hamkorlik usuli – «BOYO’G’LI» 
«Men hamkorlikka doim tayyorman!» 
Siz o’z xarakteringiz, bilimingiz va o’zingizni tutishingiz bo’yicha doimo hamkor 
rolini  o’ynashga  tayyor  odamsiz.  Siz  hamkorlik  uchun  ochiq  va  hozir  inson 
hisoblanasiz. Shu bois, konflikt  vaziyatda  sizning  butun  diqqat–e’tiboringiz konflikt 
yechimini topshiga qaratilgan bo’ladi. Siz hyech kimni qoraralamaysiz, hyech kimni 
ayblamaysiz.  Siz  boshqalarning  so’zlariga  quloq  tutasiz  hamda  boshqalarning  his–
tuyg’ulari  va  ehtiyojlarini  ham  hisobga  olasiz.  Siz  o’z  emosiyalaringiz  va 
tuyg’ularingiz haqida tinch, osuda, hissiyotsiz gapira olasiz. Siz o’z hissiyotlaringizni 
to’la nazorat qila olasiz. Sizning ovozingiz, mimikangiz, nutqingiz, ochiq qalbingiz, 
samimiyligingiz  –  hammasi  konflikt  yechimini  topishga  qaratiladi.  Siz  konflikt 
yechimiga qaratilgan turli fikr va yo’llarni taklif etasiz, siz har ikki tomon uchun ham 
adolatli  yechimini  topishga  harakat  qilasiz.  Har  ikkala  tomonning  manfaatlarini 
hisobga  olish,  ularning  ikkalasi  ham  ―g’olib‖  bo’la  olishi,  qoniqish  hosil  qilishi  siz 
uchun  muhim.  Siz  umumiy  ikki  yoqlama  foydali  xukm  chiqarish  uchun  harakat 
qilasiz. Boshqalar bilan hamkorlikda har biringizni qanoatlantiruvchi qarorlarning bir 
necha  variantlarini  ishlab  chiqa  olasiz.  Agar  konflikt  nazoratingizdan  chiqib 
ketganligi  hamda  uni  to’laqonli  ravishda  o’zingiz  hal  qilishga  imkoniyatingiz 
yetmasligini  his  qilsangiz,  yoki  konfliktning  zo’ravonlikka  o’tib  ketayotganligi 
anglasangiz, siz boshqalardan, ya’ni uchinchi bir tomondan yordam so’rashga doimo 
tayyor turasiz. Sizning qaroringiz kelishuvchilik, kompromiss va  norozilikka rozilik 
elementlarini qamrab oladi. Siz konfliktlarni to’la yechimga olib kelishga qodirsiz. 
Usulning  afzalliklari:  Odatda  sizning  ko’pchilik  qarorlaringiz  adolatli  bo’ladi  va 
ular  uzoq  muddat  amal  qiladi.  Sizning  boshqalar  bilan  munosabatlaringiz  ishonch 
asosiga  quriladi.  Atrofingizda  odamlar,  do’stlar,  og’ayni-birodarlar,  dugonalar  ko’p 
bo’ladi.  Sizga  o’z  xis-tuyg’ulari  va  sirlarini  odamlar  ishonadi.  Siz  boshqalarning 
qadr-qimmati  va  nafsoniyatini  qadrlaysiz  hamda  toptalgan  xis-tuyg’ularni 
e’zozlaysiz.  Kerak  bo’lganida  siz  uchun  hamma  yordamga  tayyor  turadi.  Sizning 
xarakteringizda  anglangan  bosiqlik,  mushohadago’ylik,  mulohazakorlik  kuchli 
bo’ladi.  Sizning  qarorlaringizga  kattalar  ham,  kichiklar  ham  bo’ysunadi.  Siz 
o’zingizga mas’uliyat yuklay olasiz va adolatparvarlik posboni bo’lib umr kechirasiz. 
Usulning  kamchiliklari:  Real  hayotda  ―boyo’g’li‖  bo’lish  oson  emas.  U  odamga 
juda katta mas’uliyat yuklaydi. Doimo boshqalar dardu-hasrati bilan yurishga to’g’ri 
keladi. Shu bois, hyech kim «boyo’g’li» bo’lish oson deb hisoblamaydi. «Boyo’g’li» 
bo’lish odamdan ichki madaniyat, qadr – qimmatni e’zozlash, bilim va malaka, vaqt, 
mas’uliyat,  jasorat  va  o’ziga  ishonch  talab  etadi.  Mazkur  barcha  xislatlarni  o’zida 
tarbiyalash esa oson vazifa emas. Shu bilan birga mana shu qobiliyatni ishlata bilish 
ham  osonlik  bilan  kechmaydi.  Adolat  posboni  bo’lishingiz  hammaga  ham 
yoqavermaydi, sizga qarshi bo’lganlar ham mavjud bo’ladi.  


 
 
70 
Shunday  qilib,  konfliktlarni  boshqarish  usullari  mavjud  bo’lib,  har  bir  inson  o’z 
xarakteriga oid usulni qo’llaydi. Konfliktlarni boshqarish usullarini bilish esa insonga 
o’zini  yaxshi  anglashi  va o’z  qadamlarini tahlil qila olishi  uchun  yordam  beradi va 
ko’maklashadi.  Har  bir  usul  afzalliklari  va  kamchiliklari  mavjud.  Shu  bois, 
afzalliklarni  kuchaytirish  va  kamchiliklardan  o’z  xatti-harakatlarini  tozalash 
ziddiyatli vaziyatlarda nizolarning oldini olishga imkon yaratadi.  
Konfliktlarni boshqarish usullari insondan o’ziga xos malakalarni talab qiladi va 
aslida  konfliktlarni  boshqarish  oson  ish  emas.  Ammo  konfliktlarni  boshqarishga 
o’rgangan inson har doim o’z hayotini, atrofidalar hayotini muammolardan tozalab, 
ularning to’g’ri, adolatli va osuda yashashlari uchun muqobil shart-sharoitlar vujudga 
keltira oladi.  

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling