Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
12-MAVZU. Agressiya va zo’ravonlik
1. Agressiya va zo’ravonlik xaqida tushuncha 2. Konfliktdagi agressiya va zo’ravonlik 3. Agressiya va zo’ravonlik turlari 4. Agressiya va zo’ravonlikni keltirib chiqarishga moyil bo’lgan odamlar tipologiyasi Agressiya va zo’ravonlik o’zaro bog’liq tushunchalar bo’lib, inson kayfiyatida agressiv holatlarning o’sib borishi va to’planishi oqibati sifatida zo’ravonlikka olib kelishi mumkin. Lotin tilida agressiya ―hujum qilish‖ ma’nosini anglatadi. Agressiya inson xarakterida tug’ma va tabiiy bir element sifatida, xuddi shuningdek, agressiyadan asli uzoq odamning favqulodda vaziyatda o’z emosiyalarini tuta bilmasligi, ularni nazorat qila olmasligi oqibatida vujudga kelishi mumkin. Konflikt vaziyatlarda ko’pchilik o’z instinktlari va hissiyotlari asosida o’zini tutishga o’rganib qolgan. Bunday holni ko’pchilik qabul qiladi va aynan mana shu yo’l to’g’ri deb biladi. Shu bois, konflikt vaziyatda zo’ravonlik ishlatilsa, birovning hayotiga tahdid solinsa, jismoniy kuch ishlatish qo’llanilsa, ko’pchilik, ziddiyat mavjud ekanligini hisobga olgan holda, bu vaziyatlarda ―kechirimli bo’lish‖ lozimligini, bunday holatning kelib chiqqanligini anglash mumkinligi ta’kidlashadi. Ammo, har qanday vaziyatda ham birovning hayoti, uning sog’lig’iga zo’ravonlik o’tkazib bo’lmasligini unutishadi. Zo’ravonlik aslida inson xarakterining qusuri, uning kamchiligi hisoblanadi. Odam o’z xissiyotlari ustidan nazorat o’tkaza olmasligi, yoki o’zini tiya bilmasligi uning zo’ravonlikka ruju qo’yishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Zo’ravonlik insonning kuchli ekanligini emas, balki aksincha uning kuchsiz va irodasiz ekanligini ko’rsatadi. Shu bois, erlar o’z xotinlariga zo’ravonlik o’tkazganda, bunday zo’ravonlik irodasizlik belgisi sifatida baholanishi tabiiydir. Zo’ravonlik aslida barcha madaniyatlar, sivilizasiyalarda qoralanadi. Zo’ravonlik barcha sharqona kurash turlari, ya’ni dzyu-do, taekvon-do, karate, ushu va boshqalarda ta’qiqlanadi. Mazkur kurash turlarining barchasi hujum qilish usullari emas, balki eng avvalo, o’zini himoya qilishning jismoniy yo’llari hisoblanadi. Ularning barchasida inson hayoti aziz ekanligi borasidagi ma’naviy falsafa tarbiyalanadi va o’qitiladi. O’zbeklarning milliy kurashida ham o’zini himoya qilish vositalari va o’zaro tenglik g’oyalari tarbiyalanadi. Zo’ravonlik qo’llanilganda konfliktning yaratuvchanlik xususiyati emas, balki vayron etish xususiyati faol bo’ladi. Konfliktning vayron etish xususiyati esa insonni stress, depressiya, o’zgalardan o’zini olib qochish, hayotdan bezish, o’z kuchiga haddan tashqari ishonch, boshqa tarafdan o’z kuchiga ishonmaslik, doimiy jahldorlik, jizzakilik, tajanglik, besarblilik, besaromjonlik kabi holatlarga olib keladi. Zo’ravonlik ishlatgan insonlar ko’pchilik hollarda ma’naviy jihatdan to’la shakllanib bo’lmagan, ma’lum ―kompleks‖larga ega bo’lgan, ma’naviy majruh odamlardir. Ular aslida o’zlarini juda past baholashadi, ular o’zlarining ―nosog’lom‖ ekanliklarini intuitiv tarzda anglashadi, shu bois bu xususiyatlarning mavjud ekanligini ko’rsatmaslik, oshkora etmaslik, birovlar mazkur ―past‖ baholanishni bilib qolmasmasligi va sezmasligi uchun, tashki ko’rinishda va muomalada, zo’ravonlik 102 yo’lini, agressiv usulni, jahl va tahdidga asoslangan ―o’zini tutish‖ yo’nalishini tanlashadi. Ular aynan zo’ravonlik orqali o’zlarining kuchlarini ko’rsatmoqchi bo’ladilar, ammo ruhan bunday odamlar ruhiy majruh va psixologiyasi mo’rt odamlardir. Psixologiya bilan oz-moz tanish bo’lganlar darrov mana shu agressiya ortida insonning o’ziga ishonchi mavjud emasligi bilib olishadi. Demak, o’zini zo’ravon va jahldor qilib tutayotgan odamlar aslida o’zlari xarakterida mavjud bo’lgan ―o’ziga ishonmaslik‖ni yashirishga harakat qilayotgan odamlardir. Ular bu narsalarni tan olmasligi, yoki anglamasligi ham mumkin. ―Men ―zo’r‖man, shuning uchun hamma narsani qilaveraman‖, degan aqidaga ishonishi ham mumkin. Ammo zo’ravonlik harakatlari ortida turgan barcha maqsadlar, aslida, insonning ma’naviy bo’shligi, yetuk emasligi, to’laqonli ma’naviy shakllanmaganligi, uning o’z emosional holatini va o’z harakatlarini nazorat qila olmasligi, irodasiz va bo’shligining yorqin natijasi va namoyishi hisoblanadi. Zo’ravonlik va konfliktologiya sohalari o’zaro bog’langan masalalardan hisoblanadi. Aslini olganda konfliktologiyaning mustaqil fan sohasi sifatidagi shakllanishi va rivojlanib kelayotganligiga ko’p bo’lganicha yo’q. Shu bois inson xarakteri va amallariga xos bo’lgan zo’ravonlik ham yangi o’rganilayotgan va tan olinayotgan sohalardan hisoblanadi. Ko’pchilik hollarda konfliktni tushunish uchun mavjud zo’ravonlik sabablarini anglash lozim bo’ladi. Chunki hayotda oilaviy zo’ravonlik ko’proq uchrab turadi. Zo’ravonlik nima oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilgan odam uni yengillik bilan, o’ylamay qo’llamaydi. Zo’ravonlikdan voz kechish - konfliktda ijobiy natijaga asos bo’ladi. Eng muhimi, zo’ravonlik -ziddiyatning yechimi bo’la olmasligi, zo’ravonlik ziddiyat hamda muammoni hal etmasligini anglash darkor. Har qanday kuchli konflikt ham, tomonlarning juda kattiq o’zaro to’qnashuvi ham zo’ravonlikni ishlatish va qo’llash uchun asos bo’la olmaydi. Shu bois, kattiq to’qnashuv, ya’ni Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling