Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
Hamkorlik usuli – «BOYO’G’LI»
«Men hamkorlikka doim tayyorman!» Siz o’z xarakteringiz, bilimingiz va o’zingizni tutishingiz bo’yicha doimo hamkor rolini o’ynashga tayyor odamsiz. Siz hamkorlik uchun ochiq va hozir inson hisoblanasiz. Shu bois, konflikt vaziyatda sizning butun diqqat–e’tiboringiz konflikt yechimini topshiga qaratilgan bo’ladi. Siz hyech kimni qoraralamaysiz, hyech kimni ayblamaysiz. Siz boshqalarning so’zlariga quloq tutasiz hamda boshqalarning his– tuyg’ulari va ehtiyojlarini ham hisobga olasiz. Siz o’z emosiyalaringiz va tuyg’ularingiz haqida tinch, osuda, hissiyotsiz gapira olasiz. Siz o’z hissiyotlaringizni to’la nazorat qila olasiz. Sizning ovozingiz, mimikangiz, nutqingiz, ochiq qalbingiz, samimiyligingiz – hammasi konflikt yechimini topishga qaratiladi. Siz konflikt yechimiga qaratilgan turli fikr va yo’llarni taklif etasiz, siz har ikki tomon uchun ham adolatli yechimini topishga harakat qilasiz. Har ikkala tomonning manfaatlarini hisobga olish, ularning ikkalasi ham ―g’olib‖ bo’la olishi, qoniqish hosil qilishi siz uchun muhim. Siz umumiy ikki yoqlama foydali xukm chiqarish uchun harakat qilasiz. Boshqalar bilan hamkorlikda har biringizni qanoatlantiruvchi qarorlarning bir necha variantlarini ishlab chiqa olasiz. Agar konflikt nazoratingizdan chiqib ketganligi hamda uni to’laqonli ravishda o’zingiz hal qilishga imkoniyatingiz yetmasligini his qilsangiz, yoki konfliktning zo’ravonlikka o’tib ketayotganligi anglasangiz, siz boshqalardan, ya’ni uchinchi bir tomondan yordam so’rashga doimo tayyor turasiz. Sizning qaroringiz kelishuvchilik, kompromiss va norozilikka rozilik elementlarini qamrab oladi. Siz konfliktlarni to’la yechimga olib kelishga qodirsiz. Usulning afzalliklari: Odatda sizning ko’pchilik qarorlaringiz adolatli bo’ladi va ular uzoq muddat amal qiladi. Sizning boshqalar bilan munosabatlaringiz ishonch asosiga quriladi. Atrofingizda odamlar, do’stlar, og’ayni-birodarlar, dugonalar ko’p bo’ladi. Sizga o’z xis-tuyg’ulari va sirlarini odamlar ishonadi. Siz boshqalarning qadr-qimmati va nafsoniyatini qadrlaysiz hamda toptalgan xis-tuyg’ularni e’zozlaysiz. Kerak bo’lganida siz uchun hamma yordamga tayyor turadi. Sizning xarakteringizda anglangan bosiqlik, mushohadago’ylik, mulohazakorlik kuchli bo’ladi. Sizning qarorlaringizga kattalar ham, kichiklar ham bo’ysunadi. Siz o’zingizga mas’uliyat yuklay olasiz va adolatparvarlik posboni bo’lib umr kechirasiz. Usulning kamchiliklari: Real hayotda ―boyo’g’li‖ bo’lish oson emas. U odamga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Doimo boshqalar dardu-hasrati bilan yurishga to’g’ri keladi. Shu bois, hyech kim «boyo’g’li» bo’lish oson deb hisoblamaydi. «Boyo’g’li» bo’lish odamdan ichki madaniyat, qadr – qimmatni e’zozlash, bilim va malaka, vaqt, mas’uliyat, jasorat va o’ziga ishonch talab etadi. Mazkur barcha xislatlarni o’zida tarbiyalash esa oson vazifa emas. Shu bilan birga mana shu qobiliyatni ishlata bilish ham osonlik bilan kechmaydi. Adolat posboni bo’lishingiz hammaga ham yoqavermaydi, sizga qarshi bo’lganlar ham mavjud bo’ladi. 70 Shunday qilib, konfliktlarni boshqarish usullari mavjud bo’lib, har bir inson o’z xarakteriga oid usulni qo’llaydi. Konfliktlarni boshqarish usullarini bilish esa insonga o’zini yaxshi anglashi va o’z qadamlarini tahlil qila olishi uchun yordam beradi va ko’maklashadi. Har bir usul afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Shu bois, afzalliklarni kuchaytirish va kamchiliklardan o’z xatti-harakatlarini tozalash ziddiyatli vaziyatlarda nizolarning oldini olishga imkon yaratadi. Konfliktlarni boshqarish usullari insondan o’ziga xos malakalarni talab qiladi va aslida konfliktlarni boshqarish oson ish emas. Ammo konfliktlarni boshqarishga o’rgangan inson har doim o’z hayotini, atrofidalar hayotini muammolardan tozalab, ularning to’g’ri, adolatli va osuda yashashlari uchun muqobil shart-sharoitlar vujudga keltira oladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling