Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


o’zgalarga  o’tkazishga  urinishdir


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

o’zgalarga  o’tkazishga  urinishdir.  Ya’ni,  ba’zi  odamlar  o’z  fikrini  boshqalarga 


 
 
103 
singdirishning  zo’ravonlik  va  agressiyadan  boshqa  usullarini  bilmaydilar  va  qo’llay 
olmaydilar  ham.  Shuning  uchun  ular  uchun  o’z  manfaatlarini  muhofaza  qilish  - 
zo’ravonlik yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Tabiatan agressiv odam – hayotda doimiy va abadiy konfliktogen hisoblanadi. Bu 
borada bir latifa ham mavjud. Er uyga qaytadi. U o’z xotini chaqiradi-da: -―Chiroqni 
o’chir!‖, - deydi. Xotin chiroqni o’chiradi. Keyin er: -―Chiroqni yoq!‖, - deydi. Xotin 
chiroqni yoqadi. So’ng er yana: ―Chiroqni o’chir!‖, - deydi. Xotin chiroqni o’chiradi. 
Keyin er tahdid bilan ―Chiroqni yoq!, - deb do’q qiladi. Xotin chiroqni yoqadi. Er: - 
―Chiroqni o’chir!‖, - deb baqiradi. Xotin chiroqni o’chiradi. Er: - ―Chiroqni yoq!‖, - 
deb  o’shqiradi.  Xotin  chiroqni  yoqadi.  Bir  necha  ―Chiroqni  o’chir!‖  va  ―Chiroqni 
yoq!‖ lardan so’ng, er: - ―Kimga signal beryapsan!?‖ deb xotinini do’pposlab ketadi.  
Konfliktogen  odam  o’z  kayfiyati,  xis-tuyg’ularini  jilovlashni  umuman  bilmaydi, 
shu  bois  o’z  muammolarini  o’zgalar  hisobiga  yechib,  o’z  agressiyasini  tarqatish, 
boshqalarga  berish  orqali  bu  xolatdan  chiqishga  urinadi.  Bunday  odamni  odatda 
―vampir‖  deb  ataladi.  ―Vampir‖lar  boshqa  odamlarning  emosiyalarini,  xis-
tuyg’ularini yeyish, ularni boshqarish va o’ziga og’dirish hisobiga kun ko’radi. Ular 
boshqalarga  qattiq  emosional  tahdid  solish  va  ularni  azoblash  hisobiga  o’z 
agressiyalaridan  ozod  bo’ladilar.  Shu  bois,  agressiv  odam  o’z  atrofidagilarga  juda 
ko’p kulfatlar olib keladi.  
Agressiv  kayfiyat  batamom  yomonmi,  yoki  uning  foydali  tomonlari  ham 
mavjudmi?!  Ma’lum  darajadagi  ijobiy  agressiya,  biror  bir  maqsadga  yetish,  o’zini 
muhofaza  qilish,  biror  bir  narsani  amalga  oshirishdagi  qat’iylik  –  zaruriy  holat 
hisoblanadi.  Qasd  qilmasdan  turib  biror  bir  maqsadga  erishib  bo’lmaydi.  Ya’ni, 
ma’lum  bir  darajagi  qat’iylik    insonga  darkor  bo’lgan  xislatlardan  hisoblanadi. 
Umuman agressiv bo’la olmaydigan odam xaraktersizlikda, landovurlikda, bo’shlik, 
qat’iyatsizlik, o’zini muhofaza qila olmaslikda ayblanadi. 
Tabiatan agressiv odamlar kamchilik hisoblanadi. Shu bois ko’pchilik o’zini faqat 
ma’lum  bir  vaziyat,  ma’lum  bir  holarlardagina  agressiv  tutadi.  Insonning  bunday 
agressiv  portlashi  uning  xuquqlari  behad  darajada  buzilganligi,  manfaatlari  ziyon 
topganligi,  biror  tang  holatdan  chiqib  ketish  va  qutilish  yo’llarini  bilmaslik,  yaqin 
odami  bilan  bo’lgan  bir-birini  absolyut  tushunmaslik  holati,  olingan  konfliktogen 
holatda  adekvat  javob,  agressiyaga  agressiya  bilan  javob  qaytarish  kabilarda  o’zini 
namoyon  etishi  mumkin.  Agressiyaga  agressiya  bilan  javob  berilishi  holati  – 
frustasiya  deb  ataladi.    Frustasiya  holatida  o’zini  muhofaza  qilish  niyati  va 
harakatlari  agressiv  javob  tariqasida  namoyon  bo’ladi.  Frustasiyaning  eng  yomon 
oqibatlaridan  biri  -  nevrozlar  hisoblanadi.  Agressiv  holatda  uzoq  turish  inson 
salomatligining  egovi  hisoblanadi.  Hursandlik,  shodlik  qanchalik  inson  umrini 
uzaytirishga xizmat qilsa, agressiv holat shunchalik inson umrini barbod etadi. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling